Sharipova El`vina Midatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eksperimental o‘pka fibrozida regionar limfa tugunlarining struktur o‘zgarishlari” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4021.
Ilmiy rahbar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Akademik Vagner nomidagi Perm` davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: kalamushlarda turli yosh guruhlarida eksperimental o‘pka fibrozida regionar limfa tugunlari struktur o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qo‘ltiq osti va bo‘yin limfa tugunlarining yoshga bog‘liq gistologik xususiyatlari postnatal ontogenezning kech davrida kortikal va miya soxalar qayta tuzilishini, limfoid komponentlar nisbatidagi o‘zgarishlardan yosh o‘sishi bilan limfoid faolligining asta-sekin pasayishi aniqlangan;
ilk bor o‘pka fibrozida qo‘ltiq osti va bo‘yin limfa tugunlarining morfologik xususiyatlari o‘rganilib, bu tugun arxitekturasining buzilishi, limfoid follikulalarning qisqarishi, kortikal soxa yupqalashishi, lipomatoz va fibromatoz jarayonlarning rivojlanishi aniqlangan;
ilk bor o‘pka fibrozida qo‘ltiq osti va bo‘yin limfa tugunlarida Bcl-2 markeri immunogistokimyoviy jihatdan surunkali yallig‘lanish va fibrogenez sharoitida immunitetni qayta qurish mexanizmlari Bcl-2 ekspressiyaning yuqori darajasi bilan ifodalanishi asoslangan;
ilk bor anor danagi yog‘i bilan korreksiyadan keyin eksperimental o‘pka fibrozida qo‘ltiq osti va bo‘yin limfa tugunlarining morfologik holatiga ijobiy ta’siri sklerotik va atrofik o‘zgarishlarning kamayishi va uning funksional faolligi qisman tiklanishi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Olingan ilmiy natijalarga asoslanib, kalamushlarda regionar limfa tugunlarining morfofunksional xususiyatlari normada, o‘pka fibrozi bilan va anor danagi yog‘i bilan korreksiyasi “Eksperimental o‘pka fibrozida regionar limfa tugunlarining struktur o‘zgarishlarini baholash metodikasi” uslubiy tavsiyanomada tasdiqlandi (BuxDTI Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 1 iyuldagi 24-m/021-sonli xulosasiga asosan):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor qo‘ltiq osti va bo‘yin limfa tugunlarining yoshga bog‘liq gistologik xususiyatlari postnatal ontogenezning kech davrida kortikal va miya soxalar qayta tuzilishini, limfoid komponentlar nisbatidagi o‘zgarishlardan yosh o‘sishi bilan limfoid faolligining asta-sekin pasayishi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka fibrozida regionar limfa tugunlaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar natijasidagi patologik jarayonlar inobatga olinib, davolash natijalarini yaxshilashga, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirish, shifo jarayonini tezlashtirish imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: o‘pka fibrozida regionar limfa tugunlaridagi morfometrik o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik holatlarni erta inobatga olinishi, davolash samaradorligini oshishiga va byudjet mablag‘lari iqtisod qilishga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘pka fibrozida qo‘ltiq osti va bo‘yin limfa tugunlarining morfologik xususiyatlari o‘rganilib, bu tugun arxitekturasining buzilishi, limfoid follikulalarning qisqarishi, kortikal soxa yupqalashishi, lipomatoz va fibromatoz jarayonlarning rivojlanishi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: limfa tugunlari kapsulasi va parakortikal zona qalinligining morfologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan tadqiqot ma’lumotlarini amaliyotga joriy etish, kortikal va miya zonalarning qalinligi, chekka va miya sinuslarning umumiy maydoni, shuningdek, birlamchi va ikkilamchi follikulyar limfa o‘lchamining o‘zgarishi bilan ularning erta nazorat qilishiga, tashxislash, davolash, hayot sifatini yaxshilash va asoratlar sonining kamayishiga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorlik: kasallikning erta bosqichlarida aniqlanishi va davolashning samarali tashkil etilishi natijasida bemorlar uchun zarur bo‘lgan davo muolajalari hajmi optimallashtirildi, bu esa har bir statsionar bemor uchun iqtisodiy jihatdan tejamkor davolanish imkonini yaratadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘pka fibrozida qo‘ltiq osti va bo‘yin limfa tugunlarida Bcl-2 markeri immunogistokimyoviy jihatdan surunkali yallig‘lanish va fibrogenez sharoitida immunitetni qayta qurish mexanizmlari Bcl-2 ekspressiyaning yuqori darajasi bilan ifodalanishi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: eksperimental hayvonlarning (oq kalamushlar) limfa tugunlarining morfologik jihatlariga o‘pka fibrozining ta’sirini aniqlash usulini ishlab chiqish azot dioksidi ta’sirida ushbu organlarni baholashni optimallashtirishga olib keladi. Bundan tashqari, ushbu usul laboratoriya hayvonlarining limfa tugunlariga fibroz ta’sir darajasini gistologik darajada samarali baholash imkonini beradi. O‘pka fibrozida limfa tugunlarida morfologik o‘zgarishlarni aniqlash, o‘z vaqtida davolash va asoratlarni oldini olish tartibini tizimli ravishda tashkil etish imkonini beradi Iqtisodiy samaradorlik: taklif etilgan tekshiruv usullaridan foydalanish va differensial yondashuv asosida davolash natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddati qisqarishiga, har bir bemor uchun byudjet mablag‘ini iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor anor danagi yog‘i bilan korreksiyadan keyin eksperimental o‘pka fibrozida qo‘ltiq osti va bo‘yin limfa tugunlarining morfologik holatiga ijobiy ta’siri sklerotik va atrofik o‘zgarishlarning kamayishi va uning funksional faolligi qisman tiklanishi bilan isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida tajribada o‘pka fibrozining laboratoriya hayvonlarining limfa tugunlariga ta’sirini morfologik o‘rganish va baholash metodologiyasi ishlab chiqildi va optimallashtirildi. O‘pka fibrozining butun organizmga ta’sir qilish darajasini baholash erta bosqichlarda o‘pka fibrozini aniqlashni o‘rganish sifatini yaxshilashga olib keladi. Bundan tashqari, o‘pka fibrozining limfa tugunlariga ta’sirining aniqlanganligi davolash va oldini olishni yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorlik: o‘pka fibrozining laboratoriya hayvonlari limfa tugunlarining morfologik jihatlariga ta’sirini aniqlash usulini amaliyotda qo‘llashda iqtisodiy samaradorlik tahlili shuni ko‘rsatdiki, kerakli natija bilan foydalanish narxi 200000 so‘mni tashkil qiladi.
Xulosa: shunday qilib, o‘pka fibrozining laboratoriya hayvonlarining regionar limfa tugunlarining morfologik jihatlariga ta’sirini aniqlash usuli bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishda, o‘z vaqtida davolash va erta oldini olishni baholashda katta imkon beradi. O‘pka fibrozida regionar limfa tugunlarining morfofunksional xususiyatlari va morfometrik o‘zgarishlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali (05.09.2024 yildagi 04/7422-sonli buyrug‘i bilan) va Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi (31.10.2024 yildagi 04/10421-son buyrug‘i bilan) amaliyotiga joriy etildi.