Pirimov Tuychi Jumaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Serpentenitlarni noorganik mahsulotlarga kompleks qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/T931.
Ilmiy maslahatchilar: Namazov Shafaat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Usanbaev Najimuddin Xalmurzaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Nurmuxamedov Habibulla Sagdullaevich. texnika fanlari doktori, professor; Samadiy Murodjon Abdusalimzoda, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Arvaten va Qutchi konlari STni magniy oksidi, magniy metali, yuqori tozalikdagi kremniy dioksidi, po‘lat olish uchun konsentratlar, shuningdek, qo‘shimcha mahsulotlardan o‘g‘itlar olish uchun kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish va ushbu STlarni qayta ishlash jarayon va qurilmalar xususiyatlarini hisobga ularni  maqbullashtirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Arvaten va Qutchi konlari STlarini mineral kislotalar bilan qayta ishlaganda serpetenit tarkibidagi amorf kremniy dioksidi vodorod ionlarini erkin xarakatlanishiga to‘sqinlik qilishi va  parchalash jarayonini cheklovchi omili ekanligi va buni oldini olish uchun dastlabki serpentenitni 0,25 mm gacha maydalash etarli ekanligi aniqlangan; 
STni sul`fat kislotada kam miqdorda nitrat kislota yoki vodorod peroksidi ishtirokida parchalaganda magniy oksidi, alyuminiy, temir va boshqa metallar unumi ortishi va jarayonni jadallashishi asoslangan;
ST kislotali qayta ishlash mahsulotlarini bosqichma-bosqich turli rN muhitlargacha neytrallaganda xosil bo‘lgan filtrlanuvchi qatlamlar, zarralar o‘lchamiga bog‘liq vakuum fil`trlar tanlangan;
STni parchalash mahsulotlarini bosqichma-bosqich turli rN muhitlargacha neytrallash yo‘li bilan po‘lat olishda ishlatiladigan metallar konsentrati  va ikki turdagi mahsulot - 97% MgO va 17% N ni o‘z ichiga olgan suyuq o‘g‘it olishni maqbul sharoitlari aniqlangan;
STlarni kislotali parchalashdan hosil bo‘lgan kremniyli qoldiqlaridan kremniy dioksidi - oq qurum olish jarayonlarini texnologik asoslari ishlab chiqilgan.
birinchi marta STni xlorid kislotasi parchalashnish mahsulot tuzlari suyuqlanmalarini elektroliz yo‘li bilan magniy metali olishni ilmiy asoslangan yondashuvi ishlab chiqilgan;
ST ni 0.25 mm o‘lchamli fraksiyagacha maydalash va ortiqcha maydalikkacha maydalashni oldini olish uchun uch bosqichli maydalash yo‘li bilan energiya sarfi 6.3 % ga kamaytirish va ishlab chiqarish quvvatini 20 t/soatdan 25 t/soatgacha oshirish isbotlandi;
St ni valli maydalashda vallarning optimal qamrov burchagi 17o bo‘lishi maydalanadigan xomashyo zarrachalari o‘lchamini 0.25 mm gacha maydalash imkonini berishi isbotlandi; 
magniy oksidi, magniy metali, yuqori tozalikka ega kremniy dioksidi, po‘lat ishlab chiqarish uchun konsentratlar, shuningdek STni qayta ishlash jarayonida hosil bo‘lgan ammoniy tuzlaridan o‘g‘itlar olish, qayta ishlash jarayonlari, qurilmalari hisoblari bajarilgan va  texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. STlarni kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish va magniy oksidi, yuqori tozalikdagi kremniy dioksidi, magniy metali, po‘lat olish uchun konsentratlar, shuningdek serpentenitni qayta ishlashda hosil bo‘lgan ammoniy tuzlaridan o‘g‘itlar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
STni sul`fat kislotada va vodorod peroksid ishtirokida parchalash yo‘li bilan magniy oksidi va suyuq o‘g‘itlar olish texnologiyasi "Elektrokimyozavod" QK-AJning “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan ("Elektrokimyozavod" QK-AJning 2025 yil 30 iyuldagi 81-son ma’lumotnomasi). Natijada, import qilinayotgan magnezit va brusitni mahalliy xomashyodan olingan magniy oksidiga va qishloq xo‘jaligini suyuq o‘g‘it bilan ta’minlash imkonini beradi;
STni peroksid vodorodi ishtirokida sul`fat kislota bilan parchalash mahsuloti kremnezemli qoldig‘idan kremniy dioksidi - oq qurum  olish texnologiyasi "Elektrokimyozavod" QK-AJning “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan ("Elektrokimyozavod" QK-AJning 2025 yil 30 iyuldagi 81-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyoni qayta ishlashni ikkilamchi mahsulotidan import qilinadigan oq qurum olish  imkonini beradi;
STning xlorid kislotali parchalanish mahsuloti tuzlari suyuqlanmasi asosida elektroliz yo‘li bilan magniy metalini olish texnologiyasi "Elektrokimyozavod" QK-AJning “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan ("Elektrokimyozavod" QK-AJning 2025 yil 30 iyuldagi 81-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyodan import qilinayotgan magniy metali olish imkonini beradi;
ST xom ashyosini uch bosqichli maydalash jarayonini “FIX ALBUS” O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasining “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (FIX ALBUS” O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi 2025 yil 15-avgustdagi 22-son ma’lumotnomasi). Natijada, maydalash jarayonini amalga oshirish uchun sarflanadigan vaqt har bir tonna uchun 12 minutga va energiya sarfi 17 % ga qirqartirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish