Mirolimov Miraziz Mirjavxarovichning
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virsungolitiaz asoratli surunkali pankreatitning jarrohlik yo‘li bilan davolashning taktik-texnik jihatlarini optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5621.
Ilmiy rahbarlar: Ismailov Saydimurad Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Baymaxanov Bolatbek Bimendeevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Abdullajonov Baxrom Rustamjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jarrohlik aralashuvining taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish orqali virsungolitiaz bilan asoratlangan CP bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali pankreatitning virsungolitiaz asorati bilan kechishida turli nurli vizualizatsiya usullarining sezgirligi va o‘ziga xosligini aniqlash bilan birga kasallikning og‘irlik darajasini belgilovchi, amilaza darajasi, og‘riq sindromining dinamikasi va jismoniy faollik ko‘rsatkichlari kabi asosiy mezonlar aniqlangan;
asosiy pankreatik yo‘l to‘qimasining morfofunksional xususiyatlarini hisobga oladigan, optimal germitikligini, ingichka ichak to‘qimasi bilan moslashtirishni ta’minlaydigan, anastamoz etishmovchiligini va qon ketish xavfini minimallashtirishga yordam beradigan, pankreatoeyunoanastomoz bajarish usullari takomillashtirilgan;
virsungolitiaz bilan asoratlangan surunkali pankreatitni xirurgik davolashda kasallikning o‘ziga xos asoratlari va qaytalanish chastotasi nuqtai nazaridan amaliyot turini tanlash, va ularning klinik samaradorligini baholash orqali mul`tidissiplinar yondashuv ishlab chiqilgan;
virsungolitiaz bilan asoratlangan surunkali pankreatitli bemorlarda hayot sifati yaxshilanishining asosiy ko‘rsatkichlari ish qobiliyati tiklanishi, og‘riq sindromini pasayishi, jismoniy faollik oshgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘rsatilayotgan yuqori texnologik jarrohlik yordami sifatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali pankreatitning virsungolitiaz asorati bilan kechishida turli nurli vizualizatsiya usullarining sezgirligi va o‘ziga xosligini aniqlash bilan birga kasallikning og‘irlik darajasini belgilovchi, amilaza darajasi, og‘riq sindromining dinamikasi va jismoniy faollik ko‘rsatkichlari kabi asosiy mezonlar aniqlanganligi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga (2025 yil 5 iyuldagi 131-sonli buyruq asosida) va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga (2025 yil 23 iyundagi 77-sonli buyruq asosida) joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15 avgustdagi 23/31-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan oldingi tashxislashni optimallashtirish maqsadida tashxislash usullari - ul`tratovush tekshiruvi, mul`tispiral kompyuter tomografiyasi va magnit-rezonans xolangiopankreatografiya (MRXPG) qiyosiy tahlil qilindi. MRXPG virsungolitiazni aniqlashda va asosiy pankreatik yo‘lning zararlanish xususiyatini aniqlashda eng katta ma’lumotga ega ekanligi aniqlandi. Diagnostik aniqlik ko‘rsatkichlari: sezgirlik-97,1%, o‘ziga xoslik 64,7%, umumiy diagnostik aniqlik 84,6%. Operatsiyadan oldingi tayyorgarlik davri qisqardi, bemorlarning psixoemotsional zo‘riqishi kamaydi. Iqtisodiy samaradorligi: tashxislashni optimallashtirish orqali moliyaviy xarajatlarni 2100000 so‘mdan 1200000 so‘mgacha kamaytirishga erishildi, bir bemor uchun 900 ming so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: jarrohlik amaliyotidan oldingi tashxislash va jarrohlik aralashuvini taktik tanlashning ishlab chiqilgan algoritmi xato tashxislar sonini kamaytirish va ortiqcha tadqiqotlarni istisno qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: asosiy pankreatik yo‘l to‘qimasining morfofunksional xususiyatlarini hisobga oladigan, optimal germitikligini, ingichka ichak to‘qimasi bilan moslashtirishni ta’minlaydigan, anastamoz etishmovchiligini va qon ketish xavfini minimallashtirishga yordam beradigan, pankreatoeyunoanastomoz bajarish usullari takomillashtirilganligi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga (2025 yil 5 iyuldagi 131-sonli buyruq asosida) va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga (2025 yil 23 iyundagi 77-sonli buyruq asosida) joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15 avgustdagi 23/31-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu yondashuv uzoq muddatli kuzatuvda anastomozning yuqori darajada germetikligi va barqarorligiga erishish imkonini berdi. Ijtimoiy samaradorligi: jarrohlik davolashga ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar standartlashtiriladi, prognoz yaxshilanadi, operatsiyadan keyingi asoratlar xavfi kamayadi. Shunday qilib, pankreatoenteroanastomoz etishmovchiligi chastotasi 16,7% dan 10,0% gacha kamaydi; takroriy operatsiyalarga bo‘lgan ehtiyoj 16,7% dan 0% gacha (r = 0,06) kamaydi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usullarni joriy etish hisobiga moliyaviy xarajatlarni 20400000 so‘mdan 15200000 ming so‘mgacha kamaytirish va bitta bemor uchun 5200000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: choklar tarangligini fiziologik taqsimlanishini va to‘qimalarda adekvat qon aylanishini saqlab qolishni ta’minlaydigan pankreatoeyunoanastomozni shakllantirishning ishlab chiqilgan va klinik sinovdan o‘tgan modifikatsiyalangan usullari operatsiyadan keyingi erta asoratlar rivojlanishini minimallashtirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: virsungolitiaz bilan asoratlangan surunkali pankreatitni xirurgik davolashda kasallikning o‘ziga xos asoratlari va qaytalanish chastotasi nuqtai nazaridan amaliyot turini tanlash, va ularning klinik samaradorligini baholash orqali mul`tidissiplinar yondashuv ishlab chiqilganligi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.07.2025 yildagi 131-son buyruq) va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (23.06.2025 yildagi 77-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15 avgustdagi 23/31-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritm gastroenterolog, jarroh va radiologning muvofiqlashtirilgan ishiga asoslangan bo‘lib, bu bemorning ahvolini har tomonlama baholashni ta’minlaydi. MRT, MSKT va ERXPG ma’lumotlarini birlashtirish jarrohlik aralashuvi usulini tanlashni individuallashtirish va operatsiyadan oldingi rejalashtirish aniqligini oshirish imkonini beradi. Tashxislash va davolash sifati oshdi, asoratlar xavfi kamaydi, bemorlarning nogironligi kamaydi. Takroriy tekshiruvlar va keraksiz kasalxonaga yotqizishlar sonining kamayishi har 1000 bemor uchun jami 5,8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tejash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: bir bemor uchun 750000 so‘mni, 30 nafar bemor uchun yiliga 22500000 mln so‘mni tashkil etdi. Xulosa: mul`tidissiplinar yondashuvni klinik joriy etish natijalari tashxislash aniqligini oshirish, invaziv aralashuvlarga yondashuvni optimallashtirish va bemorlarning klinik natijalarini yaxshilash imkonini berdi, bunda statsionar davolanishning o‘rtacha davomiyligi 8,4 ± 0,8 dan 6,3 ± 0,5 kungacha.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: virsungolitiaz bilan asoratlangan surunkali pankreatitli bemorlarda hayot sifati yaxshilanishining asosiy ko‘rsatkichlari ish qobiliyati tiklanishi, og‘riq sindromini pasayishi, jismoniy faollik oshgani, aniqlanganligi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (05.07.2025 yildagi 131-son buyruq) va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (23.06.2025 yildagi 77-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15 avgustdagi 23/31-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: uch yillik kuzatuv natijalari: - konkrement qaytalanish chastotasi 33,3% dan 5,0% gacha kamaydi (r=0,033); og‘riq sindromi sezilarli darajada engillashdi; mehnat qobiliyatining tiklanishi qisqaroq muddatda yuz berdi. Iqtisodiy samaradorligi: takroriy aralashuvlar sonining kamayishi 47 nafar bemorni kuzatish davomida 56400000 million so‘m tejashga olib keldi. Xulosa: virsungolitiazni jarrohlik yo‘li bilan davolashning yangi usullarini joriy etish bemorlarning hayot sifatini oshirdi, og‘riq sindromini kamaytirdi, nogironlik darajasini pasaytirdi va mehnat qobiliyatini yaxshiladi.