Nazarova Barno Ulmasovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Psoriazning klinik kechishi va davolash natijalarining ayrim genlar polimorfizmiga bog‘liq bo‘lgan holda o‘ziga xosligi”, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5490.
Ilmiy raxbar: Mullaxanov Javlon Baxtiyarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/28.02.2023.Tib.158.01.
Rasmiy opponentlar: Tashkenbaeva Umida Alisherovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirsaidova Munisa Abdushukurovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: psoriaz kasalligining klinik kechishi va davolash samaradorligini   NOS3, CYP3A4, CYP2C9 genlarining allel` variantlarini hisobga olgan holda o‘rganish va  olingan natijalar asosida klinik kechishini prognozlash algoritmini xamda kasallikni shaxsiylashtirilgan davolash usullarini ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Psoriaz kasalligiga moyillik, uning klinik shakllari va kechish og‘irligi  NOS3 va sitoxrom  P450 genlarining polimorfizmi  bilan bog‘liqligi isbotlangan; 
Psoriazda NOS3 geni S/T genotipi kasallikning klinik shakllari va kechish og‘irligini belgilashda roli isbotlangan;   
 CYP2C92, CYP2C93 va CYP3A4 polimorfizmi psoriazning og‘ir shakllari bilan bog‘liqligi va davo choralarida shaxsiylashtirish imkonini berishi isbotlangan; 
 Psoriazni davolashda molekulyar-genetik tekshiruv natijalarini  xisobga olgan xolda preparat Siklosporin A ni qo‘llashni o‘z ichiga olgan shaxsiylashtirilgan davolash algoritmi yordamida kasallikning PASI indeksi sezilarli pasayishi isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Psoriaz bilan og‘rigan bemorlarda molekulyar-genetik ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: psoriaz jarayonining molekulyar-genetik xususiyatlarini o‘rganish quyidagilarni ko‘rsatdi: psoriaz bilan og‘rigan bemorlarda aniqlangan NOS3 va sitoxrom P450 genlari polimorfizmi sog‘lom guruxdagilarga nisbatan 1,5 barobar yukori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi, aniqlangan gen polimorfizmlari bemorlarda kasalikga moyillik, klinik shakllari va kechishi og‘irligini ko‘rsatdi. Ushbu ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati viloyati hududiy filialida (№98 buyruq) 2024 yil 25 dekabrda va Buxoro viloyati hududiy filialida (№35 buyruq) 2024 yil 23 dekabrda    amaliy tibbiyot amaliyotiga joriy etildi.  Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan NOS3 va sitoxrom  P450 genlarining polimorfizmi kasallikning erta bosqichlarida psoriazning og‘ir shakllarini prognozlash, shuningdek, bemorlarni davolashda shaxsiylashtirilgan usullarni yaratish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga,nogironlikni kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: psoriaz jarayoni molekulyar-genetik xususiyatlarini o‘rganish og‘ir shakllarni erta aniqlash va patogenetik terapiyani o‘z vaqtida boshlashga,shaxsiylashtirilgan davo choralarni shakllantirishga yordam berdi, bu esa asoratlar va residivlarni kamaytirdi, davo muddatlarini qisqartirdi Hisob-kitoblarga ko‘ra, bir bemorning ambulator sharoitda davolanishi 800000 so‘mni tashkil qilgan, bu bilan 1 nafar bemorni  davolash xarajatlari 5200000 so‘mga tejaldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan tadqiqot davomida NOS3 geni S/T genotipi uchrashi bemorlarda 52,7%, sog‘lom guruxda 31,8%ni tashkil etdi. Turli shakllardagi psoriaz bilan og‘rigan bemorlarda NOS3 geni polimorfizmini o‘rganish, uning psoriaz jarayoni og‘irlik darajasiga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatdi. Ilmiy tadqiqotning bu usuli Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filialining 2024-yil 25-dekabrdagi  98-sonli buyrug‘i va Buxoro viloyati filialining 2024-yil 23-dekabrdagi  35-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: molekulyar-genetik markerlarni, xususan, NOS3 genini joriy etish psoriazning og‘ir kechishi xavfi bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, davolash taktikasini shaxsiylashtirish imkonini berdi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimiga ijtimoiy va iqtisodiy yukni kamaytirishga yordam berdi.  Iqtisodiy samaradorligi: bir martalik molekulyar-genetik tekshiruvdan (taxminan 200000 so‘m) o‘tgan bemor davolashning optimal sxemasini tanlash imkoniyatiga ega buldi, ambulator terapiya narxi  800000 so‘mni tashkil etdi, bu esa 10 million so‘mlik statsionar va undan ortiq an’anaviy davolash kurslari va standart tekshiruvlardan tejalish imkonini berdi. 
