Gabriel Ayodeji Ogunmolaning 
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: "O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida zamonaviy boshqaruv nazariyasi, yashil innovatsiyalar va raqamlashtirishni integratsiyalash modeli"
Mutaxassislik kodi: 08.00.13 – "Menejment"
Dissertatsiya mavzusining ro‘yxatga olish raqami: B2025.2.DSc/Iqt726
Ilmiy maslahatchi: Madrahimov Ulug‘bek Abduxalilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya yakunlangan muassasa: Andijon davlat texnika instituti
Ilmiy kengash faoliyat yuritadigan muassasa, Kengash raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: i.f.d, professor Aripov Oybek Abdullaevich; i.f.d, professor Rejapov Xayrullo Xikmatullaevich; i.f.d, professor Yuldasheva Nilufar Abduvaxidovna.
Tadqiqotning yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida yashil innovatsiyalarni transformatsiyalashuv jarayonlarini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
“barqaror rivojlanish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni zamonaviy menejment, yashil innovatsiyalar va raqamlashtirish integratsiyasi orqali Triple Bottom Line konsepsiyasi asosida “ishlab chiqarish – iste’mol – qayta tiklash - yangilash” kabi barqaror ta’minot zanjiri elementlari o‘zaro muvofiqligiga ko‘ra uslubiy yondashuvi takomillashtirilgan;
sirkulyar iqtisodiyot (Standart TBL) modeliga muvofiq «nol chiqindi» tizimi tamoyili asosida chiqindilarni qayta ishlash, ulardan ekologik toza energiya va boshqa mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Xo‘jaobod tumanida ekosanoat zonasini tashkil etish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonni barqaror rivojlanish maqsadlariga moslashtirilgan zamonaviy boshqaruv nazariyalari [{TN+RES}∈RBV], yashil innovatsiyalar [{GI+GR}∈NRBV] va raqamlashtirishni [{DT+BT}∈MIT] integratsiyalashga ko‘ra “ISO 14001-ekologik menejment” standartiga muvofiqlikdagi rivojlanish modeli [MGD≡RBV+NRBV+MIT] taklifi asoslangan;
iqtisodiyotga yashil innovatsiyalar va raqamlashtirishni joriy qilish hisobiga yashil investisiyalar va raqamli iqtisodiyotning ulushi indikatorlarini 2030 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida yashil innovatsiyalarni joriy etish hisobiga ekologik toza mahsulotlar, energiya tejamkorlik va operatsion samaradorlik ko‘rsatkichlarining 2027 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy boshqaruv amaliyotlarini yashil innovatsiyalar va raqamlashtirish bilan integratsiya qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
“barqaror rivojlanish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni zamonaviy menejment, yashil innovatsiyalar va raqamlashtirish integratsiyasi orqali Triple Bottom Line konsepsiyasi asosida “ishlab chiqarish – iste’mol – qayta tiklash - yangilash” kabi barqaror ta’minot zanjiri elementlari o‘zaro muvofiqligiga ko‘ra takomillashtirilgan uslubiy yondashuv taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son ““O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining  2025-yil  14-martdagi 04/28-1-5663). Natijada, O‘zbekiston korxonalari, xususan, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi sohalarida yashil texnologiyalar va raqamlashtirish bilan bir qatorda Lean Management kabi zamonaviy boshqaruv nazariyalarini joriy etish hisobiga ekologik toza ishlab chiqarish usullariga o‘tishni rag‘batlantirish, karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish va O‘zbekiston bo‘ylab sanoat samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
sirkulyar iqtisodiyot (Standart TBL) modeliga muvofiq «nol chiqindi» tizimi tamoyili asosida chiqindilarni qayta ishlash, ulardan ekologik toza energiya va boshqa mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Xo‘jaobod tumanida ekosanoat zonasini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-son “Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining  2025-yil  14-martdagi 04/28-1-5663). Natijada, sanoatni qayta tiklanadigan energiya echimlari va ekologik barqaror amaliyotlarni qabul qilish, quyosh energiyasi tizimlari, energiya tejamkor ishlab chiqarish jarayonlari va chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha Toshkent, Buxoro va Namangan viloyatlari bo‘ylab sanoat tarmoqlarida  dasturlarni ishlab chiqish hamda yashil texnologiyalarni joriy etish imkonini bergan; 
O‘zbekistonni barqaror rivojlanish maqsadlariga moslashtirilgan zamonaviy boshqaruv nazariyalari [{TN+RES}∈RBV], yashil innovatsiyalar [{GI+GR}∈NRBV] va raqamlashtirishni [{DT+BT}∈MIT] integratsiyalashga ko‘ra “ISO 14001-ekologik menejment” standartiga muvofiqlikdagi rivojlanish modeli [MGD≡RBV+NRBV+MIT] taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son ““Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining  2025-yil  14-martdagi 04/28-1-5663). Natijada, Industry 4.0 amaliyotlari va IoT echimlarini joriy etish hisobiga 220 ta sanoat korxonasi ishlab chiqarishni real vaqt rejimida monitoring qilish, resurslarni boshqarish va faoliyat tahlili uchun raqamli platformalar bilan jihozlash imkonini yaratgan;
iqtisodiyotga yashil innovatsiyalar va raqamlashtirishni joriy qilish hisobiga yashil investisiyalar va raqamli iqtisodiyotning ulushi indikatorlarini 2030 yilga qadar prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son ““O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining  2025-yil  14-martdagi 04/28-1-5663). Natijada, iqtisodiyotga kiritilgan yashil innovatsiyalar hamda raqamli platformalar ko‘lamini kengaytirish orqali tarmoqlarni barqaror rivojlantirish, qayta tiklanadigan energiyalardan foydalanishni samarali tashkil qilish imkoniyati yaratilgan; 
sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida yashil innovatsiyalarni joriy etish hisobiga ekologik toza mahsulotlar, energiya tejamkorlik va operatsion samaradorlik ko‘rsatkichlarining 2027 yilga qadar prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining  2025-yil  14-martdagi 04/28-1-5663). Natijada, yashil boshqaruv amaliyotlari va raqamlashtirishni joriy qilish hisobiga ekologik toza mahsulotlar va raqamli echimlar sohasida eksport hajmining 20-25 foizga oshishi, karbonat angidrid chiqindilarining 15-20 foizga kamayish imkoni asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish