Beknazarova Manzura Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda klasterlash mexanizmini takomillashtirish” (Qashqadaryo viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3870.
Ilmiy rahbar: Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Matyakubova Dilfuza Olimboevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;  Matjonov Bekjon Ravshonbekovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatida mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda klasterlash mexanizmini  takomillashtirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotida resurslarni samarali taqsimlash, raqobatdosh ustunlik yaratish, ixtisoslashuvni aniqlash va barqarorlikni ta’minlashni o‘z ichiga oluvchi klaster segmentatsiyasi modeli taklif etilgan;
mintaqaviy iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi eksport salohiyati, innovatsion rivojlanish, kooperatsiya-hamkorlik omillari asosida klasterlashning konseptual modeli taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda klasterlashning kooperatsiya darajasi (0,64), raqamli integratsiya ko‘rsatkichi (0,52) va innovatsion faollik indeksi (0,47) darajalarda ekanligi Regional Cluster Integration Model (RCIM) orqali asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida mintaqaviy klasterlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytiruvchi ishlab chiqarish–logistika–innovatsiya tarmoqlarining o‘zaro sinergiyasi aniqlanib, 2025–2030-yillar uchun barqaror rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda klasterlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mintaqa iqtisodiyotida resurslarni samarali taqsimlash, raqobatdosh ustunlik yaratish, ixtisoslashuvni aniqlash va barqarorlikni ta’minlashni o‘z ichiga oluvchi klaster segmentatsiyasi modeli Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati  hokimligining 2025-yil 17-noyabrdagi 10-10/10466-son ma’lumotnomasi). Natijada, model hududdagi xom-ashyo bazasi, ishlab chiqarish quvvatlari, mehnat resurslari, energetik imkoniyatlar, logistika infratuzilmasi va bozor talabining hududiy taqsimlanishini kompleks baholashga imkonini bergan. Segmentatsiya natijalari mintaqada klasterlararo funksional bog‘liqlikni aniq belgilash, tarmoqlar o‘rtasida komplementarlik darajasini o‘lchash, ustuvor rivojlanish zonalarini ajratish va hududning raqobatdosh ustunliklarini optimallashtirish imkoniyatini yaratgan;
mintaqaviy iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi eksport salohiyati, innovatsion rivojlanish, kooperatsiya-hamkorlik omillari asosida klasterlashning konseptual modeli bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati  hokimligining 2025-yil 17-noyabrdagi 10-10/10466-son ma’lumotnomasi). Modelning amaliyotda qo‘llanilishi viloyatda etishtiriladigan paxtadan olinadigan tolani hududning o‘zida qayta ishlash darajasi 52,2 foizga etkazilgan. Ip kalava ishlab chiqarish 6 barobarga, tayyor mahsulot - 3,5 barobarga ortgan va agrologistika klasterlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga olib kelgan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda klasterlashning kooperatsiya darajasi (0,64), raqamli integratsiya ko‘rsatkichi (0,52) va innovatsion faollik indeksi (0,47) darajalarda baholash taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati  hokimligining 2025-yil 17-noyabrdagi 10-10/10466-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu indekslar klasterlarning resurslardan foydalanish samaradorligi, texnologik o‘zaro bog‘liqligi va raqamli transformatsiya jarayonlarining amaldagi holatini baholash imkonini berdi hamda ishlab chiqilgan model mintaqa klasterlarida kooperatsiya va raqamli integratsiya jarayonlarini kuchaytirish, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish va tarmoqlararo sinergiyani ta’minlash orqali barqaror rivojlanish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyatida mintaqaviy klasterlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytiruvchi ishlab chiqarish–logistika–innovatsiya tarmoqlarining o‘zaro sinergiyasi aniqlanib, 2025–2030-yillar uchun barqaror rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlari Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati  hokimligining 2025-yil 17-noyabrdagi 10-10/10466-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Qashqadaryo viloyatidagi paxta-to‘qimachilik va agrologistika klasterlarida ishlab chiqarish samaradorligi o‘rtacha 0,78 elastiklik koeffisienti bilan aniqlanib, klaster integratsiyasi mavjud bo‘lmagan tarmoqlarga nisbatan 13–15 foiz yuqori rentabellik oshishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish