Yaxshiboev Siroj Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar abssesslarida kam invaziv davolash usullarini tanlash», 14.00.27- Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3920.
Ilmiy rahbar: Matmurotov Quvondiq Jumaniyozovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Ma’mur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sherbekov Ulug‘bek Axrorovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Akademik V.Voxidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: kombinatsiyalashgan kam invaziv operativ texnologiyalar asosida jigar abssesslarini davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar patologik o‘choqlarining lokalizatsiyasiga qarab selektiv arteriya ichi kateter terapiyasini o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari aniqlangan;
ilk bor jigar abssessi bo‘lgan bemorlarga nisbatan kam invaziv aralashuvlar bilan birgalikda antibakterial preparatni bolyusli yuborish usulining samaradorligi isbotlangan;
jigar abssessi bo‘lgan bemorlarda abssess bo‘shlig‘ini reduksiyasida manfiy bosimning o‘rni hamda superselektiv arteriya ichi kateter terapiyasini o‘tkazishning optimal muddatlari aniqlangan;
jigar yiringli shakllanishlari bilan og‘rigan bemorlarda takomillashtirilgan kombinatsiyalangan kam invaziv usuldan foydalanish operatsiyadan keyingi asoratlarning kamayishiga imkon berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etishi bo‘yicha 2025 yil 22 maydagi 18/36 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik, ilk bor jigar patologik o‘choqlarining lokalizatsiyasiga qarab selektiv arteriya ichi kateter terapiyasini o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jigar o‘choqli kasalliklarida selektiv kateter terapiyasini o‘tkazishda arterial qon bilan ta’minlanishning topografik xususiyatlarini va patologik o‘choqning joylashuvini inobatga olish zarurati aniqlangan. Olingan natijalar ilmiy natijalar Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№126-I sonli buqruq, 8-avgust 2023-yil) va Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasida (1651-10-196-TB/2025-sonli buyruq, 25-aprel 2025-yil) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: kateterning dori vositasini bevosita kasallik o‘chog‘iga etkazish aniqligini oshirish orqali davolashning asoratlari sonini va ularning og‘irligini sezilarli darajada pasaytirishga xizmat qiladi. Natijada, bemorlarning davolanish sifati yaxshilanadi, sog‘ayish muddatlari qisqaradi va o‘lim ko‘rsatkichi pasayadi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning shifoxonada o‘tkazish vaqtini qisqartiradi (o‘rtacha 3 kunga qisqaradi), bu esa o‘rin-kunlarni kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor uchun taxminan 987600 so‘m, tajriba guruhidagi 83 nafar bemor uchun esa 82070800 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilik jigar patologik o‘choqlarining lokalizatsiyasiga qarab selektiv arteriya ichi kateter terapiyasini o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlarini chuqur o‘rganish orqali, patologik o‘choqning joylashuviga mos ravishda kateterlashtirish texnikasini aniqlash zaruratini asoslab berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik, ilk bor jigar abssessi bo‘lgan bemorlarga nisbatan kam invaziv aralashuvlar bilan birgalikda antibakterial preparatni bolyusli yuborish usulining samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jigar abssessini drenajlash va kateter orqali antibakterial preparatni bolyusli (birdaniga, qisqa vaqt ichida) yuborish usulining an’anaviy infuzion yuborish usuliga nisbatan afzalliklari, xususan, abssess bo‘shlig‘ida dori konsentratsiyasining tez va yuqori darajaga erishishi, davolash muddatlarining qisqarishi aniqlangan. Olingan natijalar ilmiy natijalar Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№126-I sonli buqruq, 8-avgust 2023-yil) va Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasida (1651-10-196-TB/2025-sonli buyruq, 25-aprel 2025-yil) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: antibakterial preparatning abssess o‘chog‘iga maksimal ta’siri ta’minlash orqali asoratlar soni kamaydi va bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi qayd etildi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan usullarni amaliyotda qo‘llash orqali 1 nafar bemor uchun taxminan 1200000 so‘m, 83 nafar bemor uchun esa 99600000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash mumkin bo‘ladi. Xulosa: ilmiy yangilik jigar abssessi bo‘lgan bemorlarda kam invaziv aralashuvlar bilan birga antibakterial preparatni bolyusli yuborish usulining samaradorligini isbotlash orqali, abssess bo‘shlig‘ida yuqori dori konsentratsiyasiga tez erishish va davolash muddatini qisqartirish zaruratini asoslab berdi.
uchinchi ilmiy yangilik, ilk bor jigar abssessi bo‘lgan bemorlarda abssess bo‘shlig‘ini yopishda manfiy bosimning o‘rni hamda superselektiv arteriya ichi kateter terapiyasini o‘tkazishning optimal muddatlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jigar abssessi bo‘shlig‘ini drenajlashdan so‘ng manfiy bosim qo‘llashning o‘choqni tezroq yopishdagi samaradorligi va superselektiv kateter terapiyasini davolashning qaysi bosqichida qo‘llash maqsadga muvofiqligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Olingan natijalar ilmiy natijalar Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№126-I sonli buqruq, 8-avgust 2023-yil) va Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasida (1651-10-196-TB/2025-sonli buyruq, 25-aprel 2025-yil) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: yirik jarrohlikka o‘tish zarurati va asoratlar soni kamayaadi. Natijada, bemorlarning nogironlik darajasi pasayadi va hayot sifati yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: optimallashtirilgan davolash bemorlarning shifoxonada yotish vaqtini qisqartiradi, bu esa 1 nafar bemor uchun 1646000 so‘m, 83 nafar bemor uchun esa umumiy 136318000 so‘m tejash imkonini beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilik jigar abssessi bo‘lgan bemorlarda abssess bo‘shlig‘ini yopishda manfiy bosimning o‘rnini va superselektiv arteriya ichi kateter terapiyasini o‘tkazishning optimal muddatlarini aniqlash orqali, kam invaziv davolash natijalarini yaxshilash va asoratlarni kamaytirish uchun yangi, samarali yondashuvni asoslab berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor jigar yiringli shakllanishlari bilan og‘rigan bemorlarda takomillashtirilgan kombinatsiyalangan kam invaziv usuldan foydalanish kam sonli operatsiyadan keyingi asoratlar bilan yuqori samaradorlikka ega ekani isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqotda o‘choqning segmentar yoki subsegmentar joylashuvini hisobga olgan holda kateterlashtirish texnikasini individuallashtirish orqali dori vositasini aniq o‘choqqa etkazish zarurati asoslab berilgan. Olingan natijalar ilmiy natijalar Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№126-I sonli buqruq, 8-avgust 2023-yil) va Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasida (1651-10-196-TB/2025-sonli buyruq, 25-aprel 2025-yil) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tez tiklanish va qisqa muddatli reabilitatsiya bemorlarning mehnat faoliyatiga erta qaytishiga yordam beradi, bu esa jamiyat ijtimoiy jihatdan foydali hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: individuallashtirilgan va aniq yo‘naltirilgan terapiya tufayli qayta muolajalar o‘tkazish zaruratini kamaytiradi va kateter, kontrast modda va qo‘shimcha tibbiy asboblar xarajatlarini tejash orqali 1 nafar bemor uchun 175000 so‘m, 83 nafar bemor uchun esa jami 14525000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: ilmiy yangilik jigar yiringli shakllanishlari bilan og‘rigan bemorlarda takomillashtirilgan kombinatsiyalangan kam invaziv usulning yuqori samaradorligi va past asoratlar chastotasiga ega ekanini isbotlash orqali, tibbiyot amaliyotiga zamonaviy va xavfsiz davolash usulini joriy etish zaruratini asoslab berdi.