Atabaeva Damira Turdibekovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda kun tartibini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2 PhD/Ped 4982.
Ilmiy rahbar: Fayizeva Voxid Baxramovich, biologiy fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Dissertatsiya ishi Chirchiq davlat pedagogika universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti PhD.03/27.09.2024.B.82.03.
Rasmiy opponentlar: Qaraxanova Lobarxon Musaxonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim, Pozilov Mamurjon Komiljonovich, biologiya fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Sharof Rashidov nomidagi, Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: yosh fiziologiyasi va gigienasi fanini o‘qitish asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda kichik yoshdagi o‘quvchilar sog‘lom turmush madaniyatining tarkibiy elementi bo‘lgan kun tartibini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarda o‘quvchilar sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirishga qaratilgan kompetensiyalarni “Yosh fiziologiyasi va gigienasi” fanini o‘qitish asosida shakllantirish bosqichlari fanlararo integratsiyaviy yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
 bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘quvchilar sog‘lom turmush madaniyatini integral tarkibiy elementi hisoblangan kun tartibini shakllantirish bo‘yicha professional tayyorgarlik samaradorligini optimallashtirishga mo‘ljallangan maqsadli, pedagogik jarayonli va natija bloklaridan iborat didaktik model o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish hamda fiziologik-gigienik talablar asosida takomillashtirilgan;    
“Yosh fiziologiyasi va gigienasi” fanini o‘qitish asosida o‘quvchilarda sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan integrativ yondashuv hamda “Ma’lumotlarni vizuallashtirish”, “Rasmli topishmoq”, “Gatering” kabi mualliflik metodlari asosida sog‘lom turmush madaniyati tarkibiy elementi hisoblangan kun tartibini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon ilmiy  asoslangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kun tartibini shakllantirishga xizmat qiluvchi raqamli ta’lim vositalaridan (2D animatsion infografik videorolik va interaktiv materiallar) foydalanishga asoslangan multimedia vositalari ishlab chiqilgan va o‘quvchilarda kun tartibini shakllantirish metodikasini kognitiv, motivatsion, kreativ, amaliy, akseologik mezonlar asosida amaliy samaradorligi matematik-statistik usullar bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda kun tartibini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalarining kun tartibiga oid pedagogik-psixologik, tashkiliy-pedagogik, uslubiy-didaktik taminot, salomatlikni saqlash faoliyatiga tayyorlashning metodologik yo‘nalishlari hamda ta’lim sifatini oshiruvchi pedogogik sog‘lomlashtirish muhitini tashkillashtirish imkoniyatlarini aniqlanishga oid taklif va tavsiyalar “Yosh fiziologiyasi va gigienasi (qozoq tilida)”  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i asosida berilgan 237-138 raqamli nashr ruxsatnomasi) hamda “Yosh fiziologiyasi va gigienasi” (o‘zbek tilida) nomli o‘quv qo‘llanmalar yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-602 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogika oliy o‘quv bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda sog‘lom turmush madaniyati tarkbiy elementi hisoblangan kun tartibiga oid pedagogik-psixologik, tashkiliy-pedagogik, shart-sharoitlari, ta’lim sifatini oshiruvchi pedagogik sog‘lomlashtirish muhitini tashkillashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda sog‘lom turmush madaniyati tarkbiy elementi hisoblangan kun tartibini shakllantirish kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli (kognitiv, motivatsion, kreativ, amaliy, akseologik) ishlab chiqildi va shu asosida kun tartibini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;   
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida samarali kun tartibini shakllantirishning metodik ta’minoti boyitildi hamda kun tartibining har bir komponentiga axborot kommunikativ texnologiyalaridan, interfaol usullar bilan prezintatsiya, kichik guruhlarda ishlash, turli xil mavzularga oid mustaqil ishlarni tayyorlash uchun pedogogik shart-sharoitlar yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 20-iyundagi 02-07-2360/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida samarali kun tartibining har bir komponentlariga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va innavatsion axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘llarini aniqlashga erishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11 noyabrdagi 429-son buyrug‘i asosida (232-602 raqamli nashr ruxsatnomasi) “Yosh fiziologiyasi va gigienasi” fanidan amaliy mashg‘ulotlar nomli o‘quv qo‘llanma (o‘zbek tilida) chop etilgan va amaliyotga joriy etilgan. Natijada mamlakatimizdagi pedagogik oliy ta’lim muassasalarida “Yosh fiziologiyasi va gigienasi” fanidan amaliy mashg‘ulot darslarida keng miqyosida foydalanish imkoniyatlar yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish