Xayitmurodov Alijon Olimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Toshkent shahridagi yashil maydonlarning ekotizim xizmatlarini baholashda tabiiy geografik yondashuvni qo‘llash», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Gr382.
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Muxamajanovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Tursunov Xasan Turgunovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent shahridagi yashil maydonlarning havo haroratini pasaytirish, mikroiqlimni yaxshilash va yog‘ingarchilik natijasida suv bosishini kamaytirish ekotizim xizmatlarini baholash, atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent shahrida shahar issiqlik orolining shakllanishi va jadalligi Landsat 8 sun’iy yo‘ldoshining tasvirlari hamda “WorldClim” saytidan olingan ma’lumotlar bazasini GAT texnologiyalari yordamida qayta ishlash orqali er yuzasi harorati va havo haroratidagi farqlar asosida aniqlangan hamda ArcGIS dasturida yirik masshtabli (1:50 000) kartalari yaratilgan;
Toshkent shahridagi an’anaviy usulda qurilgan 1-2-qavatli uylardan iborat mahallalarda yuza harorati (37°C) teng o‘lchamli maydondagi ko‘p qavatli turarjoy massivlaridagi yuza haroratiga (35°C) nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlangan va bu ko‘rsatkich yashil maydonlarning ulushiga hamda binolar geometriyasi (urban geometry) ga bog‘liq ekanligi dala tadqiqotlarida asoslangan;
Botanika (65 ga) hamda Furqat (10 ga) bog‘larida olib borilgan dala kuzatuv natijalari asosida turli fasllarda havo haroratini pasaytirish (Botanika bog‘ida 0,9-7°C, Furqat bog‘ida 0,4-4°C), nisbiy namlikni oshirish (Botanika bog‘ida 2-15%, Furqat bog‘ida 1-5%) imkoniyatlari bog‘ning maydoniga, shakliga, daraxt turlariga, yashillik darajasiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
AQSh Qishloq xo‘jaligi departamenti va Tabiiy resurslarni muhofaza qilish xizmati tomonidan ishlab chiqilgan tuproq gidrologik guruhlaridan foydalanib Toshkent shahri hududidagi tog‘ jinslarining infiltratsiya xususiyatlari aniqlangan, tuproq gidrologik guruhlari Chirchiq daryosining qayir usti terrasalari bo‘yicha tarqalishi aniqlangan va shularga asoslanib yog‘ingarchilik natijasida suv bosishini kamaytirish ekotizim xizmatlarini baholash metodikasi takomillashtirilgan;
InVEST dasturida Toshkent shahridagi yog‘in miqdori, erdan foydalanish va er qoplami turlarida yog‘inlarning oqim hosil qilish ko‘rsatkichlari hamda tuproqlarning gidrologik guruhlari asosida yashil maydonlarning yog‘ingarchilik natijasida suv bosishini kamaytirish ekotizim xizmati miqdoriy baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent shahridagi yashil maydonlarning ekotizim xizmatlarini baholashda tabiiy geografik yondashuvni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Toshkent shahrining er yuzasi harorati va havo haroratidagi farqlar asosida aniqlangan shahar issiqlik orolining shakllanishi va jadalligi haqidagi ma’lumotlar va yaratilgan yirik masshtabli kartalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida iqlim o‘zgarishi monitoringini yuritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 30-avgustdagi 03-03/1-03/3-8653-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent shahrida yoz faslida havo haroratini pasaytirish uchun markaziy va janubi-sharqiy hududlarida yashil maydonlarni kengaytirish, qurilishda albedo darajasi yuqoriroq materiallaridan foydalanish, binolar orasidagi masofani normativ hujjatlarga moslashtirish va havo oqimlarining asosiy yo‘nalishlariga moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish imkoniyatini bergan;
Toshkent shahridagi an’anaviy usulda qurilgan 1-2-qavatli uylardan iborat mahallalarda yuza harorati teng o‘lchamli maydondagi ko‘p qavatli turarjoy massivlaridagi yuza haroratiga nisbatan yuqori bo‘lishi haqidagi ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida Toshkent shahrida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ekotizim xizmatlarini amalga oshirish orqali atrof muhitni muhofaza qilish va tegishli normativ hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 30-avgustdagi 03-03/1-03/3-8653-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, er qoplamida yashil maydonlarning ulushini oshirish hamda bino-inshootlar qavatlari sonini va geometriyasi bo‘yicha tegishli normativ hujjatlarni takomillashtirish imkoniyatini bergan;
Toshkent shahridagi Botanika hamda Furqat bog‘larida olib borilgan dala tadqiqot va kuzatuv natijalari asosida aniqlangan bog‘larning havo haroratini pasaytirish va nisbiy namlikni oshirish imkoniyatlari ularning maydoniga, shakliga, daraxt turlariga, yashillik darajasiga bog‘liq ekanligi haqidagi ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida “Yashil” o‘sish tamoyillarini joriy etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 30-avgustdagi 03-03/1-03/3-8653-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent shahrida yashil maydonlar va istirohat bog‘larining maydonini, ulardagi daraxtlar soni va turini tabiatni muhofaza qilish standartlari va qoidalariga muvofiqligini asoslash imkoniyatini bergan;
shahar suv toshqinlarini kamaytirish ekotizim xizmatlarini baholashning daryo terrasalariga asoslanib takomillashtirilgan metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida Toshkent shahrida atrof muhitni muhofaza qilish va tegishli normativ hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 30-avgustdagi 03-03/1-03/3-8653-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aholi turar joy massivlari, yo‘llar va suv havzalarining ekotizim xizmatlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli normativ hujjatlarni takomillashtirish imkoniyatini bergan;
Toshkent shahridagi yashil maydonlarning shahar suv toshqinlarini kamaytirish ekotizim xizmatini InVEST dasturida miqdoriy baholash ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida atrof-muhit holatini kuzatib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 30-avgustdagi 03-03/1-03/3-8653-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash imkoniyatini bergan.