Kamilova Madina Xamidjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilada huquqiy savodxonlik shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Entopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P498.
Ilmiy rahbar: Bahrom Juraev, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ganjiev Feruz Furqatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Qodirov Obid Safarovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi  tashkilot:  Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilaviy munosabatlarda huquqiy savodxonlik shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
huquqiy me’yorlarni idrok qilish va o‘zlashtirishga oilaviy hayot tajribasining ta’siri natijasida yosh oilalarning ijtimoiy rollar bilan bog‘liq axloqiy ustanovkalarni anglashga intilishini, etuk yoshidagi oilalarda esa oilaviy hamkorlikdagi majburiyatga nisbatan emotsional munosabatni ustuvorligi tufayli huquqiy madaniyatni ijtimoiy-axloqiy imprinting orqali mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga uyg‘un shakllanishi asoslangan;
oilada huquqiy savodxonlikni shakllantirishda irodaviy-regulyativ va ehtiyojli-motivatsion jihatlar, kognitiv, emotsional xususiyatlar, ijtimoiy etuklikning axloqiy hislarni namoyon bo‘lishiga ta’siri tufayli shaxsning huquqiy refleksiya va qaror qabul qilish kompetensiyalarini ijtimoiy adaptiv ko‘nikmalar orqali rivojlantirish muhimligi aniqlangan;
oilaviy munosabatlardagi huquqiy savodxonlik huquqiy konformizm, realizm, kognitiv va axloqiy ehtiyojlarning quyilashgani sari oiladagi ijtimoiy rollar bilan bog‘liq majburiyatlarni anglash darajasini pasayishi tufayli huquqiy ongni qadriyatlar ierarxiyasi orqali  oiladagi simbiotik munosabatlarga integrativ shakllanganligiga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
oilaviy munosabatlarda huquqiy savodxonlik shakllanishining ijtimoiy psixologik xususiyatlariga ko‘ra, nuklear oilalarga qaraganda, ko‘p bo‘g‘inli oilalarda huquqiy savodxonlik dinamikasi real hayotiy muammolarni hamda shaxslararo munosabatlardagi konformlikni (murosakorlik) yuzaga kelishida yetakchi omil ekanligiga asoslanib oiladagi huquqiy munosabatlarning namoyon bo‘lishi ijtimoiy ustanovkalarning kognitiv, motivatsion-qadriyatli jihatlariga kognitiv intuisiya orqali bog‘liq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Oilada huquqiy savodxonlik shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari”ni o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
huquqiy me’yorlarni idrok qilish va o‘zlashtirishga oilaviy hayot tajribasining ta’siri natijasida yosh oilalarning ijtimoiy rollar bilan bog‘liq axloqiy ustanovkalarni anglashga intilishini, etuk yoshidagi oilalarda esa oilaviy hamkorlikdagi majburiyatga nisbatan emotsional munosabatni ustuvorligi tufayli huquqiy madaniyatni ijtimoiy-axloqiy imprinting orqali mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga uyg‘un shakllanishi asoslanganliga oid natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgust PM-179-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179-a son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy munosabatlarda huquqiy savodxonlikni o‘rganishga doir metodologik yondashuvlar mazmuni tahlil qilingan;
oilada huquqiy savodxonlikni shakllantirishda irodaviy-regulyativ va ehtiyojli-motivatsion jihatlar, kognitiv, emotsional xususiyatlar, ijtimoiy etuklikning axloqiy hislarni namoyon bo‘lishiga ta’siri tufayli shaxsning huquqiy refleksiya va qaror qabul qilish kompetensiyalarini ijtimoiy adaptiv ko‘nikmalar orqali rivojlantirish muhimligi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgust PM-179-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179-a son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy munosabatlarda huquqiy savodxonlikni takomillashtiruvchi psixologik xususiyatlar aniqlashtirilgan; 
oilaviy munosabatlardagi huquqiy savodxonlik huquqiy konformizm, realizm, kognitiv va axloqiy ehtiyojlarning quyilashgani sari oiladagi ijtimoiy rollar bilan bog‘liq majburiyatlarni anglash darajasini pasayishi tufayli huquqiy ongni qadriyatlar ierarxiyasi orqali  oiladagi simbiotik munosabatlarga integrativ shakllanganligiga bog‘liq ekanligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgust PM-179-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179-a son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy munosabatlarda huquqiy savodxonlik shakllanishini belgilovchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlar tahlil etilgan;
oilaviy munosabatlarda huquqiy savodxonlik shakllanishining ijtimoiy psixologik xususiyatlariga ko‘ra nuklear oilalarga qaraganda, ko‘p bo‘g‘inli oilalarda huquqiy savodxonlik dinamikasi real hayotiy muammolarni hamda shaxslararo munosabatlardagi konformlikni (murosakorlik) yuzaga kelishida yetakchi omil ekanligiga asoslanib oiladagi huquqiy munosabatlarning namoyon bo‘lishi ijtimoiy ustanovkalarning kognitiv, motivasion-qadriyatli jihatlariga kognitiv intuisiya orqali bog‘liq ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgust PM-179-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179-a son ma’lumotnomasi). Natijada huquqiy savodxonlik va shaxs ijtimoiy sifatlarining aloqadorlik omillari aniqlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish