Hamitov Fakhri Maxmut o‘glining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gaz sanoati korxonalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Bekimbetova Gulnora Maratovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpo‘latov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gaz sanoati korxonalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tadbirkorlik subektlariga tabiiy va suyultirilgan gazni O‘zbekiston Respublikasiga import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini 120 kungacha muddatga foizlar hisoblanmagan va uning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda, kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi berish taklif etilgan;
gaz sanoatini moliyalashtirishda ekologik barqarorlikni hisobga olgan holda, “yashil obligatsiyalar” va “barqarorlikka yo‘naltirilgan kreditlar”ni joriy etish taklif etilgan;
“mahalla ettiligi” xulosasi asosida reestrlarga kiritilmagan, biroq kambag‘allikka tushish xavfi bo‘lgan oilalarga tabiiy gaz uchun 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berish taklif etilgan;
xalqaro konsalting kompaniyalari ko‘magida ustav kapitallarida davlat ulushini 51 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda saqlab qolgan holda, mahalliy va xalqaro fond bozorlarida aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish orqali “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘ztransgaz” AJga investorlar jalb qilish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gaz sanoati korxonalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik subektlariga tabiiy va suyultirilgan gazni O‘zbekiston Respublikasiga import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini 120 kungacha muddatga foizlar hisoblanmagan va uning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda, kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi berish taklifi “Hududgazta’minot” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Hududgazta’minot” AJ ning 2025 yil 14 maydagi 18-24/34-son ma’lumotnomasi). Natijada, gaz import qiluvchi korxonalar QQSni darhol to‘lamasdan, 120 kungacha kechiktirishi ularning aylanma mablag‘larini erkinlashtiradi. Bu ayniqsa ishlab chiqaruvchi va energetika sohasidagi korxonalar uchun moliyaviy yukni kamaytirgan.
gaz sanoatini moliyalashtirishda ekologik barqarorlikni hisobga olgan holda, “yashil obligatsiyalar” va “barqarorlikka yo‘naltirilgan kreditlar”ni joriy etish taklifi “Hududgazta’minot” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Hududgazta’minot” AJ ning 2025 yil 14 maydagi 18-24/34-son ma’lumotnomasi). Natijada, gaz sanoatida ekologik va iqtisodiy manfaatlar uyg‘unlashadi, moliyaviy barqarorlik mustahkamlanadi va mamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi amalda ro‘yobga chiqgan. 
“mahalla ettiligi” xulosasi asosida Reestrlarga kiritilmagan, biroq kambag‘allikka tushish xavfi bo‘lgan oilalarga tabiiy gaz uchun 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berish taklifi “Hududgazta’minot” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Hududgazta’minot” AJ ning 2025 yil 14 maydagi 18-24/34-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining ijtimoiy himoyasi va barqarorligi mustahkamlanadi, kambag‘allikka qarshi kurashish tizimi yanada manzilli va mahalla darajasida samarali mexanizmga aylangan;
xalqaro konsalting kompaniyalari ko‘magida ustav kapitallarida davlat ulushini 51 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda saqlab qolgan holda, mahalliy va xalqaro fond bozorlarida aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish orqali “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘ztransgaz” AJga investorlar jalb qilish taklifi “Hududgazta’minot” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Hududgazta’minot” AJ ning 2025 yil 14 maydagi 18-24/34-son ma’lumotnomasi). Natijada gaz sanoati korxonalari faoliyatining shaffofligi, raqobatbardoshligi va investision jozibadorligi ortadi, xalqaro bozorlarga chiqish orqali yangi moliyaviy resurslar jalb qilinadi, davlat esa o‘z ulushini saqlagan holda strategik boshqaruvni davom ettirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish