Nabiev G‘ulomjon Abdisalomovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini baqaror rivojlantirishda sanoat salohiyati samaradorligini oshirish metodologiyasi (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt1007.
Ilmiy maslaxatchi: Ilmiy maslaxatchisiz.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmirzaev Ulug‘bek Abdulazizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini baqaror rivojlantirishda sanoat salohiyati samaradorligini oshirish metodologiyasidan foydalanib rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish va uning raqamlashtirish holatini baholash hamda mintaqa sanoatining barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda sanoat salohiyati samaradorligini oshirishning nazariy-metodologik tizimlashtirish, uning tarkibiy elementlari, ularning o‘zaro ta’siri va statistik jarayonlari tadqiqotini kengaytirilgan mantiqiy-metodologik sxemasi taklif etilgan;
mintaqa sanoat korxonalari iqtisodiy samadorligini oshirishda mintaqaviy ixtisoslashuv koeffisienti (MIK) 1,25 barobardan 1,48 barobargacha oshgani va 20 ta yirik sanoat korxonasi uchun hisob-kitoblar amalga oshirilib, samaradorlik indeksi (ESI) o‘rtacha 0,73 koeffisienti asosida texnologik, innovatsion va ekologik uyg‘unlikka asoslangan barqaror sanoat tizimi modeli taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda sanoat salohiyati va korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion va raqamli transformatsiya omillarining sinergetik ta’sir mexanizmi orqali «Qarshi Textile» MChJ va «Kasbi Textile Cluster» MChJ klasterlarida raqamli boshqaruv tizimi joriy etilib, sanoat tarmoqlari bo‘yicha ixtisoslashuv darajasiga ta’siri bo‘yicha amaliy model taklif qilingan;
mintaqa sanoat tuzilmalarini iqtisodiy samaradorligini oshirish konsepsiyasi asosida sanoat salohiyatining har bir tarkibiy qismini baholash jarayonining metodologik bosqichlari taklif etilgan;
mintaqada sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishini 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa sanoat tuzilmasini takomillashtirishda AKT dan foydalanib innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida mintaqa sanoati tuzulmasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda sanoat salohiyati samaradorligini oshirishning nazariy-metodologik tizimlashtirish, uning tarkibiy elementlari, ularning o‘zaro ta’siri va statistik jarayonlari tadqiqotini kengaytirilgan mantiqiy-metodologik sxemasi bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 8-noyabr 07-07/10025-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish natijasida mintaqa sanoat salohiyatining tarkibiy elementlari ilk bor kompleks tizim-modelli integratsiya asosida baholandi, ularning o‘zaro ta’siri (sinergiya va divergent jarayonlar) real sektordagi o‘sish dinamikasi bilan matematik bog‘liq holda aniqlab berilgan;
mintaqa sanoat korxonalari iqtisodiy samadorligini oshirishda mintaqaviy ixtisoslashuv koeffisienti (MIK) 1,25 barobardan 1,48 barobargacha oshgani va 20 ta yirik sanoat korxonasi uchun hisob-kitoblar amalga oshirilib, samaradorlik indeksi (ESI) o‘rtacha 0,73 koeffisienti asosida texnologik, innovatsion va ekologik uyg‘unlikka asoslangan barqaror sanoat tizimi modeli bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 8-noyabr 07-07/10025-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda mintaqaviy sanoatni raqamlashgan boshqaruv tizimiga o‘tkazish, tarmoqlar bo‘yicha resurslar taqsimotini optimallashtirish, investision oqimlar samaradorligini oshirish va mintaqaviy sanoat siyosatini maqsadli shakllantirish imkonini yaratish orqali mintaqa iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir etayotganligi ko‘rsatib berilgan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda sanoat salohiyati va korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion va raqamli transformatsiya omillarining sinergetik ta’sir mexanizmi orqali «Qarshi Textile» MChJ va «Kasbi Textile Cluster» MChJ klasterlarida raqamli boshqaruv tizimi joriy etilib, sanoat tarmoqlari bo‘yicha ixtisoslashuv darajasiga ta’siri bo‘yicha amaliy model bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 8-noyabr 07-07/10025-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda Qashqadaryo viloyati sanoat tarmoqlari uchun «Innovatsion–raqamli sinergetik model» taklif qilindi. Ushbu model raqamli boshqaruv tizimi, masofaviy mehnat eko-tizimi va sanoat ixtisoslashuvini o‘zaro integratsiyalash orqali sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish uchun ilmiy asoslangan mexanizm yaratilgan;
mintaqa sanoat tuzilmalarini iqtisodiy samaradorligini oshirish konsepsiyasi asosida sanoat salohiyatining har bir tarkibiy qismini baholash jarayonining metodologik bosqichlari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 8-noyabr 07-07/10025-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanishda Qashqadaryo viloyati uchun tadqiqotda ishlab chiqilgan kompleks indikatorlar tizimi mintaqa sanoat salohiyatini baholashda aniq, raqamlashtirilgan, barqaror monitoring mexanizmini shakllantirib, Qashqadaryo viloyati sanoat tarmoqlarida quvvat samaradorligi, tannarxni qisqartirish va eksport salohiyatini oshirishning ilmiy asoslangan amaliy modelini yaratib berilgan;
mintaqada sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishini 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 8-noyabr 07-07/10025-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar mintaqaviy sanoat siyosatini shakllantirishda strategik ahamiyatga ega bo‘lib, resurs taqsimoti, investisiya rejalashtirish va sanoat klasterlari rivojini yo‘naltirishda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini bergan.