Yoqubov Jasur Ashuralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi rapsning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish muddatlari hamda me’yorlarini ta’siri (Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx668.
Ilmiy rahbar: Karimov Sharofiddin Abdukarimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01. 
Rasmiy opponentlar:Tellyaev Rixsivoy Shamaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bozorov Xolmurod Maxmudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi raps Yasna navining maqbul  ekish muddat va me’yorlarini aniqlash orqali o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va yuqori sifatli urug‘ hosili etishtirish hamda  ishlab chiqarishga tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi rapsning Yasna navidan yuqori va sifatli urug‘ hosili etishtirishda maqbul ekish muddat va me’yorlari ishlab chiqilgan; 
kuzgi rapsning Yasna navini sentyabr oyining 3 dekadasida gektariga 1,0-1,5 mln.dona urug‘ ekilganda, 3,0 mln.dona ekilganga nisbatan 16-19 kun ertaroq, ekish muddati 10 kun kechiktirilganga nisbatan 7-12 kunga, 20 kun kech ekilganga nisbatan esa 15-20 kun ertaroq pishib etilishi aniqlangan;
gektariga 1,5 mln.dona urug‘ ekilganda rapsning o‘sishi-rivojlanishi va quzoqchalarning shakllanishiga, quruq massasi, barg yuzasi, fotosintez mahsuldorligiga, rapsning hosildorligi va urug‘laring kimyoviy tarkibiga ijobiy ta’siri aniqlangan;
tajribada eng yuqori iqtisodiy samaradorlik ekish muddatlari sentyabr oyining 3 dekadasida gektariga 1,5 mln.dona ekilgan variantlarda aniqlanib,  sof foyda 8187352 so‘m/ga.ni, rentabellik darajasi esa 83,9% ni tashkil etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi raps Yasna navining ekish muddatlari va me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar natijalari asosida: 
“Toshkent viloyati tipik bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi rapsni etishtirish” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzirudagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024 yil 11 oktyabridagi №05/04-04/489-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda;
kuzgi rapsning “Yasna” navini sentyabr oyining 3 dekadasi (21-24.09) da gektariga 1,5 mln.dona urug‘ ekishni qo‘llash  yuzasidan Toshkent viloyatining Bekobod tumanida “UMK Chorva” MChJ 7 ga, “Istiqlol” f/x 3 ga, jami 10 ga. maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurudagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024 yil 11 oktyabridagi №05/04-04/489-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi raps Yasna navining har gektaridan 29,0 sentner urug‘ hosili yig‘ib olinib, ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olinganida, har gektar erdan 6 260 852 so‘m sof foyda keltirgan va rentabellik darajasi 64,6 foizga teng bo‘lgan;
xuddi shu tartibda, Piskent tumani “Yorqin” MChJ 5 ga, “Jamshid” f/x 2 ga va viloyat bo‘yicha jami 7 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzirudagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2022 yil 11 oktyabridagi №05/04-04/489-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi raps Yasna navining har gektaridan o‘rtacha 30,1 sentner urug‘ hosili yig‘ib olingan. Ishlab chiqarish xarajatlari inobatga olinganda, har gektardan 6 865 852 so‘m sof foyda olinib, rentabellik darajasi 70,8 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish