Bokiev Komilxon Umarxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Huvaydoning “Rohati dil” asari matniy tadqiqi”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.3.PhD/Fil2685.
Ilmiy rahbar: Rahmonov Nasimxon Askarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Boltaboeva Ozoda Yuldashalievna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Xojanazar Huvaydo asarlari, xususan, “Rohati dil” dostoni qo‘lyozma va toshbosma nusxalarini tadqiq etish orqali uning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rnini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadiqotning ilmiy yangiligi:
Huvaydo biografiyasi va ijodiga oid manbalar tekshirilib, uning hayotiga oid mavjud ma’lumotlarga aniqlik kiritilgan, “Rohati dil” asarining asliyat va nashr variantlari qiyosi natijasida xato o‘qilgan 100 dan ortiq so‘zlar hamda o‘zgartirilgan misralar qo‘lyozma nusxalar asosida tiklangan;
Xojanazar Huvaydo “Devon”ining 2005-yildagi Toshkentda nashr etilgan versiyasi hamda 2017-yilda qayta chop etilib, to‘ldirilgan nashri bilan shoir ijodi bo‘yicha ma’lumot beruvchi birlamchi manbalar: qo‘lyozma va toshbosmalar qiyosiy taqqoslanishi natijasida nashrlarda mavjud bo‘lmagan bir munojot-g‘azal va 48 misradan iborat she’r aniqlangan;
“Rohati dil” dostonining O‘zR FA ShI Qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan 14 ta qo‘lyozma hamda O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyidagi 2 ta qo‘lyozma va 1ta toshbosma nusxalarning har biri batafsil monografik tasnif qilinib, ilmiy asoslangan;
“Rohati dil” asarining toshbosma nusxalari va nashr variantlari o‘zaro qiyoslanishi natijasida hali nashrda mavjud bo‘lmagan asar mohiyatini yanada teran yoritishga xizmat qiluvchi bir qancha baytlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Huvaydoning “Rohati dil” asari matniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Huvaydo biografiyasi va ijodiga oid manbalar tekshirilib, uning hayotiga oid mavjud ma’lumotlarga aniqlik kiritilgan, “Rohati dil” asarining asliyat va nashr variantlari qiyosi natijasida xato o‘qilgan 100 dan ortiq so‘zlar hamda o‘zgartirilgan misralar qo‘lyozma nusxalar asosida tiklanganiga, “Rohati dil” asari orqali XIII asrgacha bo‘lgan manbalarning keyingi asrlarda vujudga kelgan mumtoz asarlarga ta’siri masalalariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021 – 2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli davlat granti asosidagi ilmiy-amaliy loyihada samarali foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 13-sentyabrgi 04/1-2405 -son ma’lumotnomasi). Natijada, ijodkorning badiiy san’atlardan va obrazlardan foydalanish mahorati, badiiy tasviriy vositalarda shoir ruhiyatining mutanosibligi masalasiga oid xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
Xojanazar Huvaydo “Devon”ining 2005-yildagi Toshkentda nashr etilgan versiyasi hamda 2017-yilda qayta chop etilgan to‘ldirilgan nashri bilan shoir ijodi bo‘yicha ma’lumot beruvchi birlamchi manbalar: qo‘lyozma va toshbosmalar qiyosiy taqqoslanishi natijasida nashrlarda mavjud bo‘lmagan bir munojot-g‘azal va 48 misradan iborat she’r aniqlanganiga, Huvaydo lirikasida obraz va ramzlar tizimi aniqlanib, shoirning obraz yaratish mahorati asoslangani, obrazlarda ijodkor ruhiyati uyg‘unligi va o’zbek xalqi adabiy-estetik tafakkuri rivojiga qo’shgan hissasiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 21-iyundagi 01/4-2655-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xo‘jamnazar Huvaydo ijodi mumtoz adabiyotimizning islomiy sarchashmalari va o‘zigacha bo‘lgan barcha diniy qo‘lyozma manbalar, xususan, VII-VIII asrlardan boshlab to XIII asrgacha yaratilgan mo‘tabar manbalardan samarali foydalana olganligi, qolaversa, XIII asrgacha bo‘lgan manbalarning keyingi asrlarda vujudga kelgan mumtoz asarlarga ta’siri masalalariga oid ilmiy materiallardan elektron platforma materiallarini tayyorlashda foydalanilgan;
“Rohati dil” dostonining O‘zR FA ShI Qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan 14 ta qo‘lyozma hamda O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyidagi 2 ta qo‘lyozma va 1ta toshbosma nusxalarining monografik tasnifiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021 – 2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli davlat granti asosidagi ilmiy-amaliy loyihada samarali foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 13-sentyabrgi 04/1-2405 -son ma’lumotnomasi). Natijada, “Rohati dil” dostonining O‘zR FA ShI Qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan 14 ta qo‘lyozmasi va O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyidagi 2 ta qo‘lyozma va 1ta toshbosma nusxalarining monografik tasnifiga oid xulosalar elektron platforma materiallarini qo‘lyozma manbalar haqidagi ma’lumotlar bilan boyitishga asos bo‘lgan;
“Rohati dil” asarining toshbosma nusxalari va nashr variantlari o‘zaro qiyoslanishi natijasida hali nashrda mavjud bo‘lmagan asar mohiyatini yanada teran yoritishga xizmat qiluvchi bir qancha baytlar tahliliga oid chiqarilgan ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 21-iyundagi 01/4-2655-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Rohati dil” asarining toshbosma nusxalari va nashr variantlari qiyosi natijasida mavjud nashrlarda ucramaydigan bir qancha baytlar tahlili masalalariga oid ilmiy materiallardan elektron platforma materiallarini tayyorlashda foydalanilgan.