uchinchi ilmiy yangilik: Psoriaz bilan og‘rigan bemorlarda uchragan CYP2C92 va CYP2C93 gen polimorfizmlari  tuguncha-pilakchali shaklda - 48,1% , psoriatik eritrodermiyada-71,4% tashkil etdi, bu esa yuqoridagi genlar polimorfizmining  psoriazning og‘ir shakllari bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. CYP3A4 (rs4987161) uchun esa  genotip Phe/Phe aksariyat bemorlarda uchradi (90,1%), bu esa tizimli terapiyaning samaradorligi va xavfsizligini belgilovchi ko‘rsatkich bo‘lib, xar xil bemorlar uchun davolashni shaxsiylaytirish imkonini berdi. Ilmiy tadqiqotning bu usullari Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filialining 2024-yil 25-dekabrdagi  98-sonli buyrug‘i va Buxoro viloyati filialining 2024-yil 23-dekabrdagi  35-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: psoriazning og‘ir shakllarini erta tashxislash va davolashni shaxsiylashtirish orqali bemorlarning xayot sifatini yaxshilash,kasallikning og‘ir shakllari va asoratlari xavfini kamaytirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalariga ko‘ra, CYP2C9*2, CYP2C9*3, CYP3A4 genlar   tahlili psoriaz asoratlari xavfini kamaytirish, shaxsiylashtirilgan davolash sxemasini tanlash va samarasiz davolash sxemalarini tayinlashdan qochish imkonini berdi va  har bir bemor uchun o‘rtacha 1400000 so‘mni tashkil etdi, bu an’anaviy   taxminan 10000000 so‘mni tashkil etuvchi statsionar davolanishga nisbatan 5-6 barobar arzon bo‘lib, davolanish xar bir bemor uchun o‘rtacha 8 million so‘mga tejash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Psoriazni davolashda molekulyar-genetik tekshiruv natijalarini  xisobga olgan xolda preparat Siklosporin A ni qo‘llashni o‘z ichiga olgan shaxsiylashtirilgan davolash algoritmi yordamida kasallikning PASI indeksi sezilarli pasayishi isbotlangan. Bu esa psoriazning RASI indeksini sezilarli pasayishiga (23,0 dan 5,5gacha ; ∆ –17,5) olib keldi. Ilmiy tadqiqotning davolash algoritmi   Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filialining 2024-yil 25-dekabrdagi  98-sonli buyrug‘i va Buxoro viloyati filialining 2024-yil 23-dekabrdagi  35-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: molekulyar-genetik taxlillarga asoslangan shaxsiylashtirilgan davo usuli psoriaz bilan og‘rigan bemorlarda yuqori samaradorlik ko‘rsatdi: PASI indeksi ko‘rsatkichlari sezilarli pasaydi, klinik remissiyaga erishildi, residivlar soni kamaydi, shaxsiylashtirilgan davolash samaradorligi esa an’anaviy davo usuliga nisbatan 2 barobar oshdi.  Iqtisodiy samaradorligi: bir bemor uchun taxminan   600000 so‘m turadigan molekulyar-genetik taxlillar bilan birga  Siklosporin A preparatini o‘z ichiga olgan shaxsiylashtirilgan davo usuli  1000000 so‘mga tushdi. Bu esa xar bir bemor uchun an’anaviy davolash usulidan 5-6 barobar arzon bulib, 7-8 mln so‘m tejash imkonini berdi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish