Tyurin Igor Nikolaevichning
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladugan fan tarmog): “Resurstejamkorlik tamoyillariga asoslangan raqamli loyihalash va kiyim ishlab chiqarishning metodologik asoslari” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari tezniligiyasi va kostum dizayni ” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusini ro‘yxatga  olingan raqam: B2025.1.DSc/T910.
Ilmiy maslahatchi: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsyua bajarilgan muassana: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/04.10.2023.T.174.01.
Rasmiy opponintlat: Rasulova Mastura Kabilovna, texnika fanlari doktori, professor; Rahmatullaeva Marat Alimovich, texnika fanlari doktori, professor; Bikbulatova Albina Axatovna, texnika fanlari doktori, professor, 
Yetakchi tashkilot: Jizzah politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: adaptiv xususiyatlarga ega kiyimni raqamli loyihalash va ishlab chiqarishga asoslangan buyumning funksional transformatsiyasi uning universalligini, isteʼmol qiymatini oshirish hamda ishlab chiqarish va ekspluatatsiya jarayonlaridagi resurs yuklamasini kamaytirishning metodologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
loyihalash va ishlab chiqarish bosqichlarida vaqt va material xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beruvchi raqamli loyihalash metodologiyasi, resurslarni tejovchi texnologiyalar va innovatsion shakl berish yondashuvlarini birlashtirgan holda adaptiv kiyimni raqamli loyihalash va ishlab chiqarishning ilmiy metodologiyasi ishlab chiqilgan;
“adaptiv kiyim” atamasi yangi terminologik birlik sifatida taklif etilib, uning funksional va transformatsiyalanuvchi echimlari, raqamli shakl berish va loyihalash texnologiyalari yordamida amalga oshiriladigan farqlovchi xususiyatlari hamda baholash mezonlari asoslab berilgan;
turli sharoitlarda ekspluatatsiya parametrlarini hisobga oladigan va loyihaviy echimlar shakllanish jarayonini avtomatlashtirishga imkon beruvchi adaptiv kiyimni raqamli loyihalashning formalashtirilgan matematik modeli ishlab chiqilgan;
adaptiv buyumlar uchun loyihaviy echimlarni avtomatlashtirilgan generatsiyasini taʼminlaydigan individual va ekspluatatsion kabi talablarni hisobga oluvchi raqamli loyihalashning parametrik tizim konsepsiyasi taklif etilgan;
tikuv buyumlarning raqamli taqdimot modullarini o‘z ichiga oluvchi virtual va qo‘shimcha real texnologiyalaridan foydalanish imkonini beruvchi adaptiv kiyimni loyihalash va namoyish etish raqamli platformaning arxitekturasi va mantiqiy tuzilmasi ishlab chiqilgan; 
loyihalash aniqligini va qarorlarning real ekspluatatsiya sharoitlariga muvofiqligini oshirish imkonini beruvchi adaptiv kiyimni ekspluatatsiya qilish ssenariylarini shakllantirish va ularning loyihaviy echimlarga ta’sirini o‘rganish usuli ishlab chiqilgan; 
ishlab chiqarish siklida material va vaqt xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish imkonini tasdiqlovchi adaptiv kiyimni raqamli loyihalash va ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini baholash usuli taklif etilgan;
taklif etilgan metodik echimlar asosida yaratilgan buyumlarning ekologik va iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash imkonini beruvchi adaptiv buyumlar uchun hayotiy sikl tahlili (Life Cycle Analysis — LCA) usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Resurs tejash tamoyillariga asoslangan kiyimni raqamli loyihalash va ishlab chiqarishning metodologik asoslarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
badiiy loyihalash, individual va ommaviy ishlab chiqarishda raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda tikuv buyumlarini ishlab chiqarishga foydalanishga mo‘ljallangan materiallarni olish usullariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi davlat muassasasi hamda Rossiya Federatsiyasi Intellektual mulk Federal Hizmati tomonlaridan ixtiroga 2 ta patent olingan (“Elastomer materialini olish usuli” IAP 7753-2023 y., “Polivinilxlorid asosidagi sun'iy charm plyonkali materiallar uchun polimer kompozisiya tarkibi va uni ishlab chiqarish usuli” RU 2840562). Natijada ishlab chiqarilgan tikuv buyumlarining shakl saqlash sifat ko‘rsatgichi oshgan, mustaxkamligi 1,5-2 barobar yuqori bo‘lgan va ishlab chiqarish samaradorligi 25 % ga ko‘tarishga erishilgan;
kiyimni raqamli loyihalash, mahsulotlarni eksperimental modellashtirish, resurs tejovchi va personalizatsiyalashgan echimlarni qo‘llash, kashta, raqamli bosma va dekorativ bezaklardan foydalanishga doir yangi texnologiyalar «Ideal Tekstil-Orzu», «Gildin Ring» va «Namangan paxta Teks» MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan ("O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasining 17.09.2025 yildagi 02/25-2213-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy korxonalarda ichki bozor va eksport uchun sifat ko‘rsatgichlarini yaxshilash, xomashyo sarfini 20% gacha kamaytirishga erishilgan, yuqori funksional xususiyatlarga ega, raqobatbardosh tikuv buyumlarini ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish