Esirgapova Umida Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘chat qalinligi va ma’dan o‘g‘itlar me’yorini xashaki lavlagi (Chenopodiaceae, Beta vulgaris.s) ning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri (Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx1756
Ilmiy rahbar: Xalikov Baxodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, PhD.05/28.08.2024.Qx.182.01.
Rasmiy opponentlar: Xonkulov Xusniddin Xolikulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; Raxmatov Anvar Mamatovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida xashaki lavlagi ildizmeva va bargidan mo‘l, sifatli hosil olishda maqbul ko‘chat qalinligi va ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarini aniqlash hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida xashaki lavlagidan mo‘l va sifatli ildizmeva hamda barg hosili olishda maqbul ko‘chat qalinligi va ma’dan o‘g‘it meʻyorlari aniqlab berilgan;
tadqiqot jarayonida urug‘larni laboratoriya va dala sharoitlarida unib chiqish darajasi, ko‘chatlar soni hamda ularning nobud bo‘lish darajasi aniqlangan;
tadqiqotda xashaki lavlagining biologiyasidan kelib chiqib, ko‘chat qalinligi va ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarini ta’siri bo‘yicha mos ravishda o‘sish va rivojlanish fazalari kuzatilib, hisob-kitob ishlari olib borilgan;
ko‘chat qalinligi va ma’dan o‘g‘it me’yorlarini xashaki lavlagi ildizmeva va barg hosildorligi hamda sifatiga ta’siri aniqlab berilgan;
xashaki lavlaginini maqbul ko‘chat qalinligi va ma’dan o‘g‘itlar me’yorida yetishtirishda iqtisodiy samaradorlik hisoblangan hamda yetishtirish agrotexnikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida ko‘chat qalinligi va ma’dan o‘g‘it me'yorlarining xashaki lavlagini o‘sishi, rivojlanishi va ildizmeva hosildorligiga ta’siri (Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida) bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
xashaki lavlagini maqbul ko‘chat qalinligi va ma’dan o‘g‘it meʻyorlarini qo‘llash yuzasidan «Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida xashaki lavlagini etishtirish bo‘yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 27-avgustdagi № 05/06-04498-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma dehqon va fermer xo‘jaliklarida xashaki lavlagi etishtirishda qo‘llanma sifatida keng foydalanilmoqda;
Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida xashaki lavlagini parvarishida ko‘chat qalinligini gektariga 110-120 ming dona qoldirib, mineral o‘g‘itlarni NPK 200:140:100 kg/ga me’yorida qo‘llash agrotexnologiyasi Payariq tumanida 3,5 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy  markazining 2025 yil 27 avgustdagi №05/06-04-498-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ildizmeva hosildorligi 10-15 % ga, barg hosildorligi 8-10 % ga oshgan, ildizmeva va bargdagi ozuqaviy sifat ko‘rsatkichlari 8-10 % ga yaxshilanganligiga erishilgan.
Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida xashaki lavlagini parvarishida ko‘chat qalinligini gektariga 90-100 ming.dona qoldirib, parvarishida mineral o‘g‘itlarni NPK 160:120:80 va NPK 200:140:100 kg/ga me’yorlarida qo‘llash agrotexnologiyasi Payariq tumanida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy  markazining 2025 yil 27 avgustdagi №05/06-04-498-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, xashaki lavlagidan tegishlicha 673,5 va 674,0 s/ga ildizmeva hosili olinib, ko‘chat qalinligi gektariga 110-120 ming dona bo‘lgan, ma’dan o‘g‘itlar NPK 160:120:80 kg/ga me’yorida parvarishlanganga nisbatan 16,6-55,9 s/ga yuqori bo‘lib, shartli sof foyda 14846606 so‘m/ga, rentabellik darajasi esa 83,7 % gacha oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish