Nematjonova Nafisaxon Boxodirjon qizning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilladigan fan tarmog‘i nomi): «Nurali Qobul va Fozil Iskandar hikoyalaridagi badiiyyat muammosi» («Problemi xudojestvennosti v rasskazax Nurali Kabula i Fazilya Iskandera») 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil6244
Ilmiy rahbar: Qosimov Abdug‘afur Abdukarimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, dotsent Q.Yo‘lchiev, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent N.Madiyorova.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Ⅱ. Tadqiqotning maqsadi – Nurali Qobul va Fozil Iskandar hikoyalarining badiiy xususiyatlarini qiyosiy planda tadqiq etishdan iborat.
Ⅲ. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Nurali Qobul va Fozil Iskandar badiiy mahoratining o‘ziga xosligi badiiy nutq, peyzaj tasviri, detallar, psixologik tahlil va ramz singari vositalarni qo‘llashda namoyon bo‘lishi dalillangan; – Nurali Qobulning «Kechagi kun», «Do‘stmurod bobo», «Kaptarlar qaytmagan tun», «Azob», «Hujjat», «Oq kaptarlar» va Fozil Iskandarning «Shoir», «Chegemlik Sandro», «Yozuvchi kuni», «Chirigan ziyolilar va firibgarlar», «Yurak», «Qarzdorlar» hikoyalaridagi qahramonlarning badiiy-estetik vazifalari aniqlangan;
Yozuvchilar individual uslubining o‘ziga xosligi badiiy vositalardan keng foydalanish orqali namoyon bo‘lishi, bu nafaqat mualliflarning shaxsiy dunyoqarashini aks ettirishi, balki ularning ko‘p qirrali milliy badiiy obrazlarni yaratishga bo‘lgan intilishidan dalolat berishi isbotlangan;
Nurali Qobul va Fozil Iskandar asarlarining ijtimoiy, siyosiy va madaniy mavzulari tahlil qilinib, ularda aks ettirilgan milliy g‘urur tuyg‘usi, dunyoqarash, etnografik va mintaqaviy xususiyatlar kabi asosiy jihatlar asarlarning badiiy qimmatini oshirishi bilan birga yoshlar auditoriyasiga muhim tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan.
Ⅳ. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Nurali Qobul va Fozil Iskandar hikoyalarida badiiyat muammosi» mavzusidagi ushbu tadqiqot natijalari asosida:
Nurali Qobul va Fozil Iskandar badiiy mahoratining o‘ziga xosligi badiiy nutq, peyzaj tasviri, detallar, psixologik tahlil va ramz singari vositalarni qo‘llashda namoyon bo‘lishi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida olib borilgan FA-F1-005 raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025 yil 17 apreldagi 222/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ham nazariy, ham ilmiy-amaliy ahamiyati sezilarli darajada oshgan;
Xalqlar adabiyotidagi kichik epik shakllarga bag‘ishlangan yangi tadqiqotlar asosida yozuvchilar uslubining o‘ziga xosligi, hikoya janrining yozuvchilar ijodida tutgan o‘rni bo‘yicha olingan ma’lumotlardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining «Farg‘ona» telekanalida 2025 yilda efirga uzatilgan «Xayrli kun», «Jarayon» ko‘rsatuvlari va «Kun mavzusi» radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2025 yil 19 martdagi 54-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning yosh avlodni badiiy adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati oshgan;
Nurali Qobul va Fozil Iskandar ijodini o‘rganish natijalarini yorituvchi dissertatsion tadqiqotning ilmiy xulosalaridan Artvin Chorux universiteti Fan va adabiyot fakul`tetining Turk tili va adabiyoti kafedrasi hamda Zamonaviy turk shevalari va adabiyoti kafedrasida 2018 yilda «Pirimqul Qodirov asarlari» amaliy loyihasi vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (Turkiyadagi Artvin Chorux universitetining 03.04.2025 yildagi 12.BAP 2018-son ma’lumotnomasi). Loyiha doirasidagi tadqiqot natijalari muammoni qiyosiy-tipologik jihatdan chuqurroq o‘rganish va ilmiy-nazariy nuqtai nazardan tizimli xulosalar chiqarishga yordam bergan.