Rustamov Atxam Axmatovichning
Fan doktori (DSs)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Homoptera bioekologiyasi, sabzavot agrobiotsenozida so‘ruvchi zararkunandalar sonini boshqarish usullari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Qx316.
Ilmiy maslahatchi: Anorbaev Azimjon Raimqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Bahodir Ro‘zimboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Shamuratova Nagima Genjemuratovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mamatov Kamol Shavqievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sabzavot agrobiotsenozida uchraydigan Homoptera turkumi vakillari bioekologiyasi, tarqalishi va DNK identifikasiyalash va tadqiq etish. Ularning populyasiya sonini boshqarishda, entomofaglar o‘rnini baholash. Sabzavot agrobiotsenozida uchraydigan so‘ruvchi zararkunandalar sonini boshqarishda entomofaglar, mikrobiopreparatlar va insektisidlarni uyg‘unlashgan qarshi kurash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sabzavot agrobiotsenozida Homoptera turkumi vakillarining so‘ruvchi zararkunandalarning quyidagi Aleurodinea va Aphidinea kenja turkumlari hamda Cicadellidae va Cixiidae oila vakillarining 33 ta turlari turli darajalarda uchrashi, tarqalish areallari, ekin turlari bo‘yicha fitofaglik xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari, turli populyasiyalari zichligi aniqlangan;
sabzavot agrobiotsenozida uchraydigan Aphididae oilasiga mansub 15 ta turdagi o‘simlik shiralari sabzavot va boshqa turdagi ekinlardagi ozuqa zanjiri aniqlangan;
ilk bor sabzavot agrobiotsenozida uchraydigan Aphididae oilasiga mansub, morfologik jihatdan bir-biriga yaqin Aphis gossypii va Aphis craccivora turlarning DNK identifikasiyalangan;
sabzavot agrobiotsenozida so‘ruvchi zararkunandalarning quyidagi Chrysopidae oilasiga mansub 22 ta, Syrphidae oilasiga mansub 8 ta va Aphidiidae oilasiga mansub 11 ta entomofag turlari turli darajalarda uchrashi aniqlangan;
oqqanot zararkunandasining Encarsia farmosa parazit entomofagini laboratoriya sharoitida ko‘paytirish, saqlash va qo‘llash texnologiyalari ishlab chiqilgan;
shira zararkunandasining yirtqich entomofaglaridan Scaeva pyrastri turini biolaboratoriya sharoitida ko‘paytirish, saqlash va qo‘llash texnologiyalari ishlab chiqilgan;
sabzavot agrobiotsenozda so‘ruvchi zararkunandalarni sonini boshqarishda qo‘llaniladigan yirtqich entomofag Chrysopa carnea turini laboratoriyalarda ko‘paytirish takomillashtirilgan va zararkunandalarga qarshi samaradorligi aniqlangan;
sabzavot agrobiotsenozida so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimi ishlab chiqilgan, xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligini aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Homoptera bioekologiyasi, sabzavot agrobiotsenozida so‘ruvchi zararkunandalar sonini boshqarish usullari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
sabzavot ekinlari etishtiradigan fermer xo‘jaliklar uchun “Sabzavot agrobiotsenozida Aphididae bioekologiyasi va ularga qarshi kurash choralari” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 10 maydagi 05/06-04-230-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma sabzavot ekinlarini etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
molekulyar identifikasiya qilingan A.gossypi va A.craccivora turlari farqining natijalari xalqaro “Insect Genbank” platformasiga joylashtirilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 10 maydagi 05/06-04-230-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ikki turning aniq molekulyar identifikasiyalagan ma’lumotlaridan butun jahondagi sohaga oid talabalar, izlanuvchilar va mutaxassislar tomonidan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
oltinko‘z entomofagi Chrysopa carnea turini laboratoriyalarda ko‘paytirishda yaratilgan, nomli innovasion liniyalarini Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi “Sardoba universal klasteri MChJ” ga hamda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi “Temur” fermer xo‘jaligida 100 gektarda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 10 maydagi 05/06-04-230-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oltinko‘z entomofagini nafaqat biolaboratoriyada balki klaster, fermer xo‘jaliklari ham entomofaglarni sifatli ko‘paytirish imkoniyati yaratilgan;
pomidor ekiniga zarar keltirayotgan shira, oqqanot va sikada kabi so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi innovasion liniyasida ko‘paytirilgan Chrysopa carnea turi imagosini gullash, shonalash va meva tugish davrlarida, hamda karam ekinidagi shira, oqqanot va sikada zararkunandalariga qarshi vigitativ davrida qo‘llash Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi “Sardoba universal klasteri MChJ” ning pomidor va karam ekinlari maydonda jami 37 gektarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 10 maydagi 05/06-04-230-sonli ma’lumotnomasi). Natijada shira, oqqanot va sikada kabi so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi 86,8% biologik samaradorlikka erishilgan;
pomidor ekiniga zarar keltirayotgan shira so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi, biolaboratoriyada ko‘paytirilgan Syrphidae oilasiga mansub yirtqich entomofaglardan Scaeva pyrastri turini o‘suv davrida qo‘llash Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi “Sardoba universal klasteri MChJ” ning pomidor va karam ekinlarining jami 42 gektar hamda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi “Temur” fermer xo‘jaligi sabzavot ekin maydonlarida jami 20,3 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 10 maydagi 05/06-04-230-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Aphididae oilasi vakillari zararkunandalariga qarshi qo‘llash orqali 88,4 % biologik samaradorlikka erishilgan;
karam ekinida oqqanot zararkunandasini sonini boshqarishda biolaboratoriyalarda ko‘paytirilgan enkarziya entomofagini qo‘llash Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi “Sardoba universal klasteri MChJ” ning pomidor va karam ekinlarida jami 59 gektar hamda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi “Temur” fermer xo‘jaligi sabzavot ekin maydonlarida jami 26 gektarda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 10 maydagi 05/06-04-230-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oqqanot zararkunandasiga qarshi enkarziya entomofagini 1:5 nisbatlarda qo‘llanilganda 21-kuni 83,4 % biologik samaradorlikka erishilgan;
sabzavot agrobiotsenozida so‘ruvchi zararkunandalar sonini boshqarishda, insektisidlar va entomofaglarni integrasiya qilish tizimini qo‘llash Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi “Sardoba universal klasteri MChJ” ning pomidor va karam ekinlarining jami 100 gektar hamda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi “Temur” fermer xo‘jaligi sabzavot ekin maydonlarida jami 34 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 10 maydagi 05/06-04-230-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Aleksandr 15% sus.k., Avaunt 15% sus.k., kimyoviy preparatlari bilan yirtqich entomofaglarni integrasiya qilib pomidorda 87,6%, baqlajonda 88,5%, karamda 86,7%, piyozda 86,4%, qalampir ekinida esa 83,8% biologik samaradorlikga erishilgan va qo‘shimcha 6,8-9,0 sentner hosil saqlab qolingan.