Tojiqulov Muxtorbek Egamberdi o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Alyuminiy-magniy saqlovchi gibrid ftalosianin birikmalar asosida lok-bo‘yoq materiallar uchun pigmentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5841.
Ilmiy rahbar: Fayziev Jahongir Bahromovich, texnika fanlari falsafa doktori, katta ilmiy hodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Yodgorov Normuhammad,  kimyo fanlari doktori, professor; Sottiqulov Elyor  Sotimboevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: alyuminiy va magniy konsentratsiyasini maqsadli o’zgartirish orqali turli rangdagi ftalosianin pigmentlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ftal angidrid, karbamid va katalizatorlar ishtirokida alyuminiy va magniy metall ionlarini maqsadli o‘zgartirish orqali ya’ni ularning nisbatlari 1:1, 1:2, 1:3 va 1:4 bo‘lganda turli rangdagi yangi ftalosianin komplekslarini sintez qilish usullari ishlab chiqilgan;
GOST-6220-76 talablariga mos pigmentlar olishda sintez qilingan alyuminiy va alyuminiy-magniy saqlovchi ftalotsianinlarning 90 % li sulfat kislotada eritilishi va 20 % li natriy karbonat eritmasida neytrallanishi optimal ekanligi aniqlangan;
PF-115 emallari tayyorlashda alyuminiy-magniy saqlovchi ftalosianin pigmentlaridan foydalanish usullari ishlab chiqilgan va tadqiqot natijalariga ko‘ra, 100 kg emal tarkibi uchun 5,6 kg pigment optimal miqdor ekanligi aniqlangan.
GOST 6465-76 talablari bo‘yicha tayyorlangan PF-115 emallarning antikorrozion, statik hamda dinamik mustahkamlik xossalari yuqori natijalar namoyon qilishi alyuminiy va alyuminiy-magniy saqlovchi ftalosianin pigmentlariga bog‘liqligi aniqlangan;
tarkibida alyuminiy va alyuminiy-magniy saqlovchi yangi ftalosianin pigmentlarini olishning iqtisodiy samarador va ekologik toza texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarkibida alyuminiy va alyuminiy-magniy saqlovchi yangi ftalosianin pigmentlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
alyuminiy va alyuminiy-magniy saqlovchi ftalosianin pigmentlarini olish texnologiyasi Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti va “SOF PAINS” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi” ning 2025 yil 16 iyundagi 02/15-1963-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi yuqori sifatli 5 xil rangdagi ftalosianin pigmentlarini mahalliy mahsulot sifatida qo‘llash imkonini bergan;
sintez qilingan alyuminiy va alyuminiy-magniy saqlovchi ftalosianin pigmentlar asosida PF-115 turdagi turli rangdagi emallar tayyorlash texnologiyasi “SOF PAINS” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi” ning 2025 yil 16 iyundagi 02/15-1963-son ma’lumotnomasi). Natijada, alyuminiy-magniy saqlovchi ftalosianin pigmentlarini qo‘llash emal tarkibidagi pigment miqdorini 10 dan 5,6 kg ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish