Axmedov Sherzodbek Oribjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02 - “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va Bojxona huquqi” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1026
Ilmiy rahbar: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Sardorbek Bahodirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Allayarov Nurmanbet Urazimbetovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining  yo‘l harakati sohasidagi yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o‘rnatish yoki olib tashlash yuzasidan yo‘l egalariga ko‘rsatmalar kiritish, ularni bajarish muddatlari va sifati ustidan nazoratni amalga oshirishi kabi vakolatlarini belgilash lozimligi asoslantirilgan;
voyaga etmaganlar tomonidan haydovchilik huquqiga ega bo‘lmasdan turib transport vositalarini boshqarganda yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun keyinchalik ularga haydovchilik guvohnomasini berishni vaqtincha cheklashni belgilash zarurati asoslantirilgan;
yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish maqsadida muntazam qoidabuzarlik sodir etadigan haydovchilarga nisbatan haydovchilik huquqini vaqtincha cheklash tartibini qonunchilikda belgilash lozimligi asoslantirilgan; 
tegishli vakolatga ega bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga yo‘l qoplamasini buzish, o‘zgartirish yoki unga zarar etkazish, ifloslantirish, yo‘l belgilarini, svetoforlarni, o‘zboshimchalik bilan olib tashlash, o‘rnatish, to‘sib qo‘yish, shikastlantirish, yo‘llarda harakatlanishga to‘sqinlik qiluvchi qurilma va narsalarni qoldirish, tegishli ruxsatsiz yo‘lning qatnov qismiga to‘siqlar o‘rnatish yoki ularni to‘sib qo‘yish, “sun’iy notekislik” qurilmalarini o‘rnatish taqiqlanishini qonunchilikda belgilash lozimligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan: 
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining  yo‘l harakati sohasidagi vakolati sifatida yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o‘rnatish yoki olib tashlash yuzasidan yo‘l egalariga ko‘rsatmalar kiritish, ularni bajarish muddatlari va sifati ustidan nazoratni amalga oshirishini belgilashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi O‘RQ-900-son Qonunining 10-moddasi birinchi qismi o‘n ikkinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 28-martdagi №3/dn-64-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif yo‘llarda harakatlanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq tashkiliy muammolarini bartaraf qilishda yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining vazifalari aniq belgilanishiga xizmat qilgan;
voyaga etmaganlar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun transport vositalarini boshqarish huquqini cheklash masalasini tartibga solishga qaratilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti tomonidan qonunlar loyihalari bo‘yicha ekspertlik takliflarini ishlab chiqish, xorijiy tajribani o‘rganish, qonunlar loyihalarini muhokama qilish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 24-iyundagi №3/dn-131-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif voyaga etmaganlar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzib transport vositalarini noqonuniy boshqaruvchilarga nisbatan qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi;
haydovchililk huquqini vaqticha cheklash masalasini tartibga solishga qaratilgan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti tomonidan qonunlar loyihalari bo‘yicha ekspertlik takliflarini ishlab chiqish, xorijiy tajribani o‘rganish, qonunlar loyihalarini muhokama qilish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 24-iyundagi №3/dn-131-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif haydovchilik guvohnomasiga ega shaxslar tomonidan yo‘l harakati qoidalari muntazam buzilganda jarima jazosidan tashqari haydovchilik huquqini bir oydan bir yilgacha muddatga vaqtincha cheklash orqali  ularni yo‘l harakati qoidalariga amal qilish madaniyatini oshirishga va yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi;
tegishli vakolatga ega bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga yo‘l qoplamasini buzish, o‘zgartirish yoki unga zarar etkazish, ifloslantirish, yo‘l belgilarini, svetoforlarni, shuningdek, yo‘l harakatini tashkil etishning boshqa texnik vositalarini o‘zboshimchalik bilan olib tashlash, o‘rnatish, to‘sib qo‘yish, shikastlantirish, yo‘llarda harakatlanishga to‘sqinlik qiluvchi qurilma va narsalarni qoldirish, tegishli ruxsatsiz yo‘lning qatnov qismiga to‘siqlar o‘rnatish yoki ularni to‘sib qo‘yish, “sun’iy notekislik” qurilmalarini o‘rnatish taqiqlanishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi “Yo‘l harakati sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 806-son qarori ilovasining 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 22-avgustdagi №12-18-9-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi yo‘l harakatini tashkil etish sohasini tartibga solishga hamda yo‘llarda harakat ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashga  xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish