Suvonov Bekniyoz Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mehnat ko‘rsatkichlari tahlilini takomillashtirish», 08.00.08 -Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3045.
Ilmiy rahbar: To‘raev Abdurahim Nortojievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mehnat ko‘rsatkichlari tahlilini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mehnat samaradorligini ifodalovchi ish haqi, mehnat unumdorligi va mahsulot qiymati o‘rtasidagi bog‘liqlikning “samaradorlik muvozanati jadvali” usuli asosida ko‘p o‘lchovli kompleks ko‘rsatkichlarni baholash takomillashtirilgan;
buxgalteriya hisobida ishchi kuchining iqtisodiy qiymatini inson kapitali elementi sifatida hisobga olishni ta’minlovchi integratsiyalashgan hisob modelini ishlab chiqish asosida mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari va hisob registrlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash orqali mehnat samaradorligini aniqlash takomillashtirilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mehnat ko‘rsatkichlari tahlili jarayonida buxgalteriya ma’lumotlari bo‘yicha mehnat samaradorligi prognozini shakllantirish “Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlari baholash bo‘yicha dasturiy mahsulot”ni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
“O‘zmaxsusmontajqurilish” AJning mehnat samaradorligi, ish soatlari va oylik ish haqi dinamikasi, innovatsiya darajasi bo‘yicha uzoq muddatli tendensiyalari asosida iqtisodiy-matematik usullardan foydalangan holda mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlarining 2030 yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mehnat ko‘rsatkichlarini tahlilini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mehnat samaradorligini ifodalovchi ish haqi, mehnat unumdorligi va mahsulot qiymati o‘rtasidagi bog‘liqlikning “samaradorlik muvozanati jadvali” usuli asosida ko‘p o‘lchovli kompleks ko‘rsatkichlarni baholash bo‘yicha taklifi «KVARS» AJ va «O‘zmaxsusmontajqurilish» AJ amaliyotiga joriy etilgan («KVARS» AJning 2024 yil 17 oktyabrdagi 01-17/902-sonli, «O‘zmaxsusmontajqurilish» AJning 2025 yil 29 maydagi 01-87/01 sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mehnat ko‘rsatkichlarining xodimlari tomonidan yaratilgan mahsulot va ish xizmatlar hajmi, qiymati hamda sifatini aniqlash imkoni yaratilgan;
buxgalteriya hisobida ishchi kuchining iqtisodiy qiymatini inson kapitali elementi sifatida hisobga olishni ta’minlovchi integratsiyalashgan hisob modelini ishlab chiqish asosida mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari va hisob registrlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash orqali mehnat samaradorligini aniqlash taklifi «KVARS» AJ va «O‘zmaxsusmontajqurilish» AJ amaliyotiga joriy etilgan («KVARS» AJning 2024 yil 17 oktyabrdagi 01-17/902-sonli, «O‘zmaxsusmontajqurilish» AJning 2025 yil 29 maydagi 01-87/01 sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga qo‘llanilishi mehnat samaradorligini oshirishning ichki va tashqi imkoniyatlarini aniqlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish yo‘llarini hisobga olish imkonini bergan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mehnat ko‘rsatkichlari tahlili jarayonida buxgalteriya ma’lumotlari bo‘yicha mehnat samaradorligi prognozini shakllantirish “Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlari baholash bo‘yicha dasturiy mahsulot”ni qo‘llash asosida takomillashtirish taklifi «KVARS» AJ va «O‘zmaxsusmontajqurilish» AJ amaliyotiga joriy etilgan «KVARS» AJning 2024 yil 17 oktyabrdagi 01-17/902-sonli, «O‘zmaxsusmontajqurilish» AJning 2025 yil 29 maydagi 01-87/01 sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida mehnat ko‘rsatkichlarini tezkor aniqlash, mehnat unumdorligini, mehnat salohiyati rentabilligi ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini bergan;
“O‘zmaxsusmontajqurilish” AJning mehnat samaradorligi, ish soatlari va oylik ish haqi dinamikasi, innovatsiya darajasi bo‘yicha uzoq muddatli tendensiyalari asosida iqtisodiy-matematik usullardan foydalangan holda mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlarining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari «O‘zmaxsusmontajqurilish» AJ amaliyotiga joriy etilgan («O‘zmaxsusmontajqurilish» AJning 2025 yil 29 maydagi 01-87/01 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mehnat ko‘rsatkichlarida mehnat samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarining ishonchliligini to‘laqonliligini oshirishga erishilgan.