Ubaydullaeva Maftunaxon Omonboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimli tillar siyosiy diskursida gender dinamikasi (OAV materiallari asosida)”, 10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.2.PhD/Fil4754
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Vaxobovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat davlat universiteti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanova Dilfuza Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Umarova Nargiza Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli tizimli tillar siyosiy diskursida gender dinamikasini lisoniy fenomen sifatida o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tilshunoslikda kommunikativ, pragmatik, lisoniy gender muammolarini o‘rganish gender va metagender davriga bo‘linishi, turli tizimli tillarda lingvistik genderning grammatik, leksik, referensial, ijtimoiy turlarga ajralishi, gender shaxsning nutqiy faoliyatida namoyon ochib berilgan;
tilshunoslikda gender nazariyalarining defisitlik, dominantlik, radikallik, differensiallik, reformistik kabi asosiy turlari shakllanganligi, lingvistik gender modellarining paydo bo‘lishi etnik, ijtimoiy-madaniy hayot hamda gender omili bilan bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
siyosiy diskursda lisoniy maydon hodisasi mavjudligi, uning birlamchi va ikkilamchi janrlarga ajralishi, siyosiy kontekst kommunikativ, semantik, pragmatik, kognitiv va lingvomadaniy xususiyatlari orqali axborot almashinuvining muhim tarkibiy qismi sifatida xizmat qilishi, mazkur diskursdagi gender stereotiplarining ahamiyati dalillangan;
siyosiy diskursning lingvogenderologik xususiyatlari, maskulin va feminin muloqot strategiyalari, xotin-qizlar ta’limi, gender tenglik, nikoh, oilaviy zo‘ravonlik kabi mavzulardagi siyosiy nutqlarda lingvistik gender dinamikasining voqelanishi misollar orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillar siyosiy diskursida gender dinamikasini o‘rganish davomida olingan ilmiy natijalar asosida: 
tilshunoslikda gender muammolarini o‘rganish gender va metagender davriga bo‘linishi, turli tizimli tillarda lingvistik genderning grammatik, leksik, referensial, ijtimoiy turlarga ajralishi, gender shaxsning nutqiy faoliyatida namoyon bo‘lishi haqidagi xulosalardan 2022-2023-yillar “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va mul`timedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati” ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 6-yanvardagi 1/04-163-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha mazmuni gender kategoriyalari, gender stereotiplariga oid terminlar bilan boyitilib, izohli lug‘atning mukammallashuviga erishilgan;
tilshunoslikda gender nazariyalarining defisitlik, dominantlik, radikallik, differensiallik, reformistik kabi asosiy turlari shakllanganligi, lingvistik gender modellarining paydo bo‘lishi etnik, ijtimoiy-madaniy hayot hamda gender omili bilan bog‘liqligiga oid xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335)- raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi loyihaning amaliy jarayonida foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2025-yil 8-yanvardagi 11/04-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida tayyorlangan materiallarning mazmuni boyitilgan;
siyosiy diskursda lisoniy maydon hodisasi mavjudligi, uning birlamchi va ikkilamchi janrlarga ajralishi, siyosiy kontekst kommunikativ, semantik, pragmatik, kognitiv va lingvomadaniy xususiyatlari orqali axborot almashinuvining muhim tarkibiy qismi sifatida xizmat qilishi, mazkur diskursdagi gender stereotiplarining ahamiyati, siyosiy diskursning lingvogenderologik xususiyatlari, maskulin va feminin muloqot strategiyalari, xotin-qizlar ta’limi, gender tenglik, nikoh, oilaviy zo‘ravonlik kabi mavzulardagi siyosiy nutqlarda lingvistik gender dinamikasining voqelanishi haqidagi xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 6-yanvardagi 26-36-934-son ma’lumotnomasi). Natijada 2022-2023-yillarda mazkur teleradiokanal materiallari ilmiy va amaliy jihatdan boyigan, mazmunan mukammallashuvi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish