Mirzaev Baxadir Suyunovichning

doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T358

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston sharoitida tuproq eroziyasiga qarshi ishlov beradigan texnologiyalar va texnik vositalarni takomillashtirish», 05.07.01-Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarni mexanizatsiyalash (texnika fanlari).

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil-yo‘llari instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, 16.07.2013.T.07.01.

Rasmiy opponentlar:  t.f.d., prof. A.To‘xtaqo‘ziev, t.f.d., prof. T.I.Askarxodjaev, t.f.d., prof. B.P.Shaymardonov.

Yetakchi tashkilot: «O‘zagromashservis» uyushmasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

Pedagogik ish tajribasiga qo‘yilgan talabning bajarilgani: 2008 yildan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasi dotsenti.

    II. Nashr ishlari.  Ilmiy daraja talabgori tomonidan nashr ishlariga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilgan, jumladan:

a) O‘zbekiston Respublikasi OAK nashrlari ro‘yxatiga kiritilgan 4 ta milliy jurnallarda 9 ta ilmiy maqola,  2 ta maqola xorijiy ilmiy jurnallarda (European Applied Sciences. http://www.ortpublishing.de/p/blog-page_7.html. 05.00.00.№2) nashr qilingan va 1 ta O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtirolik patenti olingan (10.02.2014, IAP 04832).

b) dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida 5ta ma’ruza tezisi e’lon qilingan (2012, Rossiya Federatsiyasi; 2013, Bolgariya).

  III. Tadqiqotning maqsadi eroziyaga uchragan tuproqlarga ishlov berishni mexanik-texnologik asoslarini ishlab chiqish, tuproqni shamol va suv eroziyasidan himoya qilish, ishlov berishda energiya sarfini kamaytirish, tuproqda namni to‘plash va saqlashni yaxshilaydigan, ish unumdorligini oshiradigan yangi texnik vositalarni yaratish.

    IV. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi:

eroziyaga uchragan tuproqlarga ishlov berish texnologiyalari, ikki yarusli yumshatkich va o‘rkachli-pog‘onasimon shudgorlovchi plugning prinsipial sxemalari va konstruksiyalari yaratilgan;

palaxsaning og‘irlik markazini yoniga siljitmasdan va yoniga siljitib, ag‘darishni qo‘shib amalga oshirishni ifodalovchi mexanik-matematik modellar ishlab chiqilgan;

ikki yarusli yumshatkichning ish organlari va plugning qo‘shimcha korpusini tuproq bilan ta’sirlashish jarayonini ifodalovchi mexanik-matematik modellar ishlab chiqilgan;

ishlab chiqilgan qurollar ish organlarining ratsional parametrlarini asoslash imkonini beradigan analitik bog‘liqliklar yaratilgan;

ishlab chiqilgan qurollarning harakat turg‘unligini tahlil qilish imkonini beruvchi analitik bog‘liqliklar ishlab chiqilgan;

ikki yarusli yumshatkich va o‘rkachli-pog‘onasimon shudgorlovchi plugning sifat va energetik ko‘rsatkichlarini ish organlari parametrlari va harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan.

    V. Dissertatsiyani amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari. Ilmiy tadqiqot ishining natijalari asosida:

shamol va suv eroziyasiga chalingan nishab erlarga asosiy ishlov beradigan ikki yarusli yumshatkich va o‘rkachli-pog‘onasimon shudgorlovchi plugga dastlabki talablar va texnik topshiriqlar tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi  24.11.2014 y., TZ 23.01.470:2014 va TZ 23.01.471:2014);

ikki yarusli yumshatkich va o‘rkachli-pog‘onasimon shudgorlovchi plugning tajriba-sanoat namunalari ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazilgan («BMKB-Agromash» AJning 10.12.2014 y., 4-2014 va 5-2014 sonli bayonnomalari; «Qarshi ta’mirlash zavodi» MChJ 1.04.2015 y., 00/26-sonli ma’lumotnomasi). Ikki yarusli yumshatkich va o‘rkachli-pog‘onasimon plugning tajriba-sanoat namunalari 2011–2014 yillari Qashqadaryo viloyatidagi Qamashi va Chiroqchi tumanlari fermer xo‘jaliklarida g‘alla etishtirishda joriy qilinib, ish unumdorligining ortishi, yonilg‘i-moylash va foydalanish xarajatlarining kamayishi hisobiga iqtisodiy samara 180,1 mln. so‘mni tashkil etgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 4.04.2015 y., 02/09-278-sonli dalolatnoma).

Yangiliklarga obuna bo‘lish