Qarshiev Nurmuhammad Olimjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyo davlatlarida siyosiy partiyalar mafkuralari shakllanishi va rivojlanishining umumiyligi hamda o‘ziga xos xususiyatlari”, 23.00.03 – Siyosiy madaniyat va mafkura.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ss.94.
Ilmiy maslahatchi: Bo‘taev Usmonjon Xayrullaevich siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich siyosiy fanlar doktori, professor; Nazarov Nasriddin Ataqulovich siyosiy fanlar doktori, professor; Alimardonov To‘lqin Turdievich siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: siyosiy partiya mafkuralarining shakllanishi va rivojlanishining umumiyligi va o‘ziga xos xususiyatlarini Markaziy Osiyo davlatlari misolida o‘rganish asnosida O‘zbekistonda siyosiy partiyalar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashda “partiyaviy diplomatiya” munosabatlari mexanizmi sifatida partiyalararo muloqot formatini rivojlantirish O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishi hamda “Demokratiya indeksi”, “Qonun ustuvorligi indeksi”, “Korrupsiyani nazorat qilish indeksi”da o‘rnini oshishiga xizmat qilishi ochib berilgan;
mintaqa mamlakatlarining nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni jadal rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan xavfsizlik tizimining subektiv (inson, jamiyat, davlat) va obektiv (xalqaro munosabatlar) institutsional tuzilmasini ichki va tashqi tahdidlardan samarali muhofaza qilish va barqaror taraqqiyotini ta’minlashning muhim asosi bo‘lgan davlat organlari, tashkilotlar faoliyatiga hamda yoshlar ma’naviy kamolatiga tahdid qiluvchi ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy, harbiy, diniy ko‘rinishdagi madaniy-mafkuraviy hujumlardan samarali himoya qilishga bog‘liqligi ochib berilgan;
Markaziy Osiyo mamlakatlarining nodavlat sektorlarini birlashtirishning g‘oyaviy, mafkuraviy va institutsional-tashkiliy mexanizmlarini uyg‘unlashtirish hamda ushbu jarayonlarning umumiy mintaqaviy manfaatlar bilan tuzilmaviy bog‘liqligi siyosiy partiyalarning mafkuraviy faoliyati, siyosiy madaniyatni shakllantirishdagi o‘rni va jamiyatning mafkuraviy barqarorligiga ta’siri nuqtai nazaridan ilmiy asosda isbotlab berilgan;
mamlakatimiz fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqada integratsiyaviy jarayonlarni rivojlantirishiga salbiy ta’sir etuvchi omillarlarni barataraf etish borasidagi mintaqaviy, fundamental, tashqi xalqaro aktorlarning ijtimoiy integratsiyaga zid mezonlar ekanligi asoslangan;
siyosiy partiyalarning ijtimoiy hayotning barcha sohalariga qaratilgan milliy rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda umumiy safarbarlikni va ishonchliligini ta’minlash, mintaqaviy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar bilan samarali elektron muloqotida hushyorlik va ogoh bo‘lishga qaratilgan mafkuraviy xavfsizlikni priventiv vosita sifatida ta’minlash davlat va jamiyat o‘rtasidagi yuqori legitimlik darajasiga xizmat qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Osiyo davlatlarida siyosiy partiyalar mafkuralari shakllanishi va rivojlanishining umumiyligi hamda o‘ziga xos xususiyatlari mavzusidagi olib borilgan tadqiqotning natijalari va xulosalari asosida:
Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashda “partiyaviy diplomatiya” munosabatlari mexanizmi sifatida partiyalararo muloqot formatini rivojlantirish, O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishi hamda “Demokratiya indeksi”, “Qonun ustuvorligi indeksi”, “Korrupsiyani nazorat qilish indeksi”da o‘rnini oshishiga xizmat qilishi ochib berilganligi xususidagi ilmiy yangiligi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ish faoliyatida foydalanildi. Xususan, tadqiqot ishidagi siyosiy tahlil, xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining tadbirlarini o‘tkazish hamda saylovoldi dasturlarini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2024–yil 11-iyuldagi 3-267-sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar, xususan, partiyaning mafkuraviy yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirishda partiyalararo muloqot formatini rivojlantirish muhim omil sifatida xizmat qilgan;
mintaqa mamlakatlarining nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni jadal rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan xavfsizlik tizimining subektiv (inson, jamiyat, davlat) va obektiv (xalqaro munosabatlar) institutsional tuzilmasini ichki va tashqi tahdidlardan samarali muhofaza qilish va barqaror taraqqiyotini ta’minlashning muhim asosi bo‘lgan davlat organlari, tashkilotlar faoliyatiga hamda yoshlar ma’naviy kamolatiga tahdid qiluvchi ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy, harbiy, diniy ko‘rinishdagi madaniy-mafkuraviy hujumlardan samarali himoya qilishga bog‘liqligi ochib berilgan. Ilmiy ishning umumiy mazmun – mohiyati O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturidagi “V. Tashqi siyosat, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar” va “VI. Ma’naviy – ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar”da keltirilgan vazifalarga mos keladi. Dissertatsiya ishida keltirilgan taklif va tavsiyalardan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida partiya tizimidagi xodimlarning siyosiy – huquqiy, ma’naviy – ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv – uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanildi (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024–yil 20-maydagi 02/02-30-sonli dalolatnomasi). Natijada, mazkur siyosiy partiyaning mafkuraviy himoyalanganlik darajasini takomillashtirishda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo mamlakatlarining nodavlat sektorlarini birlashtirishning g‘oyaviy, mafkuraviy va institutsional-tashkiliy mexanizmlarini uyg‘unlashtirish hamda ushbu jarayonlarning umumiy mintaqaviy manfaatlar bilan tuzilmaviy bog‘liqligi siyosiy partiyalarning mafkuraviy faoliyati, siyosiy madaniyatni shakllantirishdagi o‘rni va jamiyatning mafkuraviy barqarorligiga ta’siri nuqtai nazaridan ilmiy asosda isbotlab berilganligi to‘g‘risidagi ilmiy yangiligi radioeshittirishlar (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM “Madaniy – ma’rifiy va badiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlarining 2023-yil dekabr, 2024-yil may oylaridagi sonlari senariysida tadqiqot yuzasidan suhbatlar bo‘lib o‘tdi.) davomida asoslab berildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali” Davlat Muasasasining 2024-yil, 20-maydagi №0436-659-sonli dalolatnomasi). Natijada, mazkur teleradiokompaniya tomonidan omma uchun tayyorlangan materiallar mazmunini mukammal va ilmiy dalillarga boy bo‘lishida, mintaqa mamlakatlari siyosiy partiyalarining hamkorligi kengaytirish, ularning umumiy manfaatlarini o‘rganish hamda ularning tuzulmaviy bog‘liqligini aniqlashga xizmat qilgan;
mamlakatimiz fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqada integratsiyaviy jarayonlarni rivojlantirishiga salbiy ta’sir etuvchi omillarlarni barataraf etish borasidagi mintaqaviy, fundamental, tashqi xalqaro aktorlarning ijtimoiy integratsiyaga zid mezonlar ekanligi asoslanganligi to‘g‘risidagi ilmiy yangiligi O‘zbekiston Ekologik partiyasining saylovoldi dasturlarini ishlab chiqishda hamda uning tadbirlarini o‘tkazishda foydalanildi (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2025–yil 12-martdagi 02/75-sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif, tavsiya va xulosalar partiyaning mafkuraviy yo‘nalishdagi faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
siyosiy partiyalarning ijtimoiy hayotning barcha sohalariga qaratilgan milliy rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda umumiy safarbarlikni va ishonchliligini ta’minlash, mintaqaviy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar bilan samarali elektron muloqotida xushyorlik va ogoh bo‘lishga qaratilgan mafkuraviy xavfsizlikni priventiv vosita sifatida ta’minlash davlat va jamiyat o‘rtasidagi yuqori legitimlik darajasiga xizmat qilishi to‘g‘risidagi ilmiy yangiligi qo‘mita faoliyati uchun samarali deb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2024-yil 14-fevraldagi 4035 – VI – sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2024 yilga mo‘ljallangan ish rejasi”ning 16-bandi (Qo‘mita a’zolari tomonidan o‘z saylov okruglarida O‘zbekiston 2030-yil strategiyasining 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturining mazmun – mohiyatini keng targ‘ibot qilish ishlarini tashkil qilish)ni ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2024–yil 27-maydagi 04/3-12-16 – sonli dalolatnomasi). Natijada, tadqiqot natijalaridan foydalanilishi qo‘mita a’zolarining o‘z saylovchilari bilan samarali muloqot olib borishlariga hamda davlat va jamiyat o‘rtasidagi yuqori legitimlik darajasini ta’minlashga xizmat qilishiga erishildi.