Chuyanov Dustmurod Shodmonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuproqni poliz ekinlari ekish uchun tayyorlashning energiya, resurstejamkor texnologiyalari va texnik vositalarini shakllantirishning ilmiy-texnikaviy echimi», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/T213.
Ilmiy maslahatchi: Mamatov Farmon Murtazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi, DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Bayboboev Nabijon G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor; Igamberdiev Asqar Kimsanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «BMKB-Agromash» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: poliz ekinlari etishtirishda energiya-resurstejamkorlikni ta’minlash, ish unumi va sifatini oshirish uchun bir o‘tishda tuproqni ekishga tayyorlash texnologiyasi va uni amalga oshiradigan kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poliz ekinlari ekish uchun ekish hududi palaxsalarini bir biriga nisbatan ularning og‘irlik markazlarini avval siljitmasdan, so‘ngra esa siljitib ag‘darish bilan bir vaqtda haydov ostini yo‘l-yo‘l yumshatish va dastlabki sug‘orish arig‘ini shakllantirish, qo‘shni ekish hududlari oralig‘ini yuza yumshatish, urug‘ ekish chizig‘i bo‘yicha tuproqni ekishga tayyorlash usuli ishlab chiqilgan;
poliz ekinlari ekish uchun tuproqni tayyorlaydigan energiya-resurstejamkor texnologiyani amalga oshiradigan kombinatsiyalashgan agregatning konstruksiyasi ishlab chiqilgan va uning ish organlarini ramada o‘zaro joylashish sxemasi asoslangan;
kombinatsiyalashgan agregatning parametrlari poliz ekinlari ekish hududi palaxsalari og‘irlik markazini ko‘ndalang yo‘nalishda qisman siljitib ag‘darish hamda haydov osti qatlamini yumshatish asosida aniqlangan;
kombinatsiyalashgan agregat agrotexnik va energetik ko‘rsatkichlari agregatning parametrlari va agregat harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ifodalovchi bog‘liqliklar asosida aniqlangan;
poliz ekinlarini ekish uchun tuproqni tayyorlashda yo‘naltiradigan plastinali chap va o‘ngga ag‘daradigan korpuslar, chuquryumshatgich, tekiskechkichlar va g‘altakdan tashkil topgan kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tuproqni poliz ekinlari ekish uchun tayyorlash texnologiyasi va kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqish va uning ishchi qismlari parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
poliz ekinlarini ekiladigan tuproqqa ishlov berish va ekish usuliga Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan («Tuproqqa ishlov berish va ekish usuli», №IAP 04004-2009 y.). Natijada poliz ekinlari ekish hududida palaxsalarni o‘ng va chapga ag‘darish bilan bir vaqtda haydov ostini yo‘l-yo‘l yumshatish va sug‘orish arig‘ini shakllantirish, qo‘shni ekish hududlari oralig‘ini yuza yumshatish, urug‘ ekish chizig‘i bo‘yicha tuproqni ekishga tayyorlash usulini yaratish imkonini bergan;
kombinatsiyalashgan agregatga Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan («Tuproqqa ishlov berish va ekish uchun mujassamlashgan qurol», №IAP 03618, 2008 y.). Natijada erlarni bir o‘tishda tuproq palaxsalarni o‘ng va chapga ag‘darish, haydov osti qatlamini yo‘l-yo‘l yumshatish va sug‘orish arig‘ini shakllantirish, ekish hududlari oralig‘ini esa yuza yumshatishni amalga oshiradigan kombinatsiyalashgan agregat konstruksiyasini yaratish imkonini bergan;
bir o‘tishda tuproqni poliz ekinlari ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan agregat Qamashi tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 02/023-282-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir gektar erga sarflanadigan yonilg‘i-moylash materiallari 48,5 foizga, foydalanish harajatlari esa 28,4 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan.
kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari «BMKB-Agpomash» AJ da ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 02/023-282-son ma’lumotnomasi). Natijada erlarni poliz ekinlari ekishga tayyorlaydigan yuqori samarali kombinatsiyalashgan mashinalarni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.