Abduvaliev Boxadir Abdulhaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Aqlli shaharlar: fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oilaviy huquq. Xalqaro xususiy huquq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1286
Ilmiy rahbar: Gulyamov Said Saidaxrorovich, yuridik fanlar doktori, prοfessοr.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Yuldashev Jaxongir Inomovich, yuridik fanlari doktori, professor Topildiev Vohidjon Rahimjonovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi O‘zbekiston Respublikasida “aqlli shahar”lardagi munosabatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha nazariy-huquqiy asoslar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizda “aqlli shahar”larni loyihalashtirish va rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari belgilangan me’yorlarga muvofiq telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun binolar yoki alohida xonalar qurilishi, shuningdek, mazkur maqsadlar uchun er (joy) ajratilishi zarurligi asoslantirilgan;
davlat xaridlari tizimini raqamlashtirish, elektron bayonnomalar yuritish va elektron raqamli imzolardan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha takliflari asoslantirilgan;
shaharlarda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish, raqamli resurslar, raqamli dasturlar va platformalarni yaratish hamda fuqarolarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash zarurligi asoslantirilgan;
ish qidirayotgan shaxslarga oid ma’lumotlarni raqamlashtirish, tegishli tashkilotlar tomonidan shaxslarning ish staji va ma’lumotiga oid ma’lumotlarni “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olish imkoniyatini yaratish bo‘yicha takliflari asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
mamlakatimizda “Aqlli shahar”larni loyihalashtirish va rivojlantirish jarayonida mahalliy davlat hokimiyati organlari belgilangan me’yorlarga muvofiq telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun binolar yoki alohida xonalar qurilishi hamda ushbu maqsadlar uchun er (joy) ajratilishi zarurligi haqidagi ilmiy takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 27 dekabrdagi “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi O‘RQ–1015-son Qonunining 21-moddasi oltinchi qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 20 iyun`, №3/dn–127-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi shahar infratuzilmasini barpo etishda raqamli muhitni yaratish va telekommunikatsiya tarmoqlarini huquqiy jihatdan mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
davlat xaridlari tizimini raqamlashtirish, elektron bayonnomalar yuritish hamda elektron raqamli imzolardan foydalanishni kengaytirishga oid ilmiy takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 27 dekabrdagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ–1005-son Qonunning 1-moddasi 28-bandi to‘qqizinchi–o‘ninchi xatboshilari (“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 69-moddasi o‘n ettinchi qismiga kiritilgan o‘zgartish)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 20 iyun`, №3/dn–127-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi “aqlli shahar”larda iqtisodiy jarayonlarning ochiqligi va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qilgan;
shaxarlarda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish, raqamli resurslar, dasturlar va platformalarni takomillashtirish hamda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 3 oktyabrdagi “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi O‘RQ–970-son Qonunining 22-moddasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 20 iyun`, №3/dn–127-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi “aqlli shaharlar”da raqamli innovatsiyalar ekotizimini yaratish va kreativ sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilgan;
ish qidirayotgan shaxslarga oid ma’lumotlarni raqamlashtirish, shaxslarning ish staji va ta’limga oid ma’lumotlarini “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olish imkoniyatini yaratish haqidagi ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 27 sentyabrdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–967-son Qonunining 1-moddasi 17-bandi to‘rtinchi xatboshisi (“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi uchinchi qismi)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 20 iyun`, №3/dn–127-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy qilinishi aholining raqamli faolligini oshirish, fuqarolarning mehnat munosabatlarida shaffoflikni ta’minlash va “aqlli shahar”larda inson kapitali rivojiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish