Begmuratova Gulbahar Asamatdiynovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik davri qoraqalpoq romanlarida fol`klorizmlar», 10.00.12–Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil171.

Ilmiy rahbar: Jarimbetov Qurbanbay Qudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.20.01.

Rasmiy opponentlar: Qurambaev Karimbay filologiya fanlari doktori, professori;  Nurjanov Perdebay Erjanovich filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mustaqillik davri qoraqalpoq romanlaridagi  fol`klorizmlarning manbalari, asarning syujet tuzilishidagi semantik funksiyalari, tipologik xususiyatlari va badiiy-estetik vazifalarini aniqlash asosida adiblarning fol`klordan ijodiy foydalanishdagi o‘ziga xos badiiy mahoratini ochib berishdan iborat.  

III.Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:

qoraqalpoq adabiyotshunosligida birinchi marta istiqlol davri romanlarda qo‘llanilgan fol`klorizmlarning manbalari, badiiy-estetik xususiyatlari hamda roman kompozision qurilishidagi o‘rni yoritilib, ularning oddiy, murakkab va analitik fol`klorizmlardan iborat tiplari mavjudligi aniqlangan;

roman badiiy strukturasidagi fol`klorizmlar qahramonlar talqinining o‘ziga xosligini ta’minlash, asar tilining emotsional-ekspressivligini oshirish, tasvirlanayotgan voqelikning etnomadaniy kontekstini yaratish va davrning ijtimoiy-siyosiy mazmunini yoritishda muhim badiiy-estetik omil bo‘lganligi asoslangan;

fol`klor janrlari, epik syujetlar va an’anaviy motivlar stilizatsiyasining T.Qayipbergenov, Sh.Seytov, A.Abdiev, Q.Matmuratov romanlaridagi badiiy talqinlarini individual uslub hamda fol`klorizmlar tipologiyasi kontekstida tahlil qilish asosida xalq ijodi an’analarining yozma adabiyotga ta’siri istiqlol davri romanchiligining mavzu doirasini kengaytirish va g‘oyaviy-badiiy salmoqdorligini orttirish vazifasini bajarganligi dalillangan;

qoraqalpoq romanlarining fol`klor poetikasi bilan uslubiy aloqasi aniqlanib, epik va mifologik obrazlar stilizatsiyasi asosida yaratilgan qahramonlar tipi mustaqillik davri romanlarining milliy xarakterini ta’minlovchi asosiy vosita vazifasini bajarganligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mustaqillik davri qoraqalpoq romanlaridagi fol`klorizmlar va uning tiplari, shuningdek, ularning badiiy-estetik vazifadoshligini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

roman janri badiiy takomilida fol`klorizm tiplarini, adabiyot va fol`klorning aloqadorligini yangi aspektda o‘rganish to‘g‘risidagi nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-A1-G007 raqamli «Qoraqalpoq maqol-matallari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida», MM.1-12 raqamli  «XX asr qoraqalpoq she’riyatining antologiyasini mustaqillik nazariyasidan nashrga tayyorlash» degan mavzudagi loyiha ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2018-yil 11-iyuldagi 1701/120-son ma’lumotnomasi). Natijada, fol`klor va adabiyot aloqasining teranligi, fol`klorning hozirgi davr qoraqalpoq romanlaridagi o‘rni, yozuvchi va shoirlarning fol`klorga munosabatiga doir ilmiy qarashlarning mukammallashishi, yangi tadqiqot yo‘nalishlari to‘g‘risidagi nazariy fikrlarning takomillashishiga erishilgan; 

Tadqiqot materialidagi fol`klorning bugungi adabiyotdagi o‘rni va xizmati to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi televideniesining «Assalom, Qoraqalpog‘iston», «So‘z gavhari», «Adabiyot va davr», «Etnoetika», «Xalq durdonasidan» «Adabiy portret» kabi teledastur va radioeshittirishlarda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2018 yil 9 iyuldagi 01-02/319-son ma’lumotnomasi) Natijada teledastur va radioeshittirishlarning ilmiy ma’lumotlarga boy bo‘lishi va yozuvchilar ijodining keng targ‘ib etilishi ta’minlangan;

adabiy jarayon, adabiyot va fol`klor aloqasi haqida, ijodkorlarning fol`klordan ijodiy usulda foydalanishidagi individual` stil`, mahorat masalalari to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlar yosh ijodkorlar va kitobxonlarning seminar-majilisida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining 2018 yil 13 iyuldagi 104-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq yozuvchilarining romanlarda fol`klordan foydalanish xususiyatlari to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy xulosalar ijodkorlarga ijodiy mahorat darsi sifatida targ‘ib etilishiga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish