Kenjaev Ilhom G‘iyozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy resurslarini joylashtirish samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Iqt805.
Ilmiy rahbar: Shennaev Xo‘jayor Musurmanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy resurslarini joylashtirishning zamonaviy holatini tahlil va tadqiq etish hamda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urtalovchilar o‘z ta’sischilariga, aksiyadorlariga va xodimlariga qarz berish imkoniyatidan to‘liq foydalanish bo‘yicha qarz mablag‘ini berish tartibi taklif etilgan;
sug‘urta tashkilotlarining investisiya faoliyatini samarali boshqarishda autsorsing tizimini qo‘llash orqali konseptual yondashuvlarni aniqlash, boshqaruvchi kompaniya tanlovini o‘tkazish mexanizmi takomillashtirish;
sug‘urta tashkilotining investisiya faoliyatini ekspress-diagnostikasini o‘tkazishda investisiya qiymatini marjasi, yalpi investisiya daromadda sof daromadning ulushi, investisiya daromadi, investisiya daromadlarining investisiya xarajatlariga nisbati koeffisienti, investisiya xarajatlarining investisiya daromadlariga nisbati koeffisientini nisbiy ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan;
sug‘urta tashkilotining investisiya faoliyatini sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha investisiya portfelini boshqarishning sifat ko‘rsatkichlari, investisiya qo‘yilmalari rentabelligini oshirish ko‘rsatkichlari, investisiya portfelini tashkil qiluvchi aktivlarning sifatini baholash ko‘rsatkichlari, investisiya faoliyati natijalariga bog‘liq bo‘lgan moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy resurslarini joylashtirish samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urtalovchilar o‘z ta’sischilariga, aksiyadorlariga va xodimlariga qarz berish imkoniyatidan to‘liq foydalanish bo‘yicha berilgan taklif “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 19 oktyabrdagi 01-01/3733-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida kompaniya tomonidan 2018 yil 30 mayda “Kompaniya xodimlariga qarz mablag‘i berish tartibi” tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan;
sug‘urta tashkilotining investisiya faoliyatini tashkil etish va uni sifati bo‘yicha ekspress-diagnostika o‘tkazish uchun nisbiy ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha berilgan taklif “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 19 oktyabrdagi 01-01/3733-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amalda qo‘llanilishi natijasida sug‘urta tashkilotining investisiya qo‘yilmalari miqdori 2018 yilning 9 oyligida 55,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 146,5 foizga oshgan. Investisiya faoliyatidan olingan daromadlar miqdori 143 foizga oshib, 3,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
sug‘urta tashkilotlarining investisiya resurslarini autsorsing asosida joylashtirish bo‘yicha berilgan taklif “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 19 oktyabrdagi 01-01/3733-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sug‘urta tashkilotining moliyaviy resurslari samaradorligini oshirishi va u tomonidan boshqaruvchi kompaniyani tanlov asosida tanlab olish imkonini bergan;
sug‘urta tashkilotining investisiya faoliyatini sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirish bo‘yicha berilgan taklif “KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 23 noyabrdagi 01-01/4086-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta tashkilotining investisiya qo‘yilmalari miqdori 2018 yilning 9 oyligida 53,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 119,6 foizga oshgan. Sug‘urta tashkilotining investisiya faoliyatidan olingan daromadlari miqdori 211,4 foizga oshib, 8,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan.