Xo‘jaev Rasulbek Qadamboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mahalliy xomashyodan “Djinsi” to‘qimasini  yangi assortimentini ishlab chiqarish texnologiyasini  takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4924
Ilmiy rahbar: Kadirova Dilfuza Neymatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor;  Daminov Asror Mahmayusupovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mahalliy tolali xomashyodan foydalangan holda djinsi matosini yangi assortimentini to‘quv dastgohida shakllahtirish jarayonlari texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy  xomashyo tuzilishi va mehanik xususiyatlarini inobatga olgan holda “Djinsi”  to‘qimasini  to‘quv dasgohida xomuza xosil qilish jarayonida tanda iplarining ochilish rejimi, arqoq  zichligini jipslashtirish jarayonlarining texnologiyasi takomillashtirilgan; 
yangi tuzilishli “Djinsi” to‘qimaning tuzilish omillari va iste’mol xususiyatlarini tahlil qilish asosida, xomashyo tarkibi va iplarning ma’lum bikrligiga mos ravishda ip diametri, to‘lqin balandligi, o‘rilish, zichlik va jipslashtirish parametrlarini aniqlab beradigan loyihalash usuli ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyo tarkibi nisbatining egiluvchanligi va deformatsiyaga chidamlilik ko‘rsatkichlariga ta’siri asosida, djinsi matolarning buralish darajasi, tuzilish barqarorligining o‘zgarishini belgilovchi qonuniyatlari aniqlangan;
yangi tuzilishli  “Djinsi” to‘qimaning berilgan iste’mol xususiyatlari  havo             o‘tkazuvchanligi, g‘ijimlanish darajasi va bikrligini ta'minlash uchun to‘quv dastgohida texnologik omillarini muqobil qiymatlari  olingan ko‘p faktorli regression modellarni taxlil qilish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahalliy aralash tolali xomashyodan foydalangan holda djinsi matosini yangi assortimentini to‘quv dastgohida shakllahtirish jarayonlari texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan natijalar asosida:
mahalliy xomashyodan djinsi matosini yangi assortimentini to‘quv dastgohida shakllahtirish jarayonlari takomillashtirilan texnologiyasi Samarqand shahridagi “Afrosiyob Jeans” MChJ va Qoraqolpag‘iston respublikasi Ellik Qala tumanidagi "Boston Mega Tekstil" MChJ korxonalarida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasining 2025-yil 20-avgustdagi №02/25-2031-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyodan “Djinsi” matolarning buralish darajasi va tuzilishiga ta’sir qilish qonuniyatlari asosida loyihalanayotgan “Djinsi” to‘qimasi namunalarida buralish nuqsoni 33% ga kamaydga “Djinsi”  to‘qima namunalarining iste’mol xususiyatlari V namunada havo o‘tkazuvchanligi 29%, bikrligi 60%ga, g‘ijimlanish darajasi 70%ga yahshilashga ershildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish