Abduraxmonov Rustam Baxromdjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olishda gender identiklik omilining falsafiy-antropologik tahlili”
09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4PhD/Fal1129
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/28.08.2024.F.05.08. raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Siddiqov Ilyosjon Baxromjonovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Qambarov Abdumutal Axadjonovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor. Abdullaev Akmal Nasriddinovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olishda identiklikning falsafiy antropologik jihatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilaviy zo‘ravonlikning ijtimoiy-ma’naviy mohiyatiga doir konseptual qarashlar asosida maishiy zo‘ravonliklarni oldini oluvchi (sog‘lom muhit, o‘zaro hurmat va ruhiy salomatlik) yondashuvlar asoslangan;
“oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olishda gender identiklik omilining falsafiy-antropologik tahlili” fenomeni hamda maishiy zo‘ravonlik (qiynoqqa solish, yakkalab qo‘yish, irodaga qarshi harakat qilishga majburlash yoki undash, ushlab turish)larni oldini olishning aksiologik xususiyatlari tizimli-funksional tamoyil asosida ochib berilgan;
oilaviy zo‘ravonlikni oldini olishda identenlikning zo‘ravonlik va kamsitishlarga qarshi gender identiklikka bog‘liq bo‘lgan xorijiy tajriba va milliy tajribaning ijtimoiy integrallashuvi (yangilanish va yangilanayotgan qadriyatlarni jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga qoʻshilishi) ochib berilgan;
ijtimoiy stereotiplar va oilaviy qadriyatlarni qayta baholash asosida oilaviy zo‘ravonliklarga qarshi kurashish zo‘ravonlikni oqlovchi turli ijtimoiy stereotip (murosasizlik muhitini yaratish)larga daxldorligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olishda gender identiklik omilining falsafiy-antropologik tahlili bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
“oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olishda gender identiklik omilining falsafiy-antropologik tahlili” fenomeni hamda maishiy zo‘ravonlik(qiynoqqa solish, yakkalab qo‘yish, irodaga qarshi harakat qilishga majburlash yoki undash, ushlab turish, zo‘rlash, tegajog‘lik qilish, tahqirlash va xo‘rlash)larni oldini olishningning gnoseologik, aksiologik va antropologik xususiyatlarini tizimli-funksional tamoyil asosida ochib berilshga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 1-yarim yillik uchun ish rejasining 74-bandida keltirilgan “Voyaga etmagan qizlar bilan ishlashda “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmi samaradorligini oshirish” bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 9-iyundagi 4-16-21-3173-son Ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olishda gender identiklik omili nazariy asoslash, oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olishda gender identiklikni ta’minlashda ilg‘or xorijiy tajribalardan bugungi kunda ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot faoliyatida foydalanish zaruratini asoslashga xizmat qilgan;
oilaviy zo‘ravonliklarning falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy mohiyatiga doir konseptual qarashlar asosida maishiy zo‘ravonliklarni oldini oluvchi (sog‘lom muhit, o‘zaro hurmat, ruhiy salomatlik va qonun ustuvorligi) va aksincha uni rivojlantiruvchi (nosog‘lom ijtimoiy muhit, destruktiv xulq-atvor, qonunlarning ishlamasligi) omil va yondashuvlarni asoslashga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-64-raqamli “Oilalarga ko‘rsatilayotgan sifatli va tezkor ijtimoiy xizmatlar uchun mobil ilova yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 10-iyundagi 04/11-7252-son Ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olishda gender identiklik ta’minlashning istiqboldagi ustuvor vazifalariga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olish, gender tenglikni ta’minlash, bolalar, xotin-qizlar va qariyalarning ijtimoiy himoya qilish, jamiyatda turli tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishlarga qarshi gender identiklik tarbiyasini shakllantirish orqali jamiyatda ma’naviy barqarorlikni ta’minlashning mexanizmlarini takomillashtirishga doir ilmiy tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2023-2025 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 17-iyundagi 05-09-928-son Ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi oilaviy zo‘ravonliklarni oldini olishda gender identiklik omili nazariy asoslashga xizmat qilgan;
gender identiklik omilini tadqiq etishda o‘zbek xalqining milliy mental xususiyatlarini hisobga olish, jamiyatdagi mavjud odatlar, bolalar, xotin-qizlar va qariyalar uchun eskidan qolib kelayotgan turli cheklovchi qadriyatlarni qayta baholash, maishiy zo‘ravonlikni oqlovchi turli ijtimoiy stereotiplarga murosasizlik muhitini yaratishni oilaviy zo‘ravonliklarga qarshi kurashishdagi imkoniyatlarini ochib berishga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadiryatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 10-iyundagi 04/11-7257-son Ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi ijtimoiy stereotiplar va oilaviy qadriyatlarni qayta baholash asosida oilaviy zo‘ravonliklarga qarshi kurashning aksiologik-antropologik asoslarini ochib berishga xizmat qilgan.