Yusupova Madina Abduvarisovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi sharoitida tijorat banklari xodimlari mehnatini tashkil etishni takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt6269
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01 
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaeva Dilafruz Xamraevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi sharoitida tijorat banklari xodimlari mehnatini tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli transformatsiya sharoitida bank xodimlari mehnatini tashkil etishning konseptual yondashuvi hamkorlik tarmoq shakllaridan ustuvor foydalanish, ish jarayoni optimalligini sun'iy intellektga ko‘ra loyihalash va yuksak texnologiyalar integratsiyasi modeliga asosan personal boshqaruvini amalga oshirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
motivatsiya va mukofotlash tizimi raqamli texnologiyalar xususiyatiga ko‘ra odatiy vazifalarni ustuvor avtomatlashtirish, aksariyat bulutli texnologiyalarga ko‘ra AKT vositalarini virtualizatsiya qilishning infratuzilma va kiberxavfsizlik xarajatlarini kamaytirish, tranzaksiyalar xavfsizligini oshirish va firibgarlikning oldini olish kabilarga ko‘ra takomillashtirilgan;
mehnat jarayonini raqamlashtirish va xodimlarning ijtimoiy himoyalanganligi o‘rtasidagi muvozanati yondashuvi innovatsiyalarni joriy qilish sharoitida uzlyuksiz ta'lim va xodimlarni qayta tayyorlash dasturlarini joriy etish, shu asosida xodimlarni kasbiy rivojlantirish va mehnat bozorida ularning barqarorligini ta'minlashga ko‘ra takomillashtirilgan;
ish jarayonini tahlil qilish usullari katta ma’lumotlar va tahliliy vositalardan foydalanishga ko‘ra qiyinchiliklarni aniqlash, ish bilan ta'minlashning moslashuvchan shaklini joriy qilish, xodimlarning martaba harakatchanligini boshqarish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi sharoitida tijorat banklari xodimlari mehnatini tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
raqamli transformatsiya sharoitida bank xodimlari mehnatini tashkil etishning konseptual yondashuvi hamkorlik tarmoq shakllaridan ustuvor foydalanish, ish jarayoni optimalligini sun'iy intellektga ko‘ra loyihalash va yuksak texnologiyalar integratsiyasi modeliga asosan personal boshqaruvini amalga oshishga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son “O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish bo‘yicha 2020–2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 
1-ilovasi 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Kapital bankning 2024-yil 19-dekabrdagi I-07-7718/P-24-sonli ma’lumotnomasi). Taklif mehnat unumdorligini 18,0–25,0%ga oshishi, mijozlar so‘rovlarini ko‘rib chiqish muddatini 30,0%ga qisqarish, moslashuvchan mehnat tartibini joriy etish hisobiga xodimlarning qoniqish darajasini 15,0% ga oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
motivatsiya va mukofotlash tizimi raqamli texnologiyalar xususiyatiga ko‘ra odatiy vazifalarni ustuvor avtomatlashtirish, aksariyat bulutli texnologiyalarga ko‘ra AKT vositalarini virtualizatsiya qilishning infratuzilma va kiberxavfsizlik xarajatlarini kamaytirish, tranzaksiyalar xavfsizligini oshirish va firibgarlikning oldini olish kabilarga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son “2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining 1-ilovasig 1-bandiga kiritilgan (Kapital bankning 2024-yil 19-dekabrdagi I-07-7718/P-24-sonli ma’lumotnomasi). Taklif operatsion xarajatlarni 12,0 foizga kamaytirish, masofaviy xodimlar ulushini 30 foizga oshirish, ofis xarajatlarini 20,0 foizga kamaytirish hamda raqamli iqtisodiyotga moslashtirish motivatsiya tizimlari xodimlarning qoniqish darajasini 22,0 foizga oshirish, kadrlar almashinuvining 15,0 foizga qisqarishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mehnat jarayonini raqamlashtirish va xodimlarning ijtimoiy himoyalanganligi o‘rtasidagi muvozanati yondashuvi innovatsiyalarni joriy qilish sharoitida uzlyuksiz ta'lim va xodimlarni qayta tayyorlash dasturlarini joriy etish, shu asosida xodimlarni kasbiy rivojlantirish va mehnat bozorida ularning barqarorligini ta'minlashga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-109-son “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining “Faktoring xizmatlari ko‘rsatuvchi kredit tashkilotlari xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish” 6-bandidagi Farmoniga kiritilgan (Kapital bankning 2024-yil 19-dekabrdagi I-07-7718/P-24-sonli ma’lumotnomasi). Taklif mehnat sharoitlari o‘zgarishi va raqamli ta'lim platformalariga kirish uchun kompensatsiyani o‘z ichiga olgan ijtimoiy ta'minot tizimidan qoniqish darajasini 18,0 foizga oshirish, kadrlar almashinuvini 12,0 foizga qisqartirish, kasbiy rivojlanish dasturlari xodimlarning 30,0 foiziga yangi lavozimlarga o‘tish va yangi lavozimlarga moslashish uchun o‘rtacha vaqt birligini 25,0 foizga qisqartirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
ish jarayonini tahlil qilish usullari katta ma’lumotlar va tahliliy vositalardan foydalanishga ko‘ra qiyinchiliklarni aniqlash, ish bilan ta'minlashning moslashuvchan shaklini joriy qilish, xodimlarning martaba harakatchanligini boshqarish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi PQ – 34- son “O‘zbekiston Respublikasining Milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2-bobning 1-ilovasida o‘z aksini topgan (Kapitalbankning 2024-yil 19-dekabrdagi I-07-7718/P-24-sonli ma’lumotnomasi). Taklif ichki kadrlar harakati natijasi 35,0 foizga o‘sishi, kadrlar almashinuvining 20,0 foizga kamayishi, xodimlarning raqamli vositalardan foydalanish samaradorligini 50,0 foizga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish