Nuriddinov Axrorjon Bahodir o‘g‘lining Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumot  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Issiq iqlim sharoitida yosh engil atletikachilarni tayyorlash metodikasini takomillashtirish 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2621
Ilmiy rahbar: Kadirov Rashid Xamidovich redagogika fanlari nomzodi (PhD), rrofessor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.10. 
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Raxmatova Dilnoza Nigboevna, redagogika fanlari doktori (DSc), rrofessor Xaydarov Baxtiyor Tojiyevich.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Issiq iqlim sharoitlarida yosh engil atletikachilarni tayyorlash metodikasini takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish va pedagogik samaradorligini eksperimental asoslash
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
10-12 yoshli engil atletikachilar uchun mo‘ljallangan ikki yillik mashg‘ulot rejasidagi soat taqsimoti va ularning nisbatlarini umumiy jismoniy tayyorgarlik-96/100 soat, maxsus jismoniy tayyorgarlik-90/105 soat, texnik-taktik tayyorgarlik-80/139 soat, nazariy tayyorgarlik-16/20 soat, psixologik tayyorgarlik-12/24 soat, o‘tkazish nazorat sinovlari-12/12 soat, yo‘riqchi va hakamlik amaliyoti -/-/4 soat, tiklanish tadbirlari-6/12 soatga o‘zgartirish va har bir tayyorgarlik turining mashg‘ulot jarayonidagi amaliy vazifalarini takomillashtirish hisobiga sport natijalarini oshirish imkoniyati yanada kengaytirilgan;
issiq iqlim sharoitida shug‘ullanadigan boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida engil atletikachilarning tezlik, kuch, chidamlilik va tezkor-kuch jismoniy sifat ko‘rsatkichlari bosqichma-bosqich (progressiv), o‘zaro ta’sirchan (interferens), sensor-motor usullarini integratsiyalash (sportchi organizmining barcha jismoniy va neyrofiziologik imkoniyatlarini uyg‘un ravishda) hisobiga ularning jismoniy tayyorgarligi takomillashtirilgan;
sport maktablarining boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida engil atletika bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlarning shakllari, tuzilishi, tashkil etilishi, vositalari va usullarining nisbatlarini va yilning turli fasllarida mashg‘ulot olib borish vaqtini o‘zgartirish hisobiga mashg‘ulot yuklamalarini osonroq va samaraliroq o‘zlashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
issiq iqlim sharoitida shug‘ullanuvchi yosh engil atletikachilarning mashg‘ulotlari samaradorligini hamda mashg‘ulotga bo‘lgan qiziqishi oshirish maqsadida maxsus mashqlar majmuasi yuqori, aralash, o‘rta va past shiddatda iqlimga moslashtirilib qo‘llash metodikasi modeli samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh engil atletikachilarni tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan olingan natijalar asosida:
10-12 yoshli engil atletikachilar uchun mo‘ljallangan ikki yillik mashg‘ulot rejasidagi soat taqsimoti va ularning nisbatlarini umumiy jismoniy tayyorgarlik-96/100 soat, maxsus jismoniy tayyorgarlik-90/105 soat, texnik-taktik tayyorgarlik-80/139 soat, nazariy tayyorgarlik-16/20 soat, psixologik tayyorgarlik-12/24 soat, o‘tkazish nazorat sinovlari-12/12 soat, yo‘riqchi va hakamlik amaliyoti -/-/4 soat, tiklanish tadbirlari-6/12 soatga o‘zgartirish va har bir tayyorgarlik turining mashg‘ulot jarayonidagi amaliy vazifalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Buxoro viloyat Sportning o‘yin turlari va engil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabimashg‘ulotlari jarayoniga tatboq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 6-fevraldagi 02-16/1233-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh engil atletikachilarning tezkor-kuch sifatlari 19-21 % ga, chaqqonlik sifati 18-22 % ga, egiluvchanlik sifati 22-24 % ga, o‘sishiga erishilgan.
issiq iqlim sharoitida shug‘ullanadigan boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida 10-12 yoshli engil atletikachilarning jismoniy sifatlari (tezlik, kuch, chidamlilik va tezkor-kuch) ko‘rsatkichlarini rivojlantirishning ilmiy asoslangan metodikasi va progressiv, interferens, sensor-motor usullarni integratsiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Surxondaryo viloyat Sportning o‘yin turlari va engil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘smir engil atletikachilari mashg‘ulot jarayoniga tatboq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 6-fevraldagi 02-16/1233-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh engil atletikachilarning tezkor-kuch sifatlari 18-20 % ga, tezlik sifati 20-22 % ga, chaqqonlik sifati 19-21 % ga, egiluvchanlik sifati 17-19 % ga, jismoniy rivojlanishi umumiy 7,9 % ga yaxshilangan.
sport maktablarining boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida engil atletika bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlarning shakllari, tuzilishi, tashkil etilishi, vositalari va usullarining nisbatlarini va yilning turli fasllarida mashg‘ulot olib borish vaqtini o‘zgartirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Buxoro viloyat Sportning o‘yin turlari va engil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabimashg‘ulotlari jarayoniga tatboq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 6-fevraldagi 02-16/1233-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh engil atletikachilarning tezlik sifati 17-20 % ga, jismoniy rivojlanishi umumiy 7,8 % ga o‘sishiga erishilgan.
issiq iqlim sharoitida shug‘ullanuvchi yosh engil atletikachilarning mashg‘ulotlari samaradorligini hamda mashg‘ulotga bo‘lgan qiziqishi oshirish maqsadida maxsus mashqlar majmuasi yuqori, aralash, o‘rta va past shiddatda ilmiy asoslangan, iqlimga moslashtirilib qo‘llash metodikasi samaradorligi Qashqadaryo viloyat Sportning o‘yin turlari va engil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi mashg‘ulotlari jarayoniga qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 6-fevraldagi 02-16/1233-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh engil atletikachilarning tezkor -kuch sifatlari 19-22 % ga, tezlik sifati 17-19 % ga, chaqqonlik sifati 17-20 % ga, egiluvchanlik sifati 21-23 % ga, jismoniy rivojlanishi umumiy 8,1 % ga o‘sishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish