Ibrogimov Sherzodbek Xalimjon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarning “Yashil iqtisodiyot” asosida xavfsiz rivojlanishning strategik ustuvorligini oshirish”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt945.
Ilmiy maslaxatchi: ilmiy maslaxatchisiz.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Kadirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yavmutov Dilshod Shoyimardonkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududlarni “Yashil iqtisodiyot” asosida xavfsiz rivojlanishning strategik ustuvorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
atrof-muhitni tartibga solish, ekologik texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiyotning barcha sohalariga keng qamrovli institutsional islohotlarni o‘tkazish va ularni tizimlashtirish bo‘yicha “Yashil iqtisodiyot”ning asosiy tamoyillari taklif etilgan;
hududlarning Yashil iqtisodiyot asosida xavfsiz rivojlantirishda ekologik o‘zgartirish imkoniyatlarini klasterli tahlil qilishning tarkibiy modellashtirish mexanizmi taklif etilgan;
hududlarning Yashil iqtisodiy faoliyat turlarining potensial rentabelligini aniqlash, potensial xavfli ishlab chiqarish jarayonlarini hududiy tashkil etishni takomillashtirish, barcha darajadagi byudjet tizmining atrof-muhitni muhofaza qilish xarajatlarini aniqlash uchun texnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan etkazilgan zararlar yig‘indisi (BZ=PZ+RZ ) bilan baholash taklif etilgan;
Namangan viloyati bo‘yicha tabiiy va iqtisodiy hududiy tizimlarni iqtisodiy va ekologik baholashda Python dasturi “Namangan Gis Map” tahlili yordamida (Qulay-1,00-1,30; Qoniqarli- 1,31-1,60; Noqulay - 1,61-1,90; Qoniqarsiz-1,91-2,20; Xavfli >2,21) ekologik vaziyatning sintetik hisoblangan koeffisientlari asosida klasterlangan;
atrof-muhit o‘zgarishlari sharoitida Namangan viloyati yalpi hududiy mahsulot hajmining 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarning “Yashil iqtisodiyot” asosida xavfsiz rivojlanishning strategik ustuvorligini oshirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
atrof-muhitni tartibga solish, ekologik texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiyotning barcha sohalariga keng qamrovli institutsional islohotlarni o‘tkazish va ularni tizimlashtirish bo‘yicha “Yashil iqtisodiyot”ning asosiy tamoyillari Namangan viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 4-apreldagi 03/24-720-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan - quyosh, shamol va biogaz texnologiyalaridan foydalanish orqali viloyatda karbonat gazlar chiqindisi kamaygan, ekologik barqarorlikni ta’minlanib, havo sifatini yaxshilash imkonini bergan;
hududlarning Yashil iqtisodiyot asosida xavfsiz rivojlantirishda ekologik o‘zgartirish imkoniyatlarini klasterli tahlil qilishning tarkibiy modellashtirish mexanizmi bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 4-apreldagi 03/24-720-son ma’lumotnomasi). Ushbu baholash tizimini joriy etish natijasida Namangan viloyatida iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash, ekologik muvozanatni saqlash va ijtimoiy farovonlikni oshirish uchun ilmiy asos yaratilgan;
hududlarning Yashil iqtisodiy faoliyat turlarining potensial rentabelligini aniqlash, potensial xavfli ishlab chiqarishlarni hududiy tashkil etishni takomillashtirish, barcha darajadagi byudjetlarning atrof-muhitni muhofaza qilish xarajatlari darajasini aniqlash uchun texnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan etkazilgan zararlar yig‘indisi (BZ=PZ+RZ ) bilan baholash taklifi Namangan viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 4-apreldagi 03/24-720-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida potentsial zarar indekslari (PZ=2.31) va real zarar (RZ=1.89) yig‘indisini hisoblash orqali Namangan viloyatida ekologik xavf darajasi aniqlangan, bu o‘z navbatida sanoat obektlarini joylashtirishda xavfsizlik zonalarini belgilashga imkon bergan;
Namangan viloyati bo‘yicha tabiiy va iqtisodiy hududiy tizimlarni iqtisodiy va ekologik baholashda Python dasturi “Namangan Gis Map” tahlili yordamida (Qulay-1,00-1,30; Qoniqarli- 1,31-1,60; Noqulay - 1,61-1,90; Qoniqarsiz-1,91-2,20; Xavfli >2,21) ekologik vaziyatning sintetik hisoblangan koeffisientlari bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 4-apreldagi 03/24-720-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik natijasidan Namangan viloyati hududlarning tabiiy va iqtisodiy hududiy tizimlarni ekologik bahosi turli ranglarda berilgan bo‘lib, qizil — juda yuqori antropogen bosim (Namangan shahri, Chust, To‘raqo‘rg‘on), sariq-qizil — yuqori (Yangiqo‘rg‘on, Pop, Uychi), sariq — o‘rta (Kosonsoy, Norin, Uchkurgan) va yashil — past (Mingbuloq, Chortoq tumanlari) holatlar bilan klasterlash Namangan viloyatining tabiiy va iqtisodiy tizimlarini raqamli tahlil qilish, ekologik xavf darajasini ilmiy baholash hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qilgan;
atrof-muhit o‘zgarishlari sharoitida Namangan viloyati yalpi hududiy mahsulot hajmining 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari Namangan viloyati hokimligi faoliyatiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 4-apreldagi 03/24-720-son ma’lumotnomasi). Mazkur yangilik natijasidan kelgusi istiqbolda Namangan viloyatida iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlik o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga hamda hududlarning 2030-yilgacha raqobatbardosh rivojlanish strategiyasini shakllantirishda foydalanilgan.