Xalimov Javlonbek Shaxriyorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda logistika tizimi samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt971.
Ilmiy maslaxatchi: Muxitdinov Xudoyar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otajonov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yavmutov Dilshod Shoyimardonkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish jarayonida logistika tizimi samaradorligini oshirishning mukammal metodologiyasini ishlab chiqish va amaliy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
logistika tizimining barqarorligini kompleks tahlil qilish va hududlararo solishtirish imkoniyati yaratish maqsadida mintaqaviy logistika xizmatlari samaradorligini baholash uchun yagona integrallashgan indeks taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli egizak modeli (digital twin) tamoyiliga asoslanib, oqimlar tahlili va quvvat taqsimotini ko‘rsatadigan sanoat, transport va xizmatlar sektori o‘rtasidagi integratsiyani baholash uchun, tashish vaqtini 8-10 % ga qisqartirish imkonini beradigan moslashuvchan modeli taklif etilgan;
mintaqaviy logistika klasterlari va kadrlar salohiyatini mustahkamlash Qarshi–Shahrisabz–G‘uzor yo‘nalishida “janubiy logistika klasteri”ni shakllantirish, logistika ta’limi, ilmiy tadqiqotlar va DXSh hamkorlik dasturlari asosida logistika infratuzilmasining iqtisodiy o‘sishga bevosita β₁=0,42 va bilvosita raqamli vositalar orqali β₂=0,18 ta’sirini miqdoriy ifodalaydigan transport-logistika samaradorlik indeksi taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyati tumanlari logistik salohiyatini oshirishda K-means algoritmi yordamida hududlar kesimida differensiallashtirish imkonini beradigan logistika sig‘imi, ombor maydoni, transport zichligi va raqamlashtirish darajasi asosida hududlar logistika salohiyatiga qarab 4 ta innovatsion TIP (tur) modeli taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda logistika tizimi samaradorligini oshirishning 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida logistik xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini optimallashtirish metadologiyasini iqtisodiyotga o‘tish sharoitida mintaqa sanoati tuzulmasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
logistika tizimining barqarorligini kompleks tahlil qilish va hududlararo solishtirish imkoniyati yaratish maqsadida mintaqaviy logistika xizmatlari samaradorligini baholash uchun yagona integrallashgan indeks bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2022-yil 15-iyundagi 18-son “Viloyatda transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha 2022–2024-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 08-noyabr 07-07/10024-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish natijasida Mintaqaviy logistika tizimining barqarorligini aniqlash va hududlararo solishtirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida logistika xizmatlari samaradorligini baholovchi yagona integrallashgan indeks (LBI — Logistic Balance Index) ishlab chiqildi va ushbu indeksning ishlab chiqilishi mintaqalardagi logistika infratuzilmasi, transport tarmoqlari yuklama darajasi, xizmatlar sifati, raqamli integratsiya va iqtisodiy qaytuv ko‘rsatkichlarini yagona baholash tizimiga kiritish orqali amalga oshirilishi isbotlangan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli egizak modeli (digital twin) tamoyiliga asoslanib, oqimlar tahlili va quvvat taqsimotini ko‘rsatadigan sanoat, transport va xizmatlar sektori o‘rtasidagi integratsiyani baholash uchun, tashish vaqtini 8-10 % ga qisqartirish imkonini beradigan moslashuvchan modeli bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2022-yil 15-iyundagi 18-son “Viloyatda transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha 2022–2024-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 08-noyabr 07-07/10024-son ma’lumotnomasi). Natijada raqamli egizak tamoyiliga asoslangan moslashuvchan model nafaqat logistika oqimlarini samarali boshqarish va quvvatni optimal taqsimlash imkonini beradi, balki hududlararo sanoat, transport va xizmatlar sektorlarining uzviy integratsiyasini ko‘rsatib, tizim samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
mintaqaviy logistika klasterlari va kadrlar salohiyatini mustahkamlash Qarshi–Shahrisabz–G‘uzor yo‘nalishida “janubiy logistika klasteri”ni shakllantirish, logistika ta’limi, ilmiy tadqiqotlar va DXSh hamkorlik dasturlari asosida logistika infratuzilmasining iqtisodiy o‘sishga bevosita β₁=0,42 va bilvosita raqamli vositalar orqali β₂=0,18 ta’sirini miqdoriy ifodalaydigan transport-logistika samaradorlik indeksi bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimining 2022-yil 15-iyundagi 18-son “Viloyatda transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha 2022–2024-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 08-noyabr 07-07/10024-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqaviy logistika tizimining barqarorligini, oqimlar va quvvat integratsiyasini va iqtisodiy o‘sishga ta’sirini yagona ilmiy asosda baholash imkonini bergan hamda ushbu yondashuv nafaqat hududlararo solishtirish va strategik rejalashtirish uchun qulay vosita, balki logistika investisiyalari samaradorligini oshirish, transport va xizmatlar jarayonlarini optimallashtirish hamda mintaqaviy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyati tumanlari logistik salohiyatini oshirishda K-means algoritmi yordamida hududlar kesimida differensiallashtirish imkonini beradigan logistika sig‘imi, ombor maydoni, transport zichligi va raqamlashtirish darajasi asosida hududlar logistika salohiyatiga qarab 4 ta innovatsion TIP (tur) modeli bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2022-yil 15-iyundagi 18-son “Viloyatda transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 08-noyabr 07-07/10024-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanishda K-means klasterlash yondashuvi Qashqadaryo viloyatidagi tumanlarning logistika salohiyatini tizimli baholash va innovatsion rivojlanish strategiyasini shakllantirishda ilmiy va amaliy qiymatga ega ekanligi isbotlangan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda logistika tizimi samaradorligini oshirishning 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi va bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2022-yil 15-iyundagi 18-son “Viloyatda transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha 2022–2024-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 08-noyabr 07-07/10024-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan strategik prognoz ko‘rsatkichlari logistika tizimi va korxonalarning raqamli va ekologik samaradorligini optimal darajada ta’minlashga qaratilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar logistika tizimini rivojlantirish, investisiya resurslarini samarali taqsimlash va mintaqaviy barqarorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini bergan.