Xo‘janova Gulshoda Otamurodovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Hududlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot  (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2631. 
Ilmiy rahbar:  Xamraeva Sayyora Nasimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05.
Rasmiy opponentlar: Ochilov Akrom Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rashidov Rahmatullo Alojonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Hududlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy resurslarni kompleks baholashda yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida barqaror rivojlanish jihatdan bevosita va bilvosita samaradorlik ko‘rsatkichlarining umumiy hamda xususiy jihatlaridan iborat integrallashgan umumiy koeffisient taklifi asoslangan; 
tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda hududlarning barqaror rivojlanishini maksimal va atrof-muhit muhofazasini minimal darajada shakllantirishda maqbul variant sifatida “Qavali” eko-sanoat parkini tashkil etish taklifi asoslangan; 
tabiiy resurs salohiyatidan foydalanishga yo‘naltirilgan “muhandis-tadqiqotchi” ko‘nikmasiga ega kadrlar tayyorlashda “sanoat-fan-ta’lim” integratsiyasiga asoslangan “Gaz-kimyo va energetika” ilg‘or muhandislik maktabini tashkil etish taklifi asoslangan;
hududlarda tabiiy resurslardan samarali foydalanishning tashkiliy-texnologik va iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan, 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Hududlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy resurslarni kompleks baholashda yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida barqaror rivojlanish jihatdan bevosita va bilvosita samaradorlik ko‘rsatkichlarining umumiy hamda xususiy jihatlaridan iborat integrallashgan umumiy koeffisient taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi PQ-389-son “Qashqadaryo viloyatini 2024–2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2 bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 5-iyundagi 04/30-1-12531-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi 03-03/1-03/3-1793-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi tabiiy resurslarning umumiy va xususiy samaradorligini aniqlash hamda tahlil qilinayotgan ko‘rsatkichlarni samaradorlik va tannarx bo‘yicha muvozanatlash imkonini beradi; 
tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda hududlarning barqaror rivojlanishini maksimal va atrof-muhit muhofazasini minimal darajada shakllantirishda maqbul variant sifatida “Qavali” eko-sanoat parkini tashkil etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan «2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha harakatlar rejasi»ning 25-bandini “dekarbonizatsiyalash va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilishni jadallashtirish uchun eko-sanoat parklarini (Eco-Industrial Parks — EIP) yaratish bo‘yicha takliflar” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 5-iyundagi 04/30-1-12531-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi 03-03/1-03/3-1793--son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq qilinishi natijasida chiqindisiz ishlab chiqarishning joriy etilishi hamda korxonada tabiiy resurslardan samarali foydalanishning bevosita ko‘rstkichi 24,15 foizga oshishi asoslab berilgan; 
tabiiy resurs salohiyatidan foydalanishga yo‘naltirilgan “muhandis-tadqiqotchi” ko‘nikmasiga ega qadrlar tayyorlashda “sanoat-fan-ta’lim” integratsiyasiga asoslangan “Gaz-kimyo va energetika” ilg‘or muhandislik maktabini tashkil etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi PQ-309-son «Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorining 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 5-iyundagi 04/30-1-12531-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi 03-03/1-03/3-1793--son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida tabiiy resurslarni qazib olish va qayta ishlash tarmog‘ida sanoat–fan–ta’lim integratsiyasini takomillashtirish orqali “muhandis-tadqiqotchi” ko‘nikmasiga ega yuqori malakali yangi avlod muhandis kadrlar tayyorlash imkoniyati yaratilgan; 
hududlarda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning tashkiliy-texnologik va iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan, 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi PQ-389-son «Qashqadaryo viloyatini 2024–2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 5-iyundagi 04/30-1-12531-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi 03-03/1-03/3-1793-son ma’lumotnomasi). Ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida tabiiy resurslardan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida Qashqadaryo viloyati hududlari barqaror rivojlanishining prognoz parametrlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish