Sherimbetova Zamira Shalabaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda o‘quv fanlarini o‘zlashtirishining pedagogik-psixologik xususiyatlari (sportchi-talabalar misolida)” 19.00.06-Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/P42.
Ilmiy maslahatchi: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Innovatsion texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shahlola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qodirov Obid Safarovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Abdullaev Mehriddin Junaydullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda o‘quv fanlarini o‘zlashtirishining pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash va uni ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sportchi-talabalarda o‘quv fanlarini o‘zlashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari sportchining muvaffaqiyatga intilish darajasini guruh ta’sirida differensial namoyon bo‘lishiga asoslanib ekstensial motivlarning affilyasiya ehtiyojlari orqali o‘zgarishiga ko‘ra dalillangan;
talabalarning sport faoliyati turiga ko‘ra futbolchilarda sportga oid tafakkurning mustaqillik, tezkorlik bilan bog‘liq sifatlarini, basketbolchilarda esa taktik tafakkurning strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish, o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvchanlik xususiyatini o‘quv motivatsiyasiga uyg‘unlashuvi tufayli fanlarni o‘zlashtirishdagi kognitiv faollik sport jamoasining referent ta’siri asosida namoyon bo‘lishi dalillangan;
ta’limdagi individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari didaktik axborotlarni o‘zlashtirishdagi introeksiyalangan hamda eksternal motivlarning intellektual zavqlanish hissiga bog‘liqlik namoyon bo‘lishi tufayli sportchi-talabalarni akademik motivatsiyasi ijtimoiy-affilyativ ehtiyojlar orqali kognitiv xususiyatlarda murabbiyning sotsiometrik ta’siriga ko‘ra ifodalanishi dalillangan;
talabalarning o‘zini o‘zi tashkillashtirish xususiyatini fanlarni o‘zlashtirishga ta’siri ta’limiy vaziyatlarni tahlil qilish sportga oid taktik fikrlashini, adaptiv ta’lim muhitida shaxsning o‘zini nazorat qilishini rivojlanishiga olib kelganligi tufayli “qiziquvchan sportchi-talaba” konstruktini lokus nazorat orqali muvaffaqiyatga intilish sindromiga intellektual hislar asosida integratsiyasi muhim psixlogik omil ekanligi dalillangan;
talabalarning o‘quv fanlarini o‘zlashtirish motivatsiyasini rivojlantirish modeli sportga oid tafkkurning ratsional-irodaviy motivlarga bog‘liq shakllanishi barqaror o‘quv faoliyatiga dominant qiziqishni namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli taktik fikrlashning regulyativ jihatlarini sport faoliyatiga psixologik tayyorlash jarayoniga affilyativ motivlar orqali kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda o‘quv fanlarini o‘zlashtirishining pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sportchi-talabalarda o‘quv fanlarini o‘zlashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari sportchining muvaffaqiyatga intilish darajasini guruh ta’sirida differensial namoyon bo‘lishiga asoslanib ekstensial motivlarning affilyasiya ehtiyojlari orqali o‘zgarishiga ko‘ra dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-280-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda o‘quv fanlarini o‘zlashtirishining pedagogik-psixologik xususiyatlaridagi differensial farqlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
talabalarning sport faoliyati turiga ko‘ra futbolchilarda sportga oid tafakkurning mustaqillik, tezkorlik bilan bog‘liq sifatlarini, basketbolchilarda esa taktik tafakkurning strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish, o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvchanlik xususiyatini o‘quv motivatsiyasiga uyg‘unlashuvi tufayli fanlarni o‘zlashtirishdagi kognitiv faollik sport jamoasining referent ta’siri asosida namoyon bo‘lishi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-280-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda o‘quv fanlarini o‘zlashtirish darajasining psixologik xususiyatlarning ta’lim yo‘nalishiga bog‘liq differensial farqlari aniqlangan.
ta’limdagi individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari didaktik axborotlarni o‘zlashtirishdagi introeksiyalangan hamda eksternal motivlarning intellektual zavqlanish hissiga bog‘liqlik namoyon bo‘lishi tufayli sportchi-talabalarni akademik motivatsiyasi ijtimoiy-affilyativ ehtiyojlar orqali kognitiv xususiyatlarda murabbiyning sotsiometrik ta’siriga ko‘ra ifodalanishi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-280-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’limda individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlarini ta’limga nisbatan akademik motivasiya komponentlariga integrativ namoyon bo‘lishi ochib berilgan.
talabalarning o‘zini o‘zi tashkillashtirish xususiyatini fanlarni o‘zlashtirishga ta’siri ta’limiy vaziyatlarni tahlil qilish sportga oid taktik fikrlashini, adaptiv ta’lim muhitida shaxsning o‘zini nazorat qilishini rivojlanishiga olib kelganligi tufayli “qiziquvchan sportchi-talaba” konstruktini lokus nazorat orqali muvaffaqiyatga intilish sindromiga intellektual hislar asosida integratsiyasi muhim psixlogik omil ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-280-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘quv fanlarini o‘zlashtirish darajasini rivojlantirishda xulq-atvorda o‘zini o‘zi boshqarish jihatlarini o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan.
talabalarning o‘quv fanlarini o‘zlashtirish motivatsiyasini rivojlantirish modeli sportga oid tafkkurning ratsional-irodaviy motivlarga bog‘liq shakllanishi barqaror o‘quv faoliyatiga dominant qiziqishni namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli taktik fikrlashning regulyativ jihatlarini sport faoliyatiga psixologik tayyorlash jarayoniga affilyativ motivlar orqali kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-280-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘quv fanlarini o‘zlashtirish motivasiyasini rivojlantirish modelini takomillashtirish asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.