Usmanova Nafisa Yunusovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Endometriyning morfofunksional patologiyalari mavjud ayollarni tashxislash va olib borishda differensial yondashuv”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya, 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4387.
Ilmiy rahbarlar: Ixtiyarova Gulchexra  Akmalovna, tibbiyot fanlari  doktori, professor; Dustova Nigora Kaxramonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaeva Maxfuza Mubinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (DSc); Axmedjanova Gulnoza Muradovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyarov nomidagi Qozog‘iston tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: endometriy patologiyasini immunogistokimyoviy, biokimyoviy va klinik-gormonal xususiyatlarni hisobga olgan holda tashxislash samaradorligini oshirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biokimyoviy (S-reaktiv oqsil, ferritin) va gormonal (FSG, estradiol) ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan differensial diagnostik interfeys modeli bemorlarni tipologiya bo‘yicha personallashgan yondashuv asoslangan;
endometriyning bez va stroma komponentlarida estrogen va progesteron reseptorlarining ekspressiyasi patologik jarayon turi bilan bevosita bog‘liqligi va endometriyning turli patologiyalarini tashxislashda prognostik marker bo‘lib xizmat qilishi isbotlangan;
biokimyoviy xamda immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlar yig‘indisi bo‘lgan  proliferatsiya darajasining oshishi (Ki-67), apoptozga chidamlilik  darajasi (Bcl-2), endometriyning PRga gormonal sezuvchanligining pasayishi, yallig‘lanish infil`tratsiyasining ifodalanganligi (CD138, CD3) kasallikning qaytalanishi va davolash samaradorligining asosiy  omillari ekanligi isbotlangan;
kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda qaytalanish va onkologik hushyorlikni bashorat qilish uchun endometriyning morfologik tipologiyasi va patologiyasini tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. 
Endometriy patologiyasining turli shakllariga ega kech reproduktiv yoshdagi ayollarda o‘tqazilgan klinik-gormonal, immunogistokimyoviy, biokimyoviy ilmiy natijalar asosida:  
birinchi ilmiy yangilik: biokimyoviy (S-reaktiv oqsil, ferritin) va gormonal (FSG, estradiol) ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan differensial diagnostik interfeys modeli bemorlarni tipologiya bo‘yicha personallashgan yondashuv asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: gormonal holatni erta baholash orqali ortiqcha tashxis usullari soni kamaydi, tashxis aniqligi oshdi, davolash o‘z vaqtida boshlandi, bu esa ayollarning hayot sifatini oshirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tekshiruv protokoli orqali tashxisiy kyuretaj va takroriy UTTlar soni kamaydi, bu bir nafar bemor uchun o‘rtacha 520000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: endometriy patologiyasida klinik-gormonal stratifikatsiya orqali tashxis aniqligi oshdi, diagnostik xatolar soni kamaydi va bachadondan qon ketishi va bepushtlikdan shikoyat qiluvchi ayollarni poliklinika va statsionar bosqichlarida yagona standart bo‘yicha yo‘naltirish tizimi takomillashdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: endometriyning bez va stroma komponentlarida estrogen va progesteron reseptorlarining ekspressiyasi patologik jarayon turi bilan bevosita bog‘liqligi va endometriyning turli patologiyalarini tashxislashda prognostik marker bo‘lib xizmat qilishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi:endometriy reseptor holatini tahlil qilish orqali gormonal terapiyani to‘g‘ri tanlash aniqligi oshdi, giperplaziya residivlari va takroriy jarrohlik aralashuvlari soni kamaydi, ayollarning hayot sifati yaxshilandi va davolash muddati qisqardi. Iqtisodiy samaradorligi: samarasiz terapiyadan voz kechish va o‘z vaqtida samarali sxemalarga o‘tish orqali residiv hususiyatiga ega endometriy patologiyasi bo‘lgan bir nafar bemorga to‘g‘ri keladigan xarajat 600000 so‘mgacha qisqartirildi. Xulosa: Endometriy reseptor profili giperplaziya va surunkali endometritni davolashda personallashtirilgan yondashuvni ta’minlovchi, foydalanishga qulay va yuqori ma’lumotli marker bo‘lib, ginekologik kasalliklarni tashxislash klinik algoritmlariga kiritilishi lozim.
uchinchi ilmiy yangilikbiokimyoviy xamda immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlar yig‘indisi bo‘lgan  proliferatsiya darajasining oshishi (Ki-67), apoptozga chidamlilik  darajasi (Bcl-2), endometriyning PRga gormonal sezuvchanligining pasayishi, yallig‘lanish infil`tratsiyasining ifodalanganligi (CD138, CD3) kasallikning qaytalanishi va davolash samaradorligining asosiy  omillari ekanligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: CD138 markerini qo‘llash orqali surunkali endometrit erta bosqichda aniqlanish ko‘rsatkichi oshdi, bachadondan anomal qon ketishlar residivlari bartaraf etilishiga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: Surunkali endometritning erta verifikatsiya qilinishi orqali asossiz antibiotikoterapiya kurslari va reproduktiv aralashuvlardan voz kechish mumkin bo‘ldi, natijada har bir bemor uchun 840000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari tejaldi. Xulosa: CD138 bo‘yicha immunogistokimyoviy tashxis amaliyotda endometriy surunkali yallig‘lanishini aniqlash standarti sifatida o‘zini oqladi va reproduktiv funksiyaning buzilishi kuzatiladigan bemorlarni tekshirish protokollariga majburiy tarzda kiritilishi tavsiya etiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda qaytalanish va onkologik hushyorlikni bashorat qilish uchun endometriyning morfologik tipologiyasi va patologiyasini tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: endometriy patologiyasining asosiy sababini erta va aniq aniqlash orqali o‘z vaqtida davolash ko‘rsatkichlari yaxshilandi, asossiz aralashuvlar soni kamaydi, qayta murojaatlar foizi pasaydi. Bu reproduktiv salomatlik  va bemorlarning umumiy qoniqish darajasini oshirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: tekshiruv algoritmini standartlashtirish va takroriy tashxislash usullarini kamaytirish orqali ambulator va statsionar bo‘g‘inlarda bir bemorga to‘g‘ri keladigan xarajat 710000 so‘mgacha kamaytirildi. Xulosa: Differensiallashtirilgan tashxis algoritmini akusherlik-ginekologik muassasalar amaliyotiga joriy etish klinik fikrlashni standartlashtirishga, tibbiy-iqtisodiy qarorlar samaradorligini oshirishga va endometriy kasalliklarini dastlabki tashxis bosqichida dalillarga asoslangan tibbiyot prinsiplarini joriy etishga xizmat qildi. 
Olingan natijalar Samarqand shahar 3-son tug‘ruq majmuasida (12 may 2025 yildagi 191-sonli buyrug‘i), hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasaning Buxoro viloyat filialida (8 may 2025 yildagi 34-sonli buyrug‘i) amaliyotga joriy etilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish