Raxmonova Kamilla Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Energetik ichimlik ta’sirida timusning struktur-funksional xususiyatlarini tajribada baxolash”, 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2649.
Ilmiy rahbar: Il`yasov Aziz Saidmuratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori; Qurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi energetik ichimliklar ta’sirida timusda yuzaga keluvchi morfofunksional o‘zgarishlarni o‘rganish va zig‘ir moyining himoyaviy rolini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor energetik ichimliklar natijasida kalamushlar timusida intersisial stromadagi kollagen tolalar tutamlari sonining va qalinligining keskin ortib borishi kabi morfologik o‘zgarishlar yuzaga kelishi isbotlangan;
ilk bor energetik ichimliklar ta’sirida timusning immun hujayraviy komponentlaridagi tuzilish o‘zgarishlari yuzaga kelishiga hamda organning funksional faolligini pasayishiga, magiz qismida Gassal tanachalarining ko‘payishi va kal`sifikatsiya jarayonlarining kuchayishiga sabab bo‘lib, bu o‘zgarishlar organdagi distrofik jarayonlarni aks ettirganligi asoslangan;
tadqiqot davomida energetik ichimliklar ta’sirida timus funksiyasi tuzulishiga zig‘ir moyi bilan korreksiya qilish natijasida organ to‘qimasidagi immun gomeostazning tiklanishiga yordam berishi isbotlangan;
ilk bor kompleks gistoximik va immunogistoximik tadqiqotlar orqali energetik ichimliklarning hayvonlar timusiga salbiy ta’siri o‘rganilib, bu ta’sir to‘qima semiz hujayralarining ko‘payishi va antiapoptotik Bcl-2 markeri ekspressiyasining oshishi orqali namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Energetik ichimlik ta’sirida timusning tuzilish-funksional xususiyatlari va uning reaktiv o‘zgarishlari» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17-iyul` 22/64-sonli xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor energetik ichimliklar natijasida kalamushlar timusida intersisial stromadagi kollagen tolalar tutamlari sonining va qalinligining keskin ortib borishi kabi morfologik o‘zgarishlar yuzaga kelishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: Zotsiz oq kalamushlar timusida energetik ichimliklar ta’siridagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash va baholash usulini eksperimental tadqiqotlarda qo‘llash olib borilayotgan ilmiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Energetik ichimliklarni muntazam iste’mol qilgan insonlarda timus to‘qimasi o‘zgarishlarini aniqlash va baholash usulini amaliyotga joriy etish autoimmun va immunopatologik kasalliklar xavfini kamaytiradi, ularni davolashga ketadigan xarajatlarni qisqartiradi, laborativ tadqiqotlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, shuningdek, eksperimental tadqiqotlar va patomorfologik tahlillarni optimallashtiradi. Xulosa: Olingan natijalar asosida ushbu toifadagi bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, og‘ir asoratlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik va davolash tadbirlarini takomillashtirish imkonini berdi. Natijada har bir tadqiqot seriyasi uchun taxminan 188000 so‘mgacha iqtisodiy tejamkorlikka erishiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor energetik ichimliklar ta’sirida timusning immun hujayraviy komponentlaridagi tuzilish o‘zgarishlari yuzaga kelishiga hamda organning funksional faolligini pasayishiga, magiz qismida Gassal tanachalarining ko‘payishi va kal`sifikatsiya jarayonlarining kuchayishiga sabab bo‘lib, bu o‘zgarishlar organdagi distrofik jarayonlarni aks ettirganligi asoslangan. energetik ichimliklarning timusning immun-hujayrali komponentlariga ta’siri o‘rganildi. Ijtimoiy samaradorligi: Energetik ichimliklar ta’siridagi zotsiz oq kalamushlarning timusidagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash va baholash usulini qo‘llash jamoat salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish salohiyatiga ega. Iqtisodiy samaradorligi: Energetik ichimliklarning turli yoshdagi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida keng tarqalgan iste’moli hisobga olinsa, timus tuzilmalarida aniqlangan o‘zgarishlar immun tizimiga bo‘lgan salbiy ta’sirlarni baholash imkonini beradi. Xulosa: Olingan natijalar asosida ushbu toifadagi bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, og‘ir asoratlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik va davolash tadbirlarini takomillashtirish imkonini berdi. Natijada har bir tadqiqot seriyasi uchun taxminan 188000 so‘mgacha iqtisodiy tejamkorlikka erishiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: tadqiqot davomida energetik ichimliklar ta’sirida timus funksiyasi tuzulishiga zig‘ir moyi bilan korreksiya qilish natijasida organ to‘qimasidagi immun gomeostazning tiklanishiga yordam berishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: Omega-3 kabi tabiiy komponentlarga boy bo‘lgan Zig‘ir moyi immun tizimini tiklashga qaratilgan, va bu o‘z navbatida yangi dietologik tavsiyalar va terapevtik yondashuvlarni ishlab chiqishga zamin yaratadi. Bu, ayniqsa, stimulyatorlar ta’siridagi insonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Iktisodiy samaradorligi: zig‘ir moyining qimmatbaho biologik faol moddalarga boyligi va uning sog‘lomlashtiruvchi ta’siri mahsulotni mahalliy xomashyo asosida tayyorlangan arzon, lekin yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bioprodukt sifatida qo‘llash imkonini beradi. Xulosa: zigir moyi bilan korreksiya qilish import o‘rnini bosuvchi va mahalliy oziq-ovqat sanoatida iqtisodiy samara beruvchi omil hisoblanadi. Natijada xarid kilingan Omega-3 maxsuloti 350000 sumgacha iktisodiy tejamkorlikka erishiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor gistologik, immunogistoximik va gistoximik tadqiqotlar kompleksi orqali energetik ichimliklar timus to‘qimasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan isbotlandi. Bu semiz hujayralar sonining oshishi va antiapoptotik Bcl-2 markerining ekspressiyasi o‘sishi orqali namoyon bo‘ldi.Bcl-2 markeri bilan o‘tkazilgan tadqiqotda, nazorat guruhida apoptoz ekspressiyasi 3 oylik kalamushlarda 7,58%, 5 oyliklarda esa 6,41% ni tashkil etgan. Energetik ichimliklar iste’mol qilingan guruhda ushbu ko‘rsatkich 35,41% va 35,15% gacha oshgan. Semiz hujayralar giperxrom bo‘yalishi, sitoplazmada bazofil granulyarlik va zarracha sonining ko‘payishi bilan namoyon bo‘ldi. Ijtimoiy ahamiyati: Ushbu natijalar asosida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida energetik ichimliklar iste’molini cheklash, immunopatologik holatlarning oldini olish, xavf haqida aholini xabardor qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish mumkin. Iktisodiy samaradorli: (bolalar va o‘smirlar o‘rtasida energetik ichimliklar iste’molini cheklash, ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish) orqali immunopatologiyalar, allergik va autoimmun kasalliklar soni kamayadi; bu esa davlat tibbiy xarajatlarini sezilarli darajada qisqartiradi. Bir immunopatologiya kasalligi bilan bog‘liq davolanish xarajati o‘rtacha 1 nafar bemor uchun 2 million so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Energetik ichimliklar ta’sirining zararliligi ilmiy jihatdan isbotlanganligi — sog‘lom ovqatlanish siyosati va profilaktik dasturlarni takomillashtirishga asos bo‘ladi. Bu tadbirlar natijasida: tibbiy xarajatlar qisqaradi, aholi mehnat faolligi ortib, yillik hisobda milliardlab so‘m miqdorida iqtisodiy samara ta’minlanadi. Olingan natijalar Buxoro viloyati Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi filiali faoliyatiga joriy etildi va 2024 yil 13 dekabrda (04/12548) hamda Buxoro patologik anatomiya byurosida 28 noyabrda (04/11880) tegishli buyruqlar bilan tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/72-sonli xulosasi bilan ham tasdiqlangan.