Gafurova Dilobar Karomatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarining ta’lim xizmatlari bozoridagi o‘rnini mustahkamlash va raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari”, 08.00.05–“ Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD\Iqt 4667
Ilmiy rahbar: Sharipov To‘lqin Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.1.18.01
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Axrorov Farxod Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: OTMlarining ta’lim xizmatlari bozoridagi o‘rnini mustahkamlash va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’limda ta’lim xizmatlarining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda “raqobat” va “oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligi” tushunchalarining takomillashtirilgan mualliflik ta’riflari asosida ta’lim sifati, ilmiy salohiyat, talabalar va o‘qituvchilar faolligi, xalqaro hamkorlik va top reytingga kirish imkoniyatlari, innovatsion faoliyati va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish holati, brend imidji, marketing faoliyati hamda barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarini kamrab oluvchi “oliy ta’lim muasasalarining raqobatbardoshligini ifodalovchi takomillashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi” ishlab chiqilgan;
integrasion hamkorlik hamda kadrlar tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari asosida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi va bitiruvchilarni ishga qabul qiluvchi subektlarni birlashtiruvchi “fan – ta’lim – ishlab chiqarish” integrasiyasi orqali hududiy innovatsion ta’lim klasterini tuzish takliflari dalillangan;
oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashning 7I+Q modeli hamda uning doirasida amalga oshiriladigan ishlar, model qismlari, ularning asosiy yo‘nalishlari va amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha takliflar ilmiy asoslangan;
Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida talabalar soni bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarning 2028-yilgacha mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassalarining ta’lim xizmatlari bozoridagi o‘rnini mustahkamlash va raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’limda ta’lim xizmatlarining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda “raqobat” va “oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligi” tushunchalarining takomillashtirilgan mualliflik ta’riflari asosida ta’lim sifati, ilmiy salohiyat, talabalar va o‘qituvchilar faolligi, xalqaro hamkorlik va top reytingga kirish imkoniyatlari, innovatsion faoliyati va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish holati, brend imidji, marketing faoliyati hamda barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarini kamrab oluvchi “oliy ta’lim muasasalarining raqobatbardoshligini ifodalovchi takomillashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi” Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va Navoiy innovatsiyalar universitetida joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil
5-sentyabrdagi 01/01-01-339-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini baholash va raqobatbardoshligini oshirish imkonini bergan.
integratsion hamkorlik hamda kadrlar tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari asosida Samarqand va Navoiy viloyatlarida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi va bitiruvchilarni ishga qabul qiluvchi subektlarni birlashtiruvchi “fan – ta’lim – ishlab chiqarish” integrasiyasi orqali hududiy innovatsion ta’lim klasterini tuzish takliflari Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Navoiy innovatsiyalar universiteti tomonidan joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01/01-01-339-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish, kadrlar tayyorlash jarayoni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga mos ravishda muvofiqlashtirish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish ko‘rsatkichlari yaxshilash va ishsizlik darajasi kamaytirish, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligini real ish sharoitlariga yaqinlashtirish hamda fan va ta’lim orasidagi chuqur hamkorlik ilmiy tadqiqotlar uchun zamonaviy platformani shakllantirishga imkon bergan;
oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashning 7I+Q modeli hamda uning doirasida amalga oshiriladigan ishlar, model qismlari, ularning asosiy yo‘nalishlari va amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha takliflar Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Navoiy innovatsiyalar universiteti tomonidan joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01/01-01-339-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish, o‘quv jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish orqali talabalarning bilim va malakalarini oshirish, fan va innovatsiyalarning ta’lim jarayoniga integrasiya qilinishi, OTMlarning xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallashi, jahon bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, xalqaro hamkorlik va akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti sohasidagi mutaxassislarning bozor talablariga mos tayyorlanishini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini yaratgan;
Respublikamizdagi OTMlarida talabalar soni bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarning 2028-yilgacha mo‘ljallangan prognoz parametrlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, oliy ta’lim tashkilotlarida (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Navoiy innovatsiyalar universiteti) raqobatbardoshligini oshirishni rejalashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01/01-01-339-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi oliy ta’lim muassasalarining ning rivojlanishiga hamda sohada ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilib, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari sonining 2025-2028-yillar orasida o‘rtacha yillik 16,1%ga oshirishni ilmiy asoslash imkonini bergan.