Shadiev Alisher Xudoynazarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tashkiliy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5844.
Ilmiy rahbar: Yavmutov Dilshod Shoyimardonkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05
Rasmiy opponentlar: Baxtiyar Ruzmetov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Nizomov Asliddin Badriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqalar “ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish”ini baholash uslubiyoti tizimli qiyosiy tahlil qilishning iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy farovonlik, ta’lim va inson kapitali, ijtimoiy tenglik va adolat, atrof-muhit va barqarorlik, ijtimoiy kapital va institutlar, innovatsion salohiyat omillariga asoslanuvchi “7 o‘lchovli vosita”sini kiritish orqali takomillashtirilgan;
hududlar kesimida raqamli texnologiyalarni joriy etilganlik darajasini aniqlashda ularning ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga ko‘rsatadigan ta’siri va hududlararo raqamli tafovutlar kompleks ko‘rsatkichlar tizimini baholashga  asoslangan “Mintaqaviy raqamli transformatsiya indeksi” (MRTI) taklif etilgan;
 hududiy rivojlanishni ta’minlashda  dasturlarni ishlab chiqish, investision va innovatsion salohiyatni aniqlash va yo‘naltirish, sektorlararo mutanosiblikni  shakllantirish, tahlil va monitoring asosida asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) tizimlarini yuritish, demografik axborot tizimi platformalari orqali raqamli nazorat o‘rnatish, mahalliy byudjetlar va ijtimoiy xizmatlar muvofiqligini ta’minlaydigan “Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni muvofiqlashtirish departamenti”ni joriy qilish taklifi asoslangan;
Buxoro viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini baholashda aholi jon boshiga real umumiy daromadlarning  o‘zgarishi ta’sirini baholash asosida 2030-yilga qadar yalpi hududiy mahsulot hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tashkiliy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar asosida:
mintaqalar “ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish”ini baholash uslubiyoti tizimli qiyosiy tahlil qilishning iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy farovonlik, ta’lim va inson kapitali, ijtimoiy tenglik va adolat, atrof-muhit va barqarorlik, ijtimoiy kapital va institutlar, innovatsion salohiyat omillariga asoslanuvchi “7 o‘lchovli vosita”sini kiritish orqali takomillashtirish taklifidan Buxoro viloyati hokimining “Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 16-avgustdagi 379-2-0-Q/24-son qarorining 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi  2025-yil 1-noyabrdagi 03-19-12443-son maʻlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqalarda ijlimoiy-iqtisodiy rivojlanish salohiyatini aniqlash imkoniyati kengaygan;
hududlar kesimida raqamli texnologiyalarni joriy etilganlik darajasini aniqlashda ularning ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga ko‘rsatadigan ta’siri va hududlararo raqamli tafovutlar kompleks ko‘rsatkichlar tizimini baholashga  asoslangan “Mintaqaviy raqamli transformatsiya indeksi” (MRTI) taklifidan Buxoro viloyati hokimining “Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 16-avgustdagi 379-2-0-Q/24-son qarorining 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlar kesimida raqamli texnologiyalarni joriy etilganlik darajasini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
hududiy rivojlanishni ta’minlashda  dasturlarni ishlab chiqish, investision va innovatsion salohiyatni aniqlash va yo‘naltirish, sektorlararo mutanosiblikni  shakllantirish, tahlil va monitoring asosida asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) tizimlarini yuritish, demografik axborot tizimi platformalari orqali raqamli nazorat o‘rnatish, mahalliy byudjetlar va ijtimoiy xizmatlar muvofiqligini ta’minlaydigan “Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni muvofiqlashtirish departamenti”ni joriy qilish taklifidan Buxoro viloyati hokimining “Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 16-avgustdagi 379-2-0-Q/24-son qarorining 3-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi  2025-yil 1-noyabrdagi 03-19-12443-son maʻlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlarining monitoringini amalga oshirish imkoni yaratilgan;
Buxoro viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini baholashda aholi jon boshiga real umumiy daromadlarning  o‘zgarishi ta’sirini baholash asosida 2030-yilga qadar yalpi hududiy mahsulot hajmining prognoz parametrlaridan Buxoro viloyati hokimining “Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 16-avgustdagi 379-2-0-Q/24-son qarorining 3-bandida belgilangan vazifalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi  2025-yil 1-noyabrdagi 03-19-12443-son maʻlumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Buxoro viloyati aholisi jon boshiga real umumiy daromadlar hajmining 2,194 barobarga oshishi 2030-yilda viloyat aholisiga jami xizmatlar ko‘rsatish hajmini 3,10 barobarga oshirish diapazonga teng maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqish imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish