Eranov Alisher Abdurasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi) “Davlat fuqarolik xizmatida rahbarlar faoliyati samaradorligini baholashning tashkiliy-huquqiy asoslarini shakllantirish”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2021.4.PhD/Yu629.
Ilmiy rahbar: Asadov Shavkat G‘aybullaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/10.01.2024.Yu.24.04.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, dotsent Tulyaganov Abdumannop Abdujabborovich, yuridik fanlar doktori, dotsent Yo‘ldoshev Azizjon Ergashovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institut.
II.Tadqiqotning maqsadi davlat fuqarolik xizmati natijadorligini oshirish bo‘yicha rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini kompleks o‘rganish va tahlil qilish orqali ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
baholanuvchi rahbar faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari aniq, o‘lchanadigan bo‘lishi, erishish mumkinligi, vaqt chegarasining mavjudligi, kompetentligi va maqsadliligi kabi talablarga javob berishi kerakliligi asoslantirilgan; 
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash imkonini beradigan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI – key performance indicators) asosida baholash tizimini joriy etish zarurligi hamda bu borada davlat xizmati sohasidagi vakolatli organ tomonidan uslubiyat ishlab chiqilishi lozimligi asoslab berilgan;  
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini baholash natijalaridan manfaatdorligini oshirish maqsadida ularga shaxsiy ustamalar to‘lash, lavozimda o‘stirish, malaka darajasini navbatdan tashqari berish, nomoddiy tusdagi rag‘batlantirish, malaka oshirish, rotatsiya, berilgan intizomiy jazo chorasini olib tashlash kabi choralarni qo‘llash mumkinligi asoslab berilgan;   
davlat oldida turgan strategik vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha eng yuqoridagi mansabdor shaxslardan eng quyidagi davlat fuqarolik xizmatchisigacha erishilishi lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlarni o‘zaro uyg‘unligini ta’minlashni nazarda tutuvchi zanjir uslubi joriy etish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi davlat fuqarolik xizmatida rahbarlar faoliyati samaradorligini baholashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
baholanuvchi rahbar faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari aniq, o‘lchanadigan bo‘lishi, erishish mumkinligi, vaqt chegarasining mavjudligi, kompetentligi va maqsadliligi kabi talablarga javob berishi kerakliligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyulda qabul qilingan “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholashni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 463-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 9-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-iyundagi 09-09-34-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif rahbar kadrlar faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniq va maqsadli belgilashga xizmat qilgan;
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash imkonini beradigan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI – key performance indicators) asosida baholash tizimini joriy etish zarurligi hamda bu borada davlat xizmati sohasidagi vakolatli organ tomonidan uslubiyat ishlab chiqilishi lozimligi to‘g‘risidagi takliflar  “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-sonli Qonunning 36-moddasi birinchi qismida, shuningdek, xizmatchini rag‘batlantirish hamda xolisona va adolatli mezonlar asosida lavozim bo‘yicha o‘sishini ta’minlash uchun uning faoliyatini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash zarurligi to‘g‘risidagi taklif 33-moddaning ikkinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 22-apreldagi 04/10-10-30-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi ilk bor davlat xizmatchisining davlat fuqarolik xizmatini o‘tash mehnat shartnomasida uning faoliyat samaradorligini baholash tartibi va tizimi qonun darajasida mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini baholash natijalaridan manfaatdorligini oshirish maqsadida ularga shaxsiy ustamalar to‘lash, lavozimda o‘stirish, malaka darajasini navbatdan tashqari berish, nomoddiy tusdagi rag‘batlantirish, malaka oshirish, rotatsiya, berilgan intizomiy jazo chorasini olib tashlash, egallab turgan lavozimiga munosibligi yuzasidan attestatsiya va intizomiy jazo kabi choralarni qo‘llash mumkinligi to‘g‘risidagi taklif-mulohazalar “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-sonli Qonunning 21-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 22-apreldagi 04/10-10-30-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar davlat fuqarolik xizmatchisini xizmatiga munosib ravishda rag‘batlantirish va xizmatda lavozim bo‘yicha ko‘tarish, uning kasbiy kompetensiyalarini hamda alohida xizmatlarini xolisona va adolatli baholash asosida ta’minlanishiga oid yuridik normani shakllantirishga xizmat qilgan; 
davlat oldida turgan strategik vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha eng yuqoridagi mansabdor shaxslardan eng quyidagi davlat fuqarolik xizmatchisigacha erishilishi lozim bo‘lgan indikator va vazifalarni belgilashni nazarda tutuvchi zanjir uslubini joriy etish to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining 2022-yil 28-dekabrdagi 2-2022-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash uslubiyati” 2-bandi to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2023-yil 25-maydagi 02-01/1-694-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi davlat oldida turgan strategik maqsadlarga barcha darajadagi davlat fuqarolik xizmatchilarining yagona kuch sifatida uyg‘unlikda harakat qilish, ularning mas'uliyati hamda faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmlarini joriy etishga xizmat qilgan.
Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan davlat fuqarolik xizmatida rahbarlar faoliyati samaradorligini baholashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari qabul qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish