Sharopov Ramziddin Najmiddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lalmi erlardan samarali foydalanishni tashkil etishning nazariy va uslubiy asoslari”, 06.01.10 – Er tuzish, kadastr va er monitoringi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Qx258
Ilmiy maslahatchi: Turaev Ruhiddin Amirqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Babajanov Allabergan Ruzimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Isashov Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Nodirjon Yulchievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Lalmi erlardan samarali foydalanishni tashkil etishning nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lalmi erlar monitoringini miqdoriy va sifat jihatdan yuritish metodologiyasi zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirilgan;
lalmi ekin erlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ilmiy asoslangan holda almashlab ekish tizimini joriy qilish sxemasi ishlab chiqilgan;
lalmi erlardan samarali foydalanishni tashkil etishda lalmi maydonlarning iqlim ko‘rsatkichlari, rel’efi hamda kompleks ma’lumotlar olish imkonini beruvchi “3D Laer” dasturi ishlab chiqilgan va uni lalmi erlardan foydalanishdagi samaradorligi ilmiy asoslangan;
lalmi erlardan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini samarali joylashtirishda “ekinlarni joylashtirish, an’anaviy monitoring, kosmosurat (Sentinel2) ma’lumotlari, UUA (Kartografik dron Hover1), ArcGIS dasturi va “3D Laer”” bajarilish ketma-ketligi asoslangan hamda lalmi erlar monitoringi usuli takomillashtirilgan;
lalmi erlarda hududning uch o‘lchamli (3D) modelini tuzish orqali qishloq xo‘jaligida er hisobini yuritish mexanizmi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lalmi erlardan foydalanishni tashkil etishning nazariy va uslubiy asoslari bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan ilmiy natijalar asosida:
Qishloq xo‘jalik lalmi er maydonlarini yo‘qlamadan o‘tkazishning takomillashgan usuli ishlab chiqilgan va Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 28-avgustdagi 05/05-04-505-son ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashgan uslubiyat respublikaning lalmi erlari monitoringini yuritishda, er hisobi ma’lumotlarini tartibga solishda, ulardan samarali va oqilona foydalanishda uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
Lalmi ekin erlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ilmiy asoslangan holda almashlab ekish tizimini joriy qilish sxemasi ishlab chiqilgan va “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida 2024-yilgi “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasiga qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida berilgan taklif qabul qilinib davlat dasturiga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 28-avgustdagi 05/05-04-505-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmonining 7-ilovasida 54-maqsad: Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish qismida almashlab ekish tizimini joriy etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar keltirib o‘tilgan.
Lalmi er hisobi ma’lumotlarini shakllantirish imkonini beradigan “3D Laer” dasturi yaratilgan va “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 28-avgustdagi 05/05-04-505-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturiy ta’minot orqali viloyat, tuman hamda massivlar kesimida erdan foydalanuvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar, er turi, maydoni, hududning fazoviy koordinata ma’lumotlari, real vaqt holatidagi lalmi erlar bo‘yicha qatlamlar ketma-ketligi kesimida ma’lumotlar olishga, shuningdek lalmi erlardan samarali foydalanish va boshqarish imkoniyati yaratilgan. Lalmi erlar monitoringi bo‘yicha ishlab chiqilgan monografiya respublikadagi mavjud lalmi erlar monitoringini yuritish, ushbu erlarni barqaror boshqarish, er hisobini aniq va haqqoniy yuritishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot bo‘lib xizmat qilgan.
Lalmi ekin erlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ilmiy asoslangan holda almashlab ekish tizimini joriy qilish sxemasi ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 28-avgustdagi 05/05-04-505-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu sxema erdan foydalanuvchilar uchun ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimlarini ishlab chiqish, erlardan maqsadiga ko‘ra oqilona va samarali foydalanish ta’minlanadi, hosildorlik ko‘tariladi va er unumdorligi oshishiga zamin yaratilgan.