Djabborov Jamoliddin Sirojiddinovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fizikaviy mutagen So60 ta’sirida tola chiqimi va sifati yuqori, viltga bardoshli g‘o‘za navini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx702.
Ilmiy rahbar: Axmedov Djamalxon Xodjaxanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: g‘o‘zning “SP-2532” navi (NAP 471).
II. Tadqiqotning maqsadi Co60 gamma nuri bilan turli me’yorlarda nurlantirib olingan mutant shakllar asosida g‘o‘zaning ertapishar, yuqori mahsuldor, tola chiqimi hamda sifati yuqori, vilt kasalligiga bardoshli bo‘lgan boshlang‘ich ashyolari va navini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
M2 avlodlarda mutagenlarni ta’sir me’yori tola chiqimi belgisi bo‘yicha 38,0% va undan yuqori bo‘lgan o‘simliklar aniqlanib, M2 Buxoro-102 navida Co60 15 kr variantda 10 ta o‘simlik (16,6%), M2 Jarqo‘rg‘on navida Co60 5 kr variantda 10 ta o‘simlik (18,6%), Co60 15 kr variantda 7 ta o‘simlik (12,7%) va M2 S-9082 navida Co60 15 kr variantda 10 ta o‘simlik (18,9%) ajralib chiqqanligi va ularda ijobiy mutagenez sodir bo‘lganligi aniqlangan;
G.hirsutum L. turiga mansub g‘o‘za navlarini Co60 bilan turli me’yorlarda nurlantirilgan M3 avlod hamda nazorat variantlari oilalarida tola uzunligi belgisiga mutagenlarning ta’siri turlicha bo‘lib, Buxoro-102 navida 10 kr, Turon navida 15 kr, Jarqo‘rg‘on navida 5 kr va S-9082 navida 15 kr doza tola uzunligi belgisiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
o‘rganilgan MT-10, MT-7 va MT-90 tizmalarida mutagenning 5 kr dozasida ota-ona shakllar genotipidagi V.dahlia Kleb. viltiga bardoshlilikni yuzaga chiqarishi va bu maqbul doza ekanligi isbotlangan;
mutagenez usulini qo‘llash asosida yakka tanlash va yuqori avlod mutant duragaylarini o‘rganish orqali morfologik, xo‘jalik va navdorlik belgilari bo‘yicha andoza navidan ustun bo‘lgan o‘rta tolali g‘o‘zaning yangi SP-2532 navi yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi tomonidan yangiligi tasdiqlangan holda NAR 471 raqamli patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fizikaviy mutagen Co60 ta’sirida tola chiqimi va sifati yuqori, viltga bardoshli g‘o‘za navini yaratish mavzusida olib borilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijasida:
g‘o‘zaning G.hirsitum L. turiga mansub yangi yaratilgan “SP-2532” g‘o‘za navi 2022-2024 yillar davomida Sirdaryo ilmiy tajriba stansiyasining o‘rta darajada sho‘rlangan tuproq sharoitida 2,0 gektar maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025-yil 11 noyabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-496-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tolasi IV tipga xos, tezpisharligi 114-116 kun, bir ko‘sak paxta vazni 6,0-6,3 g, tola chiqimi 38,7-39,5%, mikroneyri 4,3-4,4, tola uzunligi 1,33 dyuym, umumiy hosildorligi 38,5-41,2 s/ga ni tashkil etib, andoza navga nisbatan gektaridan o‘rtacha 5,5-7,0 sentnergacha yuqori hosil olish imkonini bergan;
“SP-2532” g‘o‘za navi 2024 yilda Andijon ilmiy tajriba stansiyasiga qarashli 2,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025-yil 11 noyabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-496-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu navning o‘suv davri 115-118 kun, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 6,0-6,3 g, tola chiqimi 38,7-39,7 %, mikroneyri 4,3-4,4, tola uzunligi 1,22 dyuym, umumiy hosildorligi 37,2-40,0 s/ga ni tashkil etib, nazoratga nisbatan gektaridan o‘rtacha 5,0-7,2 sentner yuqori hosil olishga erishilgan;
“SP-2532” navining urug‘lari 2025 yilda PSUYaITIning Oqqo‘rg‘on ilmiy tajriba stansiyasiga qarashli 1,0 gektar hamda “Kamolbek Ulug‘bek Kamronbek” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar urug‘ ko‘paytirish maqsadida ekib joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025-yil 11 noyabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-496-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “SP-2532” g‘o‘za navining bir dona ko‘sak vazni 5,7-6,1 gramm, tola chiqimi 38,3-39,5% va mikroneyri 4,2-4,3, ip yigiruvchanlik koeffisienti 158, tola uzunligi 1,20 dyuymga teng bo‘lib, tolasi IV tipga mansubligi tasdiqlangan va andoza navlarga nisbatan gektaridan o‘rtacha 4,5-6,0 sentnergacha yuqori urug‘ hosili olish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan seleksiya yutug‘i bo‘lgan “SP-2532” g‘o‘za naviga 2024 yilda NAP 471 raqamli patent olingan va mazkur navdan tadqiqotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025-yil 11 noyabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-496-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za navlari genofondi tola chiqimi va sifati yuqori bo‘lgan, vertisillez viltiga bardoshli bo‘lgan yangi nav bilan boyitilgan.