Eshboev Qahramon Bakir o‘g‘lining filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili Izohli lug‘atlari tavsiflarida so‘zlararo darajalanish tamoyili”. 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Fil628.
Ilmiy maslahatchi: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat universiteti, DSc.03/25.12.2024.Fil.164.01.
Rasmiy opponentlar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor; Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili izohli lug‘atlarida so‘zlararo darajalanish tamoyillarini aniqlash va ularning tavsiflanish xususiyatlarini lingvistik jihatdan tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tili izohli lug‘atlarining tuzilishi (so‘z birligining makro va mikro tuzilmasi, definisiyalar tartibi, grammatik va stilistik belgilarning ko‘rsatish tizimi, izohlarning struktural sxemasi va indeksatsiya tamoyillari) va mazmunini darajalanishi (so‘zlarning semantik gradatsiyasi, sinonimik va antonimik qatorlar bilan bog‘liqligi, ekspressiv-intensivlik darajasi va konnotativ qiymatlari) leksik birliklarning o‘zaro ierarxik-semantik munosabatlari, ularning gradatsion bog‘liqligi, intensivlik darajalari va ma’no kuchayishi yoki susayishi kabi jarayonlar hamda so‘zlararo darajalanishning struktural, semantik, funksional va kognitiv omillarini aniqlash asosida tahlil qilingan;
lug‘atlardagi so‘zlararo munosabatlar (sinonimiya, antonimiya, hiponimiya, giperonimiya, meronimiya va frazeologik bog‘liqlik) va darajalanish holatlari (gradatsion intensivlik, ma’no kuchayishi yoki susayishi, funksional va kontekstual o‘zgarishlar) so‘zlarning ierarxik-semantik tuzilishi, leksik birliklarning o‘zaro bog‘liqligi, stilistik va kognitiv xususiyatlari hamda kontekstual ishlatilish mezonlari asosida aniqlangan;
so‘zlarning semantik (ma’nolarining kuchayishi yoki susayishi, gradatsion o‘zgarishlari), stilistik (uslubiy rang-barangligi, rasmiylik yoki norasmiylik darajalari) va funksional (kommunikativ vazifa va qo‘llanish doirasi) darajalanish mezonlari ularning leksik tizimdagi o‘zaro ierarxik munosabatlari va gradatsion bog‘liqligini ilmiy-tahliliy tadqiqotlar, korpus ma’lumotlari va eksperimental kuzatishlar asosida o‘rganilgan;
so‘zlararo darajalanish tamoyilining (leksik birliklarning ierarxik-semantik tartibi, gradatsion bog‘liqligi, intensivlik darajalari va ma’no o‘zgarish jarayonlari) lug‘atshunoslikdagi o‘rni va ahamiyati izohli lug‘atlarda so‘zlarning o‘zaro munosabatlarini aniq ifodalash, foydalanuvchiga semantik farqlarni tushunarli etkazish va leksik tizimni tizimli yoritish imkonini berishi nazariy-tahliliy va ilmiy-amaliy tadqiqotlar asosida o‘rganilgan;
zamonaviy izohli lug‘atlarni tuzishda so‘zlararo ierarxik va gradatsion munosabatlarni, leksik birliklarning semantik intensivlik darajalari va ma’no o‘zgarish jarayonlarini lug‘at yozilishida izchil aks ettirish orqali foydalanuvchiga leksik birliklarning o‘zaro semantik farqlarini aniq tushuntirish imkonini beruvchi darajalanish tamoyillari asosida ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili izohli lug‘atlari tavsiflarida so‘zlararo darajalanish tamoyilini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tili izohli lug‘atlarida so‘zlararo darajalanish tamoyillarini lingvistik tahlil qilish, so‘zlararo darajalanishning semantik, stilistik va funksional mezonlarini tizimlashtirish hamda ularning lug‘atshunoslikdagi aks etish xususiyatlari aniqlash, lug‘at tuzіsh jarayonida so‘zlararo darajalanishni hisobga olgan holda yangі yondashuv va metodologik asoslar ishlab chiqish kabi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 17-iyundagi № 01/4-2554-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan;
o‘zbek tili izohli lug‘atlarida so‘zlararo darajalanish tamoyillarini aniqlash va ularning tavsiflanish xususiyatlarini lingvistik jihatdan tahlil qilishga oid ma’lumotlardan, o‘zbek tilida so‘zlararo darajalanish hodisasining nazariy asoslarini yoritishga oid faktik materiallardan, zamonaviy izohli lug‘at tuzishda darajalanish tamoyillarini qo‘llash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishga oid tahlillardan, lug‘atlardagi so‘zlararo darajalanish tamoyillarining lingvistik asoslarini aniqlashda foydalanilgan. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi gʻazallar asosida) mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 17-iyundagi № 01/4-2555-son ma’lumotnomasi). Natijada mualliflik korpusi ma’lumotlar bazasi, darajalanish leksemalarining til tizimidagi o‘rni, ularning lisoniy xususiyatlariga oid nazariy ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan;
o‘zbek tili izohli lug‘atlarida so‘zlararo darajalanishning semantik, stilistik va funksional mezonlarini tizimlashtirish hamda ularning lug‘atshunoslikdagi aks etish xususiyatlarini aniqlash, amaldagi izohli lug‘atlardagi leksik birliklar tavsifida qo‘llanilgan darajaviy ko‘rsatkichlarni chuqur tahlil qilish, ularning izchil va tizimli qo‘llanish darajasini aniqlash borasidagi taklif va mulohazalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 17-iyundagi № 01/4-2553-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot xulosalari asosida chiqarilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar amaliy loyiha doirasida elektron platforma, nazariy va amaliy materiallar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlarning grammatik tizimida mavjud mushtarak jihatlari va terminlar bazasini yaratishda dissertatsiyaning ilmiy xulosalariga asoslangan. Jumladan, dissertatsiyaning o‘quv izohli lug‘atlarning tuzilishi va tasnifi, so‘zlik qismini shakllantirishda darajalanish tamoyili asosida foydalanuvchi yoshiga, qo‘llanish maqsadiga mos leksik birliklarni tanlash, elektron lug‘at yaratishning metodologik asoslarini ishlab chiqish, multimediali grammatik elektron o‘quv lug‘atlarini elektron platformaga bog‘lash to‘g‘risidagi asosiy vositalardan biri sifatida tadqiq qilinishiga doir qarashlar tahlilidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 17-iyundagi № 01/4-2552-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot xulosalari asosida chiqarilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar amaliy loyiha doirasida elektron platforma, nazariy va amaliy materiallar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.