Eshchanov Hurmat Matnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekistonning bronza asri va ilk temir davrlari mudofaa inshootlari, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tar2052.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdirimov Razzoqberdi, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxit Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor; Matqurbanov Omon Odilbekovich, PhD., dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonning bronza asri va ilk temir davri mudofaa inshootlari tarixini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning tarixiy-madaniy xududlarida eneolit davri axolisi xo‘jaliklarida erishgan natijalari bronza jamiyati rivojlanishiga asos bo‘lganligi isbotlandi;
O‘zbekistonning bronza va ilk temir davri turar-joylari joylashishi, tuzilish xususiyatlari aniqlandi, ya’ni, shu o‘rinda bronza davri turar-joy inshoatlarining joylashish xususiyatlari temir davridagi turar-joy inshoatlari bilan solishtirilib taxlillar asosida o‘rganildi;
O‘zbekistonning bronza asri va ilk temir davri axoli turar-joylari mudofaa elementlari taxlil qilindi ya’ni Jarqo‘ton yodgorligida boshqaruv tizimiga rahbarlik qilgan “Kohin” tashabbusi bilan Surxon, Qashqadaryo, o‘rta Zarafshon va Xorazm hududlarida olib borilgan o‘zlashtirish tadbirlari natijasida to‘rt tomoni o‘rab olingan mudofaa devorlar, yarim aylana burj, to‘g‘riburchakli shinaklar me’moriy uslubni tasvir qilganlar, bu jarayon navbatdagi tarixiy davrlarda klassik darajada davom etgan aniqlandi;
Tabiiy g‘orlar va suv xavzalari sohili etaklari, tepaliklarda joylashgan manzilgohlarda o‘rnashgan aholining vaqt o‘tishi bilan axoli soni o‘sishi natijasida tarix taqozasi bo‘lgan qo‘shni xududlarga qilgan migratsion siyosati natijalari izohlandi va aholining migratsion tadbiri natijasida paydo bo‘lgan mitti-mitti qishloq maqomiga ega bo‘lgan manzilgohlarda kechgan etnik jarayonlar oydinlashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston xududida bronza asri va ilk temir davri axoli turar-joylari mudofaa inshootlari tarixini o‘rganish masalalarini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
O‘zbekistonning tarixiy-madaniy xududlarida eneolit davri axolisi xo‘jaliklarida erishgan natijalari bronza jamiyati rivojlanishiga asos bo‘lganligi haqidagi ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan kursant va tinglovchilarga ta’lim va tarbiya berish jarayonida keng doirada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2025-yil 11-noyabrdagi 10/2491-son dalolatnomasi). Natijada aniqlangan ilmiy yangiliklar harbiy ta’lim tizimida qo‘llanilishi orqali yosh avlodda tarixiy tafakkur va vatanparvarlik ruhini shakllantirishda amaliy natija kasb etdi;
O‘zbekistonning bronza asri va ilk temir davri axoli turar-joylari mudofaa elementlari taxlil qilindi, ya’ni, Jarqo‘ton yodgorligida boshqaruv tizimiga rahbarlik qilgan “Kohin” tashabbusi bilan Surxon, Qashqadaryo, o‘rta Zarafshon va Xorazm hududlarida olib borilgan o‘zlashtirish tadbirlari natijasida to‘rt tomoni o‘rab olingan mudofaa devorlar, yarim aylana burj, to‘g‘riburchakli shinaklar me’moriy uslubni tasvir qilganligi, bu jarayon navbatdagi tarixiy davrlarda klassik darajada davom etganligi haqidagi ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan kursant va tinglovchilarga ta’lim va tarbiya berish jarayonida keng doirada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2025-yil 11-noyabrdagi 10/2491-son dalolatnomasi). Natijada bronza asri va ilk temir davri mudofaa inshootlari bo‘yicha aniqlangan ilmiy yangiliklardan kursant va tinglovchilarning amaliy tayyorgarligini mustahkamlashda, shuningdek, tarixiy-madaniy bilimlarni chuqurlashtirishda keng qo‘llanildi;
O‘zbekistonning bronza va ilk temir davri turar-joylari joylashishi, tuzilish xususiyatlari aniqlandi, ya’ni, shu o‘rinda bronza davri turar-joy inshoatlarining joylashish xususiyatlari temir davridagi turar-joy inshoatlari bilan solishtirilib taxlillar asosida o‘rganilganligi to‘g‘risidagi ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Tarix ko‘zgusi” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 12-noyabrdagi 05-09-1807-son ma’lumotnomasi). Natijada bronza va ilk temir davri turar-joy me’morchiligining o‘ziga xos xususiyatlari ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritildi;
Tabiiy g‘orlar va suv xavzalari sohili etaklari, tepaliklarda joylashgan manzilgohlarda o‘rnashgan aholining vaqt o‘tishi bilan axoli soni o‘sishi natijasida tarix taqozasi bo‘lgan qo‘shni xududlarga qilgan migratsion siyosati natijalari izohlandi va aholining migratsion tadbiri natijasida paydo bo‘lgan mitti-mitti qishloq maqomiga ega bo‘lgan manzilgohlarda kechgan etnik jarayonlarga oid aniqlangan ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Tarix ko‘zgusi” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 12-noyabrdagi 05-09-1807-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston hududidagi qadimgi davrdagi harbiy jarayonlar va mudofaa inshootlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keng jamoatchilikka etkazishda amaliy ahamiyat kasb etdi.