Mengboev Azizbek Alijon o‘g‘lining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “Ingliz va o‘zbek tillaridagi bayram va o‘yin  nomlarining lingvomadaniy tadqiqi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2024.4.PhD/Fil5328.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Narmuratov Zayniddin Radjabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, PhD.03/24.09.2025.Fil.197.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor, O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi ingliz va o‘zbek tillaridagi bayram va o‘yin nomlarining lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida inson hayotining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, san’at, sport, tabiat bilan bog‘liq tadbirlarning atoqli nomlari milliy va xalqaro an’ana, urf-odat hamda rasm-rusumlar kabi omillar integratsiyasida bayram nomlarini hosil qilishi dalillangan; 
qiyoslanayotgan tillardagi milliy xalq o‘yin nomlarining semantik maydoni har ikki xalq tilining milliy-lisoniy xususiyatlari, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, madaniy xotirasi, an’anasi va lingvistik tafakkuri kabi omillar negizida voqelanishi aniqlangan; 
o‘zbek tilida bayram nomlari bayram, hayit, kun, festival, konsert, ko‘rik-tanlov, ko‘rgazma kabi geortonimik indikatorlar vositasida hosil qilinsa, ingliz tilida Carnival, Feast, Anniversary, Jubilee, Ceremony, Rite kabi geortonimik indikatorlar ustivorligida shakllangani isbotlangan;
ingliz xalq o‘yin nomlari linvomadaniy xususiyatlari diniy marosimlar, bahorgi hosil bayramlari, folkloriy mifologik tasavvurlar, ichki qadriyatlar va agrar jamiyatning dunyoqarashini aks ettirsa, o‘zbek xalq o‘yinlari asosan urug‘-aymoq tizimi, jismoniy kuch, dehqonchilik va chorvachilik an’analari, oila va nasl-nasabga hurmat bilan bog‘liq ekanligi asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi bayram va milliy xalq o‘yin nomlarining lingvomadaniy tadqiqi tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida: 
ingliz va o‘zbek tillarida inson hayotining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, san’at, sport, tabiat bilan bog‘liq tadbirlarlarning atoqli nomlari milliy, xalqaro an’ana, urf-odat va rasm-rusumlar kabi omillar integratsiyasida bayram nomlarini hosil qilishiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 10-apreldagi №01/4-1330-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi bayram hamda milliy xalq o‘yin nomlarining semantikasi, ularning lingvomadaniy tahlili asosida zamonaviy leksikologiyaga doir muammolarning echimini topishning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi milliy o‘yin nomlarining semantik maydoni har ikki xalq tilining milliy-lisoniy xususiyatlari, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, madaniy xotirasi, an’anasi va lingvistik tafakkuri kabi omillar negizida voqelanishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini  yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 23-apreldagi №01/4-1608-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan fikr-mulohazalar ingliz va o‘zbek tilshunosligida bayram hamda milliy o‘yin nomlarining lingvomadaniy xususiyatlarini yoritishda muhim ilmiy manba sifatida xizmat qilgan;
o‘zbek tilida bayram nomlari bayram, hayit, kun, festival, konsert, ko‘rik-tanlov, ko‘rgazma kabi geortonimik indikatorlar vositasida hosil qilinsa, ingliz tilida Carnival, Feast, Anniversary, Jubilee, Ceremony, Rite kabi geortonimik indikatorlar ustivorligida shakllanganiga oid xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanalida “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining 2025-yil 7-apreldagi №05-09-430-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy izlanuvchilarga,  talabalarga  ingliz va o‘zbek xalqlarining an’analari, urf-odatlari, turmush tarzini qiyoslash imkoni paydo bo‘lgan, ma’naviy qadriyatlar tizimida alohida o‘rin egallagan bayram, o‘yin, marosimlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari bo‘yicha lingvokulturologiya, etnolingvistika kabi yo‘nalishlar doirasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hajmi ko‘paygani haqida xorijiy til professor-o‘qituvchilari va talabalarga ma’lumot berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish