Xursanov Dunyobek Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Amudaryo hozirgi del`tasi landshaftlarining strukturasi va tabaqalanish qonuniyatlari», 11.00.01–Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2017.4.PhD/Gr30.
Ilmiy rahbar: Urazbaev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.30.05.2018.G.02.07.
Rasmiy opponentlar: Rafiqov Vahob Asomovich, geografiya fanlari doktori; Boymirzaev Karimjon Mirzaaxmedovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: landshaftlarning kollektor havzalaridagi va kichik del`talardagi oqimlar strukturasini hamda ularning daraxtsimon tabaqalanishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amudaryo del`tasining sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan massivlaridagi landshaftlarning elyuvial, trans-elyuvial, superakval, akval elementar landshaftlarga tabaqalanishi isbotlangan;
kichik del`talar va unga tutash kollektor havzalaridagi elementar landshaftlarning morfogenetik tasniflash qatori ishlab chiqilgan;
Ko‘hnadaryo-Qozoqdaryo kichik del`tasining va Qo‘ng‘irot kollektor tizimining 1:100000 masshtabli “Elementar landshaftlar guruhi” kartasi hamda Ko‘hnadaryo-Qozoqdaryo kichik del`tasining 1:100000 masshtabdagi landshaft-tipologik kartalari tuzilgan;
del`ta landshaft xillari va meliorativ holatning o‘zgarishi dengiz sathi pasayishi va daryo o‘zani chuqurlashuvi bilan bog‘liqligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amudaryo hozirgi del`tasi landshaftlarining strukturasi va tabaqalanish qonuniyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
del`taning landshaft strukturasi va differensiatsiyasini geostrukturali paradigma nazariyasi asosida isbotlashga doir taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi erlarining meliorativ holatini baholashda Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 1 dekabrdagi 02-04-9222-son ma’lumotnomasi). Natijada del`ta hududidagi erlarning sho‘rlanish darajasini aniqroq baholash imkonini bergan;
Ko‘hnadaryo-Qozoqdaryo kichik del`tasining va Qo‘ng‘irot kollektor tizimining 1:100000 masshtabli «Elementar landshaftlar guruhi» va Ko‘hnadaryo-Qozoqdaryo kichik del`tasining landshaft tipologik kartalaridan hudud tuproqlarining meliorativ kartasini tuzishda Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 1 dekabrdagi 02-04-9222-son ma’lumotnomasi). Natijada hududning meliorativ chora-tadbirlari takomillashtirish imkonini bergan;
kollektor havzalaridagi elementar landshaft guruhlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan landshaft xillari tavsifidan qishloq xo‘jaligi erlarini baholashda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi 02/02-285-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi erlaridan ilmiy asosda samarali foydalanish imkonini bergan.