Nurmuhammedova Go‘zalxon Bahodirovnaning 
yuridik fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Korrupsiyaga qarshi kurashning jinoiy-huquqiy choralarini takomillashtirish”, 12.00.08 – “Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Yu369 
Ilmiy maslahatchi: Rustambaev Mirzayusup Xakimovich yuridik fanlar dοktοri, prοfessοr 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 qoshidagi Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: O‘razaliev Murod Qoraevich yuridik fanlar doktori, professor; Kamalova Dildora G‘ayratovna yuridik fanlar doktori, professor; Rasulev Abdulaziz Karimovich yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi korrupsiyaga oid jinoyatlarga qarshi jinoiy-huquqiy kurash choralarini takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslarning hamda ularning yaqin qarindoshlarining hayotiga va sog‘lig‘iga haqiqiy tahdidni, ularga nisbatan zo‘rlik ishlatilganligini, ularning mol-mulki yo‘q qilinganligini yoki shikastlantirilganligini tasdiqlovchi etarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularni himoya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi shartligining kiritilishi davlatga ishonch oshishiga, jamiyatda korrupsiyaga qarshi faollik ortishiga xizmat qilishi asoslab berilgan;
sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi uchun javobgarlikning kiritilishi sport musobaqalarining muhiti sog‘lomlashuviga, mamlakatimizga sport musobaqalarini o‘tkazishga ishonch bildirilishiga va xalqaro nufuzi oshirilishiga xizmat qilishi asoslantirilgan;
sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olish uchun javobgarlikning kiritilishi sportda korrupsiya va manipulyasiyalarning oldini olinishiga, musobaqani haqiqiy raqobat muhitiga aylantirilishiga, sport tashkilotlari va ishtirokchilariga milliy va xalqaro darajada ishonchning oshirilishiga va sportning jamiyatdagi ijobiy imijini mustahkamlanishiga xizmat qilishi asoslantirilgan;
shaxsiy manfaatdorlik — davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud u bilan aloqador shaxslar ushbu xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita qaror qabul qilinishi yoki xodimning ushbu jarayonda boshqacha tarzda ishtirok etishi natijasida olishi mumkin bo‘lgan har qanday naf yoki afzallik sifatida mualliflik ta’rifi shakllantirilgan;
davlat fuqarolik xizmatida davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila a’zolariga) bepul berilgan, moddiy qimmatga ega bo‘lgan mol-mulk yoki davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila a’zolariga) beg‘araz ko‘rsatilgan xizmat sovg‘a sifatida tan olinishi manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishda xizmat qilishi  asoslab berilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o’z ifodasini topgan:
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslarning hamda ularning yaqin qarindoshlarining hayotiga va sog‘lig‘iga haqiqiy tahdidni, ularga nisbatan zo‘rlik ishlatilganligini, ularning mol-mulki yo‘q qilinganligini yoki shikastlantirilganligini tasdiqlovchi etarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularni himoya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi shartligining kiritilishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-729-son Qonunning 9-moddasi 6-bandi (O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni)da o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 24-iyundagi №3/dn-130-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarning va ularning yaqin qarindoshlarining xavfsizligini kafolatlashga, fuqarolarning faol huquqiy pozisiyasini rag‘batlantirishga va jamiyatda “jazosizlik” muhitining oldini olishga xizmat qilgan;
sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi uchun javobgarlikning kiritilishiga oid takliflar 2024-yil 4-noyabrdagi “Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-988-son Qonunning 1-moddasi birinchi bandi bilan Jinoyat kodeksining “2141-modda. Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi”  moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 15-noyabrdagi №9/dn-230-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy korrupsiyaga sport musobaqalarining muhiti sog‘lomlashuviga, mamlakatimizga sport musobaqalarini o‘tkazishga ishonch bildirilishiga va xalqaro nufuzi oshirilishiga xizmat qilgan;
sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olish uchun javobgarlikning kiritilishiga oid takliflar 2024-yil 4-noyabrdagi “Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi  O‘RQ-988-son Qonunning 1-moddasi birinchi bandi bilan Jinoyat kodeksining “2142-modda. Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olish”  moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 15-noyabrdagi №9/dn-230-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi sportda korrupsiya va manipulyasiyalarning oldini olinishiga, musobaqani haqiqiy raqobat muhitiga aylantirilishiga, sport tashkilotlari va ishtirokchilariga milliy va xalqaro darajada ishonchning oshirilishiga va sportning jamiyatdagi ijobiy imijini mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
“shaxsiy manfaatdorlik” tushunchasiga doir konseptual g‘oya va takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 6-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonunning 3-moddasi 4-bandini  shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 24-iyundagi №3/dn-130-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi mansabdor shaxslarning faoliyatida halollik va shaffoflikni ta’minlash, shaxsiy manfaatlarning davlat va jamoat manfaatlaridan ustuvor qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qilgan;
davlat fuqarolik xizmatida davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila a’zolariga) bepul berilgan, moddiy qimmatga ega bo‘lgan mol-mulk yoki davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila a’zolariga) beg‘araz ko‘rsatilgan xizmat sovg‘a sifatida tan olinishi lozimligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-son Qonunning 18-moddasi 1-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 
24-iyundagi №3/dn-130-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi  manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish