Berdibekova Hulkar Mavlonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Falsafaga oid terminlarning leksikografik talqini” 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligidan. Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil13999
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarova Guljahon Umirzakovna filologiya fanlari doktori, professor; Ubaydullaeva Maftuna Azamatovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek tilining izohli lug‘atlari va “Falsafa ensiklopedik lug‘ati”da keltirilgan falsafaga oid terminlarni leksikografik jihatdan tadqiq qilish, terminlar tavsifini mukammallashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
falsafaga oid terminlarning leksikografik tizimi ilk bor kompleks tarzda o‘rganilib, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” II (56 ta), V (86 ta) va VI (85 ta) jildlaridagi terminlar hamda “Falsafa ensiklopedik lug‘ati”dagi 466 ta (shundan 94 tasi shaxs nomlari) terminlar statistik, geneologik (genetik-etimologik) va shakliy tuzilish jihati statistik tahlil orqali ochib berilgan;
falsafaga oid terminlar o‘rtasidagi semantik munosabatlar: giper-giponimiya tizimidagi keng (giperonim) va tor (giponim) tushunchalar o‘zaro munosabatiga asoslanishi aniqlanib, terminlarda ekvonimik munosabatlar, omonimlik va polifunksionallik xususiyatlari ilmiy asoslangan;
tadqiq etilayotgan o‘zbek tilidagi falsafaga oid terminlar semantik ma’noviy guruhlarga ajratilib, leksemaning mazmun tomoni bo‘lgan semema va semalar aniqlangan hamda ularning semantik xususiyatlari: aniqlik, kontekstga bog‘liqlik kabi jihatlari dalillangan;
izohli lug‘atlar asosida yangi terminologik lug‘at tuzish uchun falsafiy terminlarni tanlash mezonlari ishlab chiqilib, “analogiya”, “determinizm” kabi terminlarga asoslangan holda illyustrativ misollar berishning ilmiy-nazariy tamoyillari taklif qilingan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Falsafaga oid terminlarning leksikografik talqiniga doir olingan ilmiy xulosalar asosida:
falsafaga oid terminlarning leksikografik tizimi ilk bor kompleks tarzda o‘rganilib, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” II (56 ta), V (86 ta) va VI (85 ta) jildlaridagi terminlar hamda “Falsafa ensiklopedik lug‘ati”dagi 466 ta (shundan 94 tasi shaxs nomlari) terminlar statistik, geneologik (genetik-etimologik) va shakliy tuzilish jihati statistik tahlil orqali ochib berilgan ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan AM-F3-201908172-sonli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (ToshDO’TAUning 2023-yil 04/1-1808-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy grant loyihasining ilmiy-nazariy jihatdan boyitilishiga erishilgan;
falsafaga oid terminlar o‘rtasidagi semantik munosabatlar: giper-giponimiya tizimidagi keng (giperonim) va tor (giponim) tushunchalar o‘zaro munosabatiga asoslanishi aniqlanib, terminlarda ekvonimik munosabatlar, omonimlik va polifunksionallik xususiyatlari ilmiy asoslangan natijalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi — o‘zbek tilining morfoleksioni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” innovatsion grant loyihasida tatbiq etilgan (ToshDO’TAUning 2024-yil 04/1-2956-son ma’lumotnomasi). Natijada, korpus lingvistikasi uchun muhim bo‘lgan terminlarning semantik va morfologik tuzilishini belgilashda nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
tadqiq etilayotgan o‘zbek tilidagi falsafaga oid terminlar semantik ma’noviy guruhlarga ajratilib, leksemaning mazmun tomoni bo‘lgan semema va semalar aniqlangan hamda ularning semantik xususiyatlari: aniqlik, kontekstga bog‘liqlik kabi jihatlari dalillangan ilmiy xulosalari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan AM-F3-201908172-sonli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (ToshDO’TAUning 2023-yil 04/1-1808-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilidagi falsafaga oid terminlarning semantik munosabatlarini o‘rganish bo‘yicha amaliy yondashuvlar takomillashtirilgan;
izohli lug‘atlar asosida yangi terminologik lug‘at tuzish uchun falsafiy terminlarni tanlash mezonlari ishlab chiqilib, “analogiya”, “determinizm” kabi terminlarga asoslangan holda illyustrativ misollar berishning ilmiy-nazariy tamoyillari taklif qilingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limining hisobot yig‘ilishlari va seminarlarida muhokama qilinib, amaliy faoliyatda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limining 2025-yil 23-sonli ma’lumotnomasi).
Natijada, o‘zbek tilidagi falsafiy terminlar uchun semantik teg kategoriyalari va model tuzish algoritmlari ishlab chiqilib, ularning amaliy qo‘llanish mexanizmi shakllantirilgan.
.