Don Andrey Nikolaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayrim triterpen glikozidlari eksperimental ta’sirida qalqonsimon bez va gipofizning funksional morfologiyasi», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Tib1329.
Ilmiy maslahatchi: Magrupov Baxodir Asadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Daurexanov Asatay Mametovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Mamajonov Boxadir Solijanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘sh davlat universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qator triterpen glikozidlarning tajriba sharoitida ta’sirini qalqonsimon bez va gipofiz morfologiyasiga nisbatan taqqoslama tahlil qilish, shuningdek ushbu a’zolarning morfometrik chegaraviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ilmiy-amaliy Protokol ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ladiginozid qalqonsimon bez faoliyatining umumiy morfofunksional ko‘rsatkich (UMK)ni 30 kun ichida maksimal darajada oshishiga, tajriba oxiriga kelib esa pasayishiga olib kelishi, dipsakozid uchun eng yuqori ta’siri 60‑kunida kuzatilishi, tajriba oxiriga kelib pasayish kuzatilishi, dipsakozid va ladiginozidning qalqonsimon bezga bir tomonlama ta’siri va tajribani turli vaqtlaridagi xususiyatlari asoslangan;
ladiginozidning 30‑kunida kolloid to‘planish indeksi (F/E)ga maksimal ta’sir ko‘rsatishi, keyinchalik 90‑kunga kelib ta’sir kuchayishi va dipsakozid  indeksning pasayishiga olib kelishi tufayli tajriba muddati oshgan sayin uning ta’sirining barqaror kuchayishi asoslangan;
ladiginozid 30‑kuni qalqonsimon bez follikulyar epiteliysi balandligining sezilarli darajada oshishiga olib kelganligi, ta’siri 60 kungacha davom etishi va tajriba oxiriga kelib pasayishi aniqlanib, dipsakozid dinamikani taqqoslash asosida 90‑kuniga kelib bezning morfofunksional faolligining maksimal qiymatlar bilan barqaror o‘sishini ko‘rsatishi asoslangan;
ekspressiya parametrlarining oshishi: Ki‑67 biomarkeri tomonidan follikulyararo epiteliyning mitotik faolligi va follikulyar epiteliyning 7‑kundan boshlab Bcl‑2 biomarkeri tomonidan apoptozga chidamliligi, 30‑kuni maksimal darajaga etib borishi, xederagenin ladiginozidga nisbatan yuqori ekspressiyani namoyish etilishi, bu ilk bor Ki‑67 va Bcl‑2 biomarkerlari orqali ladiginozid effektori sifatida talqin qilinishi isbotlangan;
ladiginozid va xederagenin ta’sirida gipofiz bezining morfologiyasini qiyosiy tahlil qilish va 7, 15 va 30‑kunlarda bazofil hujayralarning UMKni baholash asosida ikkala guruhda ham ko‘rsatkichning asta‑sekin o‘sishi tufayli bazofillarning nisbiy massasi va qalqonsimon bezning UMK o‘rtasida ishonchli to‘g‘ridan‑to‘g‘ri bog‘liqlikni ko‘rsatishi aniqlanib, ladiginozid ta’sirini amalga oshirishda gipofiz bezining ishtiroki asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qalqonsimon bez va gipofizning funksional morfologiyasiga ayrim triterpen glikozidlar ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ladiginozid qalqonsimon bez faoliyatining umumiy morfofunksional ko‘rsatkich (UMK)ni 30 kun ichida maksimal darajada oshishiga, tajriba oxiriga kelib esa pasayishiga olib kelishi, dipsakozid uchun eng yuqori ta’siri 60‑kunida kuzatilishi, tajriba oxiriga kelib pasayish kuzatilishi, dipsakozid va ladiginozidning qalqonsimon bezga bir tomonlama ta’siri va tajribani turli vaqtlaridagi xususiyatlari asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 aprelda 126-son bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez gistomorfometriya algoritmini patologik anatomiya bo‘limlarda qo‘llash» va 2025 yil 28 aprelda 125-son bilan tasdiqlangan «Gipofiz bezini o‘rganish uchun algoritmik morfometrik dasturlardan patologik morfologiyada foydalanish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika patanatomiya markazi bo‘yicha 03.06.2025 yildagi 22‑1/1-son, Andijon patanatomiya byurosi bo‘yicha 02.06.2025 yildagi 008-son hamda Buxoro patanatomiya byurosi bo‘yicha 03.06.2025 yildagi 27-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy‑texnika kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi 10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: biologik faol birikmalarning qalqonsimon bez faoliyatini uning tartibga soluvchi organi bo‘lgan gipofiz bezi orqali modulyasiya qilish qobiliyati haqidagi ma’lumotlar yurak-qon tomir va endokrin kasalliklar uchun farmakoterapiya sohasidagi keyingi tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 2000000 so‘m mablag‘larni birikmaning ta’sir mexanizmlarini yaxshiroq tushunish orqali ateroskleroz va unga bog‘liq yurak-qon tomir kasalliklari asoratlarining oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ladiginozidning 30‑kunida kolloid to‘planish indeksi (F/E)ga maksimal ta’sir ko‘rsatishi, keyinchalik 90‑kunga kelib ta’sir kuchayishi va dipsakozid  indeksning pasayishiga olib kelishi tufayli tajriba muddati oshgan sayin uning ta’sirining barqaror kuchayishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 aprelda 126-son bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez gistomorfometriya algoritmini patologik anatomiya bo‘limlarda qo‘llash» va 2025 yil 28 aprelda 125-son bilan tasdiqlangan «Gipofiz bezini o‘rganish uchun algoritmik morfometrik dasturlardan patologik morfologiyada foydalanish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika patanatomiya markazi bo‘yicha 03.06.2025 yildagi 22‑1/1-son, Andijon patanatomiya byurosi bo‘yicha 02.06.2025 yildagi 008-son hamda Buxoro patanatomiya byurosi bo‘yicha 03.06.2025 yildagi 27-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy‑texnika kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi 10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: batafsil solishtirma tadqiqot dipsakozid va ladiginozidning qalqonsimon bezga turli tajriba muddatlarida qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlab beradi. Bu esa ularni antiaterosklerotik vosita sifatida, shuningdek, endokrin tizim organlariga modulyasiya qiluvchi ta’sirga ega moddalar sifatida bemorlarda to‘g‘ri qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: qon aylanish tizimi kasalliklarining mumkin bo‘lgan asoratlarini oldini olish hisobiga, statsionarda qolish muddati 3 kunga qisqarishi natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 2160000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: ladiginozid 30‑kuni qalqonsimon bez follikulyar epiteliysi balandligining sezilarli darajada oshishiga olib kelganligi, ta’siri 60 kungacha davom etishi va tajriba oxiriga kelib pasayishi aniqlanib, dipsakozid dinamikani taqqoslash asosida 90‑kuniga kelib bezning morfofunksional faolligining maksimal qiymatlar bilan barqaror o‘sishini ko‘rsatishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 aprelda 126-son bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez gistomorfometriya algoritmini patologik anatomiya bo‘limlarda qo‘llash» va 2025 yil 28 aprelda 125-son bilan tasdiqlangan «Gipofiz bezini o‘rganish uchun algoritmik morfometrik dasturlardan patologik morfologiyada foydalanish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika patanatomiya markazi bo‘yicha 03.06.2025 yildagi 22‑1/1-son, Andijon patanatomiya byurosi bo‘yicha 02.06.2025 yildagi 008-son hamda Buxoro patanatomiya byurosi bo‘yicha 03.06.2025 yildagi 27-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy‑texnika kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi 10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: preparatlarning qalqonsimon bez follikulyar epiteliyining balandligiga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar ularni klinik amaliyotda ilmiy asoslangan holda qo‘llash imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: ladiginozid va dipsakozid O‘zbekistonda o‘sadigan o‘simliklardan olinishini hisobga olinganda, ularning narxi lipid profilini tuzatish uchun ishlatiladigan triterpen glikozidlarini o‘z ichiga olgan mavjud preparatlardan pastroq bo‘lishi natjasida mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ekspressiya parametrlarining oshishi: Ki‑67 biomarkeri tomonidan follikulyararo epiteliyning mitotik faolligi va follikulyar epiteliyning 7‑kundan boshlab Bcl‑2 biomarkeri tomonidan apoptozga chidamliligi, 30‑kuni maksimal darajaga etib borishi, xederagenin ladiginozidga nisbatan yuqori ekspressiyani namoyish etilishi, bu ilk bor Ki‑67 va Bcl‑2 biomarkerlari orqali ladiginozid effektori sifatida talqin qilinishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 aprelda 126-son bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez gistomorfometriya algoritmini patologik anatomiya bo‘limlarda qo‘llash» va 2025 yil 28 aprelda 125-son bilan tasdiqlangan «Gipofiz bezini o‘rganish uchun algoritmik morfometrik dasturlardan patologik morfologiyada foydalanish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika patanatomiya markazi bo‘yicha 03.06.2025 yildagi 22‑1/1-son, Andijon patanatomiya byurosi bo‘yicha 02.06.2025 yildagi 008-son hamda Buxoro patanatomiya byurosi bo‘yicha 03.06.2025 yildagi 27-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy‑texnika kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi 10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shifokorlar va bemorlar uchun preparat tanlash imkoniyatlarini kengaytiradi, bu esa aterosklerozni davolash va oldini olishda personallashtirilgan yondashuvni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: xederageninni ishlab chiqarilishini maxalliylashtirish orqali narxi maqbul bo‘lgan antiaterosklerotik va gipolipidemik ta’sirga ega o‘simlik asosidagi vosita yaratish natijasida import qilinadigan preparatlar va davolanish uchun sarflanadigan mablag‘lar iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: ladiginozid va xederagenin ta’sirida gipofiz bezining morfologiyasini qiyosiy tahlil qilish va 7, 15 va 30‑kunlarda bazofil hujayralarning UMKni baholash asosida ikkala guruhda ham ko‘rsatkichning asta‑sekin o‘sishi tufayli bazofillarning nisbiy massasi va qalqonsimon bezning UMK o‘rtasida ishonchli to‘g‘ridan‑to‘g‘ri bog‘liqlikni ko‘rsatishi aniqlanib, ladiginozid ta’sirini amalga oshirishda gipofiz bezining ishtiroki asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 aprelda 126-son bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez gistomorfometriya algoritmini patologik anatomiya bo‘limlarda qo‘llash» va 2025 yil 28 aprelda 125-son bilan tasdiqlangan «Gipofiz bezini o‘rganish uchun algoritmik morfometrik dasturlardan patologik morfologiyada foydalanish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika patanatomiya markazi bo‘yicha 03.06.2025 yildagi 22‑1/1-son, Andijon patanatomiya byurosi bo‘yicha 02.06.2025 yildagi 008-son hamda Buxoro patanatomiya byurosi bo‘yicha 03.06.2025 yildagi 27-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy‑texnika kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi 10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gipofiz – qalqonsimon bez tizimining ladiginozidning farmakologik ta’sirini amalga oshirishdagi murakkab mexanizmlarini chuqurroq anglashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 1200000–1800000 so‘m mablag‘lar endokrin tizim organlarining ateroskleroz patogenezidagi rolini inobatga olib endokrin patologiya va aterosklerozga ega komorbid bemorlarni davolashda to‘g‘ri taktikani ishlab chiqish orqali bemorni statsionarda qolish muddatini 2–3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